O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

3.3.
 
Milliy qonunchilikdagi “Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” 
institutini yanada takomillashtirish masalalari 
Har qanday jamiyat betakror bo‘lib, mamlakatimiz huquqiy tizimi doirasida 
foydalanish uchun rivojlanish boshqa modelinining har qanday institutlari mos 
kelavermaydi. Biroq maqbul holat imkoniyatlarini aniqlash va tizim qoidalariga 
rioya qilish orqali, munosabatlarni tashkil etishning bo‘lg‘usi shakliga chiqish 
vaqtini qisqartirish mumkin va bu bosqichma-bosqich tadrijiy rivojlanish yo‘lidagi 
ortiqcha burilishlarni chetlab o‘tishga yordam beradi. Shuni qayd etish lozimki, 
jamiyatning turli tiplari, tegishli madaniyatlarning serqirraligi shaxs va davlat 
o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning bir-biridan farq qildigan tiplari, 
shakllari va ko‘rinishlarini nazarda tutadi. Bu holni har bir davlatning qonun 
chiqaruvchisi muayyan huquqiy institutni yaratish va takomillashtirishda, hech 
shubhasiz, hisobga oladi. Huquqiy massiv juda katta, murakkab va tizimlashtirilgan 
bo‘lib, bularning barchasi eskirgan va aktual bo‘lmagan huquqiy institutlarni 
tizimdan chiqarib tashlashda qiyinchiliklar tug‘diradi. Taklif qilinayotgan 
novatsiyalar yuzaga kelgan munosabatlar mohiyatini aks ettirish bilan bir qatorda, 
bir-birini uyg‘un to‘ldirishi ham kerak. Huquqiy tizimni tarkibiy elementlarning 
qarama-qarshiligigina emas, balki (bitta alohida olingan yo‘nalishda) qo‘yilgan 
maqsadlarga erishishda shoshqaloqlik ham vayron qilishi mumkin. 
Shunday qilib, qonunchiligimizga yangi kiritilgan “aybga iqrorlik to‘g‘risida 
kelishuv” instituti yanada takomillashtirish mamlakatimiz huquqiy muhitiga o‘zi 
bilan birga keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan progressiv g‘oyalar hozirgi zamon 
jamiyati uchun muhimdir. Biroq, shuni unutmaslik kerakki, tadqiq etilayotgan 
huquqiy institut – o‘ziga xos qadriyatlar va ma’naviy sohada qo‘yilgan maqsadlar 
tizimiga ega bo‘lgan huquqiy madaniyat mahsulidir. Demak huquqiy bazadagi 
“aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” institutini mamlakatimizning axloqiy va 
ma’naviy qadriyatlar tizimidagi holatlarni hisobga olib takomillashtirish maqsadga 
muvofiq.


86 
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra “aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” jinoyat ishini 
yuritishni o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumonga, ayblovga rozi bo‘lgan, jinoyatning 
ochilishiga faol ko‘maklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon 
qilinuvchining yoki ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi 
prokuror bilan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir 
jinoyatlar bo‘yicha tuziladigan kelishuvdir

Demak, aybga iqrorlik to‘g‘risida 
kelishuv gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga ayblov e’lon qilinib, ish bo‘yicha 
ayblov xulosasi tuzilguncha bo‘lgan davda tuziladigan kelishuvdir.
Italiya, Ispaniya, Germaniya, Rossiya JPKga ko‘ra “aybga iqrorlik to‘g‘risida 
kelishuv” tuzish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan dastlabki tergov yakunlanganidan 
so‘ng yoki sud muhokamasiga tayyorlov qismida murojaat qilinadi. 1988-yili qabul 
qilingan Italiya JPKda sodir etilgan jinoyat uchun uch yildan ortiq bo‘lmagan 
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan bo‘lsa, taraflarning jazo 
masalasini o‘zaro hal qilishni so‘rab yozgan arizalari bo‘lsa, sud tergovi olib 
bormasligi qayd etilgan. Iltimosnoma jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayyorlov 
qismida va albatta himoyachining ishtirokida amalga oshirilishi kerak. Agarda 
ushbu holatga prokuror va jabrlanuvchi rozi bo‘lsa, sudya sudlanuvchini sodir etgan 
jinoyati uchun jinoyat kodeksida belgilangan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi
jazoni eng ko‘p qismidan uchdan ikki qismidan ko‘p bo‘lmagan muddatga jazo 
muddatini belgilashi mumkin. Milliy qonunchiligimizda esa aybga iqrorlik 
to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyat ishlarida tayinlanishi lozim bo‘lgan jazo 
miqdori Jinoyat kodeksining 57
2
-moddasiga ko‘ra, aybga iqrorlik to‘g‘risida 
kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo‘yicha tayinlanadigan jazoning muddati yoki miqdori 
Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida (qismida) nazarda tutilgan eng ko‘p 
jazoning yarmidan oshmasligi kerak deb belgilangan. Bunda kelib chiqadiki, aybga 
iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan ishlar bo‘yicha jazo tayinlash bilan bog‘liq 
normalarda insonparvarlik prinsipiga juda katta e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston 
Respublikasi qonunchiligida aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan ishlar 


87 
bo‘yicha tayinlanadigan jazo turi va miqdori boshqa xorijiy davlatlarda 
tayinlanadigan jazo miqdori va turidan ancha kam va yengilroqdir.
Gumon qilinuvchi va ayblanuvchi aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzishga 
o‘z roziliklarini berganliklaridan qat’i nazar ayblov to‘plangan maqbul dalillar bilan 
o‘z tasdig‘ini topgan bo‘lishi kerak. Mazkur institutni faqatgina ya’ni gumon 
qilinuvchi va ayblanuvchining roziligi bilan amalga oshirilishini va bu uning huquq 
va majburiyatlari sifatida kiritilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shu sababdan 
O‘zbekiston Respublikasi JPKning 46- va 48-moddalariga, ya’ni gumon qilinuvchi 
va ayblanuvchining huquqlariga “aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi 
iltimosnoma berish” huquqini kiritish taklif etiladi.
Bundan tashqari, qonunchiligimizda aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv 
voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchilar bilan tuzilishi tartibi hali-
hanuz aniqlashtirilmaganligi bois O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 
kodeksining 586
1
-moddaning 1-qismiga aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv tuzish
jinoyat ishini yuritishni o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumonga, ayblovga rozi bo‘lgan, 
jinoyatning ochilishiga faol ko‘maklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan 
voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan 
nazorat qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir 
bo‘lmagan, og‘ir jinoyatlar bo‘yicha tuziladigan kelishuv ekanligi alohida 
kiritilishini taklif etamiz. Ushbu normaning kiritilishi bilan amaliyotda vujudga 
kelishi mumkin bo‘lgan bir qancha tushunmovchiliklarni va noaniqliklarni oldini 
olgan bo‘lar edi.
Agar voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchi bilan aybga iqrorlik 
to‘g‘risida kelishuv tuzish masalasi yuqoridagi norma bilan aniq yoritilsa, o‘z-
o‘zidan voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga nisbatan 
tayinlanadigan jazo muddati va miqdori haqidagi normaning ham kiritilishiga 
zarurat tug‘iladi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 57
2
-
moddasi quyidagi mazmundagi 2-qism bilan to‘ldirilishi taklif etiladi: “Voyaga 
yetmaganlar bilan aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo‘yicha 


88 
tayinlanadigan jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks XV bobda nazarda 
tutilgan jazoning yarmidan oshmasligi kerak”. Ushbu normaning kiritilishi bilan 
voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchi bilan aybga iqrorlik 
to‘g‘risidagi kelishuv tuzilganda ularga nisbatan jazo miqdori va muddatini 
tayinlashda alohida rag‘batlantiruvchi normaning qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. 
Natijada, voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga nisbatan 
tayinlanadigan jazo miqdori va muddati voyaga yetgan gumon qilinuvchi va 
ayblanuvchilarga tayinlanadigan jazodan ancha yengilroq jazo tayinlanishiga olib 
keladi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va 
ayblanuvchi bilan aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish tartib-taomili o‘zgacha 
xarakterga egadir, ya’ni ushbu jarayonda voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va 
ayblanuvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish, kelishuv, haqiqattan ham, 
voyaga yetmagan shaxsning o‘z xohish-irodasi bilan tuzilishi va qonunchilikdagi 
barcha normalarga og‘ishmay amal qilish huquqni muhofaza qiluvchi organlar 
faoliyatida ustuvor vazifalardan biridir. Shuning uchun ham O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 586
2
-moddasi quyidagi mazmundagi 
ikkinchi qism bilan to‘ldirilishi taklif etiladi: “Voyaga yetmagan gumon qilinuvchi, 
ayblanuvchi aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani 
surishtiruvning va dastlabki tergovning istalgan bosqichida himoyachi, qonuniy 
vakil yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog va (yoki) psixolog ishtirokida 
berishi shart”. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchi bilan aybga 
iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqida iltimosnoma kiritilayotganga uning 
himoyachisi, qonuniy vakili yoki katta yoshdagi qarindoshi, pedagog va psixolog 
ishtirok etishi voyaga yetmagan shaxsning huquq va manfaatlari himoya 
qilinishining kafolati hisoblanadi. Ushbu jarayonda pedagog va psixologning 
ishtirok etishi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ular voyaga yetmagan gumon 
qilinuvchi va ayblanuvchining psixologik holati haqida xabardor bo‘lib, ushbu 
shaxsga psixologik yordam kerak bo‘lgan paytda ushbu protsess ishtirokchilari 


89 
voyaga yetmagan shaxsning psixologik va fiziologik normal holatini nazorat qilib 
turish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv”ni tuzish jarayonida gumon qilinuvchi va 
ayblanuvchining bevosita ishtiroki muhim ahamiyatga ega, shuning uchun ham 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 365-moddasida keltirib 
o‘tilgan qidiruv e’lon qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar doirasi gumon qilinuvchi bilan 
kengaytirilishi haqidagi normaning kiritilishi ham maqsadga muvofiq. Chunki 
aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgandan keyin ish sudga yuborilishga tayyor 
paytda gumon qilinuvchining turgan joyi noma’lum bo‘lganda tergovchi uning 
turgan joyini aniqlash uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishi, zarur hollarda 
esa, unga nisbatan qidiruv e’lon qilishi uchun qidiruv e’lon qilish shart bo‘lgan 
shaxslar doirasiga gumon qilinuvchini ham kiritish maqsadga muvofiqdir. 
Yana bir takliflarimizdan biri bu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-
protsessual kodeksining 586
1
-moddaning 1-qismidagi aybga iqrorlik to‘g‘risida 
kelishuvni jinoyat ishini yuritishni o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumonga, ayblovga 
rozi bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol ko‘maklashgan va keltirilgan zararni 
bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining, shuningdek, voyaga 
yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat 
qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan 
jinoyatlar bo‘yicha tuziladigan kelishuv ekanligi haqidagi normadir.
 
Xususan, aybga 
iqrorlik to‘g‘risida kelishuvni faqatgina ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha 
og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar bo‘yicha tuzilishi Fransiya, Italiya va Germaniya kabi 
xorijiy davlatlar sud va tergov amaliyotida mavjud. Aslida, aybga iqrorlik bo‘yicha 
kelishuvni 
qonunchilikka 
implementatsiya 
qilinishidan 
maqsad 
ham 
surishtiruv,tergov va sud organlarining asosiy e’tiborini va vaqtini og‘ir va o‘ta og‘ir 
jinoyatlarni fosh etishga sarafbar etishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 586
2
- va 586
3
-
moddalarni tahlil qiladigan bo‘lsak, ushbu normalarda gumon qilinuvchi va 
ayblanuvchi tomonidan surishtiruv va dastlabki tergovda berilgan iltimosnomada 


90 
gumon qilinuvchi va ayblanuvchining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar hamda
JPK 586
3
-moddasida ko‘rsatilib o‘tilgan iltimosnomaning prokuror tomonidan 
ko‘rib chiqilishi tartibi haqidagi normada tafovut mavjud bo‘lib, JPK 586
3
- moddani
586
2
- modda bilan birxillashtirish zarur deb hisoblaymiz. Shunga ko‘ra, JPKning 
586
3
- moddasining 5-qismini 586
2
- moddasining 3-qismiga quyidagicha 
moslashtirishni taklif etamiz: 
“Shundan keyin prokuror, agar kelishuvga asosan hukm chiqarilib, jazo 
tayinlanganidan keyin gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv va dastlabki 
tergovda qo‘yilgan gumonni yoki ayblovni tan olmasligi, dalillarni inkor qilishi, 
jinoyatni tergov qilishga ko‘maklashmaganligi, jinoyat natijasida olingan mol-
mulkning topilishi uchun harakatlarni amalga oshirmaganligi, jinoyatga aloqador 
boshqa axborotni taqdim etishga doir majburiyatlarini hamda jinoyat oqibatida 
yetkazilgan zarar bartaraf etmaganligi va kelishuvda nazarda tutilgan boshqa 
shartlar va majburiyatlarni bajarmaganligi aniqlansa, hukm qayta ko‘rib chiqilishi 
mumkinligini aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqida iltimosnoma bergan 
gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga tushuntiradi”. 
Jinoyat-protsessual qonunchiligini yanada takomillashtirish maqsadida aybga 
iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomada ko‘rsatilishi lozim 
bo‘lgan holatlar qatoriga jinoyatlarni tergov qilishda ko‘maklashishda gumon 
qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan 

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə