O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

aybga iqrorlik to‘g‘risida 
kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma berish;
o‘z ona tilidan hamda tarjimon 
xizmatidan foydalanish; o‘zining himoyalanish huquqini shaxsan o‘zi amalga 
oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki 
tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; surishtiruv yoki 
dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishib 
chiqish hamda undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan 
texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi 
ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; jinoyat ishining surishtiruvchi, tergovchi 
yoki prokuror tomonidan tugatilganligiga qarshi e’tiroz bildirish hamda sud 
muhokamasi o‘tkazilishini talab qilish; sud tomonidan ish bo‘yicha dastlabki eshituv 


108 
o‘tkazilayotganda ishtirok etish, yarashuv to‘g‘risidagi, amnistiya aktini qo‘llash 
haqidagi ishlar bo‘yicha, birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudining 
majlislarida, sudning ruxsati bilan esa, kassatsiya instansiyasi sudining majlislarida 
ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda 
qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish 
hamda u haqda o‘z mulohazalarini bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan protestlar, 
apellatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar 
bildirish huquqiga ega”; 
2) 48-moddaning: 
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
“Gumon qilinuvchi: o‘zining nimada gumon qilinayotganligini bilish; ushlab 
turilganligi va turgan joyi to‘g‘risida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon 
orqali qo‘ng‘iroq qilish yoxud xabar berish; u amalda ushlangan yoki jinoyat joyida 
ushlash bilan bog‘liq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan yoxud uning 
gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi qaror unga ma’lum qilingan 
paytdan boshlab himoyachiga ega bo‘lish hamda uchrashuvlarning soni va davom 
etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeksning 230-
moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; ushlanganidan 
keyin yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay so‘roq qilinishini talab qilish; o‘ziga 
nisbatan qo‘yilgan gumon xususida hamda ishning boshqa har qanday holatlari 
to‘g‘risida ko‘rsatuvlar berish yoxud ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish va 
ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi 
foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish; 

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə