O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

yoki ayblov xulosasi 
bilan yuborishda shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilish, 
ehtiyot chorasini qo‘llash masalalarini ko‘rib chiqish shart yoki shart 
emasligi JPKda mustahkamlanmagan. 
12.
 
Amaldagi JPK qoidalaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, jinoyat ishini ayblov 
dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi bilan sudga yuborish uchun shaxs ishda 
ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan bo‘lishi lozim. Aybga iqrorlik 
to‘g‘risidagi kelishuv 
gumon qilinuvchi bilan ham tuzilishi mumkinligini
inobatga olib, jinoyat ishini aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvi bilan sudga 
yuborishda shaxsni gumon qilnuvchi tariqasida jalb etilganligining o‘zi 
yetarli bo‘lib, uni ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish shart 
emas degan qoidani JPKga kiritish maqsadga muvofiq.
13.
 
Amaldagi qonunchilikda aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi 
iltimosnomaning prokuror tomonidan ko‘rib chiqilishida zarur hollarda, 


97 
prokuror jabrlanuvchini yoki fuqaroviy da'vogarni ham kelishuv tuzish 
masalasini ko‘rib chiqish uchun jalb qiladi, sud majlisida esa sudlanuvchi, 
jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar), agar ishda ishtirok etayotgan bo‘lsa, 
qonuniy vakil, himoyachi, prokuror ishtirok etishi, sud majlisi 
o‘tkaziladigan joy va sana haqida lozim darajada xabardor qilingan 
jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar) yoki uning vakilining kelmaganligi ishni 
ko‘rib chiqish uchun monelik qilmasligi belgilangan. Shunga ko‘ra, 
prokuror kelishuv tuzish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda 
jabrlanuvchini yoki fuqaroviy da‘vogarni ham jalb qilishi shartligi 
JPKda belgilash zarur. Yoki, tergovchi tomonidan aybga iqrorlik 
to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani prokurorga 

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə