Тинтув ва олиб қЎйиш тактикаси



Yüklə 103,5 Kb.
səhifə3/5
tarix21.10.2023
ölçüsü103,5 Kb.
#130177
1   2   3   4   5
PERIPSIPITSIYA REAKSIYASI VA QO\'YISH TARTIBI

3. Olib qo`yish

Olib qo`yish tintuvga juda ham o`xshashdir. Xuddi tintuv singari bu tergov harakati ham fuqarodan, shuningdek, turli xil korxona, muassasa va tashkilotlardan jinoiy ishga ahamiyati bo`lgan hujjat va predmetlarni olishga qaratilgan. Ammo tintuvdan farqli o`laroq olib qo`yish har doim aniq ma`lum bir buyum va hujjatlarga nisbatan, ular qayerda va kimda ekanligi aniq bo`lganda qo`llaniladi.


Olib qo`yishda qidiruv ishlariga hojat yo`q, binobarin, olib qo`yishni o`tkazishda fuqarolarning manfaatlariga ta`sir nisbatan kamroq bo`ladi. Olib qo`yishda tergovchining vazifasi biror-bir shaxsga yoki rahbarga ma`lum bir hujjatni yoki predmetni berishni taklif qilishdir. Rad javobi olinganda esa narsa yoki hujjatni majburiy olib qo`yish qo`llaniladi.
Davlat siriga ega bo`lgan hujjatlarni olib qo`yish holatlaridan tashqari olib qo`yish uchun prokurorning sanksiyasi talab qilinmaydi. Olib qo`yish diplomatik vakolatxonalar joylashgan yerlarda yoki ularning oila a`zolari istiqomat qiladigan joylarda o`tkazilsa, ularning roziligi bilan va albatta prokuror va Tashqi ishlar vazirligi xodimi huzurida o`tkazilishi zarur.
Olib qo`yishda ishtirokchilar doirasi xuddi tintuvdagi singaridir. Tintuvda qo`llaniladigan asosiy tavsiyalar olib qo`yishga nisbatan ham ishlatilishi mumkin. Agar ma`lum bir joyda kerakli hujjat yoki predmetlar bo`lmasa, ularni boshqa yerdan qidirish mumkin emas, chunki unda bu olib qo`yish emas, tintuv bo`ladi.
Olib qo`yish tintuvning bir qismi emas, balki mustaqil tergov harakatidir. Olib qo`yishda aynan ish uchun ahamiyatli narsani yoki hujjatni, kopiyasini emas, uning asl nusxasini olishni ta`minlash zarur. Ana shunday xavf-xatar mavjud bo`lganda, olib qo`yishga tintuvdagi singari mutaxassisni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Masalan, buxgalteriya hujjatlarini olib qo`yishda revizor, auditor yoki ekspertni taklif qilish zarur.
Agar o`g`irlangan (tortib olingan, tamagirlik yo`li bilan olingan) buyumlarni olib qo`yish ko`zda tutilgan bo`lsa, jabrlanuvchini taklif qilish mumkin.
Olib qo`yishni muvaffaqiyatli o`tishi ko`p hollarda tergovchining olib qo`yilayotgan shaxs bilan, olib qo`yish o`tkazilayotgan tashkilot vakili bilan aloqasiga bog`liq. Bunday vaziyatda shuningdek, kuzatuvchanlik va kerakli hamma narsa olinganligiga ishonch ham katta ahamiyatga ega. Agar tergovchi obyektlarni yashirilganligini his qilsa, u holda tintuv haqida qaror chiqaradi va tintuvga kirishadi.
Olib qo`yishning alohida turiga pochta-telegraf yozishmalarini hibsga olish va ularni olib qo`yish kiradi. Yozishmalarni olib qo`yish odatda, yashirinayotgan shaxsni, o`g`irlangan mulkni, berkitilgan qimmatbaho boyliklarni va boshqalarni topish uchun ishlatiladi. Pochta-telegraf yozishmalarini olib qo`yish faqat prokurorning sanksiyasi yoki sud qarori bilan amalga oshiriladi. Hibsga olish (olib qo`yish) haqidagi qarorda kimning yozishmalari va nima munosabat bilan hibsga olinganligini ko`rsatish zarur. Qaror odatda, tergovni qiziqtirayotgan yozishmalar kelib tushishi lozim bo`lgan (yoki doimo kelib tushadigan) aloqa bo`limi rahbari tomonidan ijro etiladi. Amalda aloqa bo`limi rahbari qarorda ko`rsatilgan yozishmani ushlab turadi va tergovchini bundan boxabar qiladi. Tergovchi yozishmalarni olib qo`yishni xolislar huzurida amalga oshiradi va bayonnoma bilan qayd qiladi.



Yüklə 103,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə