O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

5.
 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 365-moddasida 
keltirib o‘tilgan qidiruv e’lon qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar doirasi gumon 
qilinuvchi bilan kengaytirilishi lozim.
6.
 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 586
1
-moddaning 
1-qismi quyidagi tahrirda bayon etilishi lozim: 
“Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv jinoyat ishini yuritishni o‘ziga nisbatan 
qo‘yilgan gumonga, ayblovga rozi bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol 
ko‘maklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki 
ayblanuvchining, 
shuningdek, 
voyaga 
yetmagan 
gumon 
qilinuvchi 
va 
ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy 
xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar bo‘yicha tuziladigan 
kelishuvdir”. 
Xususan, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuvni faqatgina ijtimoiy xavfi 
katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar bo‘yicha tuzilishi Fransiya
Italiya va Germaniya kabi xorijiy davlatlar sud va tergov amaliyotida mavjud. 
7.
 
586
2
-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilishi lozim:
 
“Voyaga yetmagan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik to‘g‘risida 
kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani surishtiruvning va dastlabki tergovning 
istalgan bosqichida himoyachi, qonuniy vakil yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, 
pedagog va (yoki) psixolog ishtirokida berishi shart”.


95 
8.
 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 586
2
- va 586
3
-
moddalarni tahlil qiladigan bo‘lsak, ushbu normalarda gumon qilinuvchi va 
ayblanuvchi tomonidan surishtiruv va dastlabki tergovda berilgan 
iltimosnomada gumon qilinuvchi va ayblanuvchining zimmasiga yuklatilgan 
majburiyatlar hamda JPK 586
3
-moddasida ko‘rsatilib o‘tilgan
iltimosnomaning prokuror tomonidan ko‘rib chiqilishi tartibi haqidagi 
normada tafovut mavjud bo‘lib, JPK 586
3
- moddani 586
2
- modda bilan 
birxillashtirish zarur deb hisoblaymiz. Shunga ko‘ra, JPKning 586
3

moddasining 5-qismini 586
2
- moddasining 3-qismiga quyidagicha 
moslashtirishni taklif etamiz: 
“Shundan keyin prokuror, agar kelishuvga asosan hukm chiqarilib, jazo 
tayinlanganidan keyin
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv va dastlabki tergovda qo‘yilgan 
gumonni yoki ayblovni tan olmasligi, dalillarni inkor qilishi, jinoyatni tergov 
qilishga ko‘maklashmaganligi, jinoyat natijasida olingan mol-mulkning 
topilishi uchun harakatlarni amalga oshirmaganligi, jinoyatga aloqador 
boshqa axborotni taqdim etishga doir majburiyatlarini hamda jinoyat 
oqibatida yetkazilgan zarar bartaraf etmaganligi va kelishuvda nazarda 
tutilgan boshqa shartlar va majburiyatlarni bajarmaganligi aniqlansa, hukm 
qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish 
haqida 
iltimosnoma 
bergan 
gumon 
qilinuvchiga, 
ayblanuvchiga 
tushuntiradi”. 

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə