Тинтув ва олиб қЎйиш тактикаси


Tintuv va olib qo`yish natijalarini qayd etish



Yüklə 103,5 Kb.
səhifə4/5
tarix21.10.2023
ölçüsü103,5 Kb.
#130177
1   2   3   4   5
PERIPSIPITSIYA REAKSIYASI VA QO\'YISH TARTIBI

4. Tintuv va olib qo`yish natijalarini qayd etish

Tintuv va olib qo`yishning tergov harakatlari sifatidagi daliliy ahamiyati ularning o`tkazish jarayoni va natijalarini to`la va obyektiv qayd etishga uzviy bog`liqdir. Tintuv va olib qo`yish bayonnomalari, ularning natijalari qanday bo`lishidan qat`i nazar, ular o`tkazilgandan so`ng tuziladi. Bayonnoma tintuv va olib qo`yishni qayd etishning asosiy vositasi hisoblanadi. Bayonnomada tintuv va olib qo`yish qachon, kim tomonidan, qayerda, qanday ish bo`yicha, kimning huzurida o`tkazilganligi va uning natijalari qanday bo`lganligi ko`rsatiladi. Bayonnomada topilgan va olib qo`yilgan predmetlar to`g`risida to`la ma`lumotlar ko`rsatib o`tiladi. Obyektlarning umumiy va xususiy belgilarini iloji boricha aniqroq ko`rsatishga harakat qilinadi: shakli, hajmi, rangi, undagi har xil raqam va yozuvlarning mavjudligi va boshqalar. Obyektlarning sifat xususiyatlariga alohida e`tibor beriladi: yangi, eski, muomalada bo`lgan va hokazo. Agar bir turdagi predmetlar olib qo`yilsa ularning miqdori yozuv bilan ko`rsatiladi.


Qimmatbaho qog`ozlar, chek va omonat daftarchalar, akkreditiv va hokazolarni olishda ularning rekvizitlari bayonnomada qayd etiladi. Xorijiy va milliy valyuta alohida ko`rsatiladi (masalan, O`zbekiston Respublikasi bankining 500 qiymatidagi bileti – 1000 dona). Agar o`g`irlangan pullarning raqamlari ma`lum bo`lsa, bayonnomaga har bir kupyura seriya va raqami kiritiladi.
Hujjatlarni olishda ularning maqsadi, rekvizitlari, holati: qo`l yozmalarni olishda – har bir betning birinchi va oxirgi iboralari ko`rsatib o`tiladi.
Tintuv qilinuvchi olib qo`yilayotgan predmetlar qimmatbaho metallardan tayyorlanganligini ta`kidlasa, har bir predmet batafsil ta`riflanishi, ularda proba bor yoki yo`qligini ko`rsatish zarur. Ta`riflayotganda, agar buyumlarda proba belgilariga o`xshagan alomat bo`lsa ham «tilla uzuk», «tilla zanjir» kabi shaklda ta`riflamaslik zarur. Bayonnomada «sariq metalldan ishlangan uzuk», «sariq metalldan ishlangan zanjir» deb ko`rsatish zarur. Antikvar buyumlarni ta`riflashda ulardagi firma belgilari va hokazolarni chizib olish mumkin.
Yashirin joylar, ularning niqoblarini ta`riflashga alohida e`tibor berish lozim. Bayonnomada qaysi buyumlar o`z xohishiga ko`ra berilganligi qayd etilishi zarur.
Xulosa
Agar tintuv yoki olib qo`yish davomida texnik vositalardan foydalanilgan bo`lsa, u holda bayonnomada uskunalarning nomi va turi, shuningdek, tintuv va olib qo`yishda hozir bo`lgan shaxslarni texnik vositalarni qo`llash haqida ogohlantirilganliklarini qayd etish kerak.
Bayonnomaning so`nggi qismida qanday predmetlar olinganligi, qanday o`ralganligi, kimga va nima saqlash uchun topshirilganligi ko`rsatib o`tiladi. Tintuv va olib qo`yish bayonnomasi uch nusxada tuziladi. Birinchi nusxasi ishga biriktirib qo`yiladi. Ikkinchi nusxasi tintuv qilinuvchi, olib qo`yiluvchi yoki uning vakillarida qoladi va ular birinchi nusxada ikkinchi nusxani olganliklari to`g`risida imzo chekadilar. Uchinchi nusxa olingan obyektlar bilan birga ashyoviy dalillarni saqlash kamerasiga topshiriladi. Original va nusxaning barcha betlari tergovchi, xolis va tintuv yoki olib qo`yishning boshqa ishtirokchilari hamda tintuv qilinuvchi yoki olib qo`yish o`tkazilgan idora vakillari tomonidan imzolanadi.
Bayonnoma yozish bilan birga, dalillarni qayd etishning boshqa usullari ham ishlatilishi mumkin: reja tuzish, rasmga olish, videotasmaga tushirish va hokazo. Reja va sxemalarda topilgan yashirin joylar tasvirlanadi, asosiysi – yashirin joyning o`zi, obyektlar qanday joylashganligi aks ettiriladi.
Rasm olish va videotasmaga tushirish ham shu asosda amalga oshiriladi: kuzatish imkonini beradigan asosiy va batafsil ko`rinish olinadi. Asosiy tasvirda topilgan yashirin joy va undagi obyektlar, batafsilida yashirin joydan olingan obyektlar qayd etiladi. Obyektlarni, ularning umumiy, xususiy va farqlovchi xususiyatlarini aniq ko`rinadigan qilib tasvirga tushirish lozim.
Agar olingan katta hajmdagi obyektlarni ishga biriktirishning iloji bo`lmasa, ularni qonunga binoan rasmga tushirish zarur.
Sifatli fotosuratlar jiddiy daliliy bazani tashkil qiladi: yashirin joylarning mavjudligi, turlari va xususiyatlaridan dalolat beradi; predmetlarni almashtirib qo`yish imkonini yo`qqa chiqaradi.
Olingan pullar va qimmatbaho buyumlar ertasi kuniyoq tegishli ichki ishlar organining moliyaviy bo`limlariga topshirilishi zarur. Qimmatbaho buyumlar va toshlarning haqiqiyligi, pullarning haqiqiyligi va ularda ma`lum bir shaxsning barmoq izlari mavjudligini ekspertiza yo`li bilan tekshirish zarur bo`lgan hollar bundan mustasnodir.

Yüklə 103,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə