O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, 
uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat ishlarini ko‘rishda qo‘llaniladi. 
Bundan tashqari 
bu institut qo‘llanilishi bilan jinoyat sodir etilgan vaqt bilan unga nisbatan yakuniy 
xulosa qilish vaqt oralig‘ini qisqartiradi, ayblanuvchi va sudlanuvchining huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini, korrupsiya, 
giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasi va boshqa o‘ta muhim ishlarni 
tergov qilishda guvohlardan kerakli ma’lumotlarni olishda, jinoyatning boshqa 
ishtirokchilarini aniqlashda, jinoyatning sodir etilishidagi sabab va shart-sharoitlarni 
qisqa muddatda aniqlashda juda katta yordam beradi.
Nemis yuristlari o‘z jinoyat-protsessual qonunchiligini ayblov-tergov 
xarakterga ega ekanligini ta’kidlaydilar. Agar prokuratura tomonidan jamoat ayblovi 
qo‘llab-quvvatlansa, jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomalariga bog‘liq 
bo‘lmagan holda sud tomonidan ish holatlari to‘liq aniqlanadi.
AQSh, Angliyadan farqli ravishda kontinental Yevropa davlatlari ushbu 
institutning qo‘llanilishiga juda ehtiyotkor munosabatda. Shu o‘rinda 
R.R.Sarkisyantsning fikriga qo‘shilmaslikning iloji yo‘q, uning fikricha, bunga 
sabab ikkala davlat modelidagi ikki xil jinoyat sud ish yurituvida judda katta farq 
mavjudligidir 
106

Isbot qilish protsess prinsiplariga e’tibor qaratsak, nemis jinoyat-protsessual 
kodeksining klassik tipga kiradi. Hozirgi kunga qadar Germaniya qonunchiligida 
106
Саркисянц Р. Р. Досудебное соглашение о сотрудничестве – зарубежный опыт [Электронный ресурс] / 
Проблемы местного самоуправления. Интернет-журнал. URL: http://www.samoupravlenie.ru/46-12.php (дата 
обращения: 11.05.2016). 


76 
“Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” instituti mavjud emas. Lekin huquqni qo‘llash 
amaliyotida “Jinoyat-protsessual kelishuv”i deb ataladigan tajriba mavjud. 
M.Frommanning fikricha, Germaniya jinoyat-protsessual qonunchiligida 
kelishuv tuzishni tartibga soluvchi qoidalarning yo‘qligi amaliyotda bunday 
kelishuvlardan norasmiy ravishda foydalanishga olib keldi, shu bilan birga, bu holat 
ayblanuvchiga bosim o‘tkazish, HMQO bilan hamkorlik qilishga, jinoyatga 
aloqador dalillarni to‘plashga majburlash bilan bog‘liq noqonuniy xatti-
harakatlarning sodir etilishiga ham yo‘l ochib berdi 
107

Germaniyada Aybga iqrorlik to’g’risida kelishuv institutini tahlil qilish 
natijasida «Absprachen» – «kelishuv» deb ataluvchi tartib-taomil paydo bo‘ldi. 
Aybga iqrorlik to’g’risida kelishuv institut tarafdorlari yagona konsepsiya ustida 
bosh qotirishardi. Ushbu konsepsiyaga ko‘ra, sudlanuvchi o‘z aybiga iqrorligini 
dastlabki eshituv davrida tan oladi, prokuror esa aybloving bir qismini olib tashlaydi.
Bir qancha muhokamalardan so‘ng GFR parlamenti 2009-yil 28- mayda “Jinoyat 
sud ishlarini yuritishda kelishuvni qo‘lash amaliyoti to‘g‘risida”gi Qonunni qabul 
qildi.
Ushbu Qonun Germaniya Jinoyat-protsesual kodeksiga yangi bo‘limning 
kiritilishiga sabab bo‘ldi. Bu bo‘limda nazarda tutilishicha, sud dastlabki eshituv 
davrida va ishning natijalari bo‘yicha lozim topsa, protsess ishtirokchilari bilan 
kelishuv tuzishi mumkin. Kelishuvning predmeti ayblanuvchining o‘z aybiga 
iqrorligi natijasida yuridik jihatdan unga nisbatan tayinlanishi kerak bo‘lgan 
jazoning miqdorining kamaytirilishidir 
108

Jinoyat protsessi ishtirokchilariga mustaqil ravishda HMQO bilan hamkorlik 
qilish yoki aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish taklifi bilan murojaat qilish 
huquqi berilgan. Kelishuv tuzishdan oldin, ya’ni dastlabki eshituvdan oldin 
sudlanuvchi ish materiallari bilan tanishib chiqib, tergov jarayoni qanday 
ketayotganligi va ayblov tomonining dalillar bazasi qanday ekanligi haqida umumiy 
107
Frommann M. Regulating Plea-Bargaining in Germany: Can the Italian Approach Serve as a Model to Guarantee 
the Independence of German Judges? / HANSE LAW REVIEW. Vol. 5, no. 1. 2009. С 197 
108
Подройкина И. А. Зарубежный опыт и преемственность при построении системы наказаний в России. // 
Бизнес. Образование. Право. Вестник Волгоградского института бизнеса. 2012. № 4 (21). С. 247-250. 


77 
tushunchaga ega bo‘lib, jazo tayinlashdagi o‘z imkoniyatlarini ko‘rib chiqishi 
mumkin. Sud ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun kelishuvning ahamiyati katta 
ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Sudda agar kelishuvning maqbulligiga shubha 
uyg‘onsa, uni obdon tekshirishi kerak. Qachonki, sud protsess ishtirokchilarining 
o‘zaro roziligi asosida kelishuv tuzilayotganligiga ishonch hosil qilsa, shunda sud 
ushbu kelishuvni tuzishga ruxsat beradi. Bunda sud tayinlanishi kerak bo‘lgan 
jazoning minimal va maksimal chegarsini ko‘rsatib o‘tadi. Aybga iqrorlik to‘g‘risida 
kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilsa, ayblanuvchining aybini 
isbotlaydigan dalillar taqdim etilgandan keyin ish boshqa sudyaga qayta ko‘rib 
chiqish uchun o‘tkaziladi.
“Jinoyat sud ishlarini yuritishda kelishuvni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 
Qonun sudyaning ishni ko‘rishdagi neytrallik va xolislikni saqlovchi pozitsiyasiga 
zarar yetkazadi 
109
. GFR Konstitutsiyaviy sudi kelishuv tuzish uchun juda qat’iy 
chegaralar qo‘ydi: hech qanday kelishuv sud tomonidan chiqarilgan hukm kabi 
kuchga ega emas; sudya har qanday holatda kelishuv tuzish jarayonida hech qaysi 
tomon sifatida kirishmaydi; kelishuv tuzishga faqatgina jinoyat sud ish yurituviga 
oid prinsiplarga to‘liq amal qilinadigan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi (har taraflamalik, sud 
tomonidan jinoyat ishiga doir barcha holatlarning bevosita tekshirilib, aniqlab 
chiqilishi, aybsizlik prezupmsiyasi, fuqarolarning teng huquqligi, himoyaga bo‘lgan 
huquqning kafolatlanishi) 
110

Jinoyat-protsessual kelishuvlarning predmeti Germaniya qonunchiligi 
bo‘yicha ayblovning hajmi va jazo miqdori hisoblanadi (ayblov xulosasidan 
ayblovning jinoyat tarkibi bo‘yicha ba’zi qismlarini chiqarib tashlash mumkin). 
Shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, prokuror ayblovning ba’zi qismlarini chiqarib 
tashlashi bilan bog‘liq chegirmalar qonun doirasida bo‘lishi kerak, aks holda 
kelishuv nomaqbul hisoblanadi. Sudya hukm chiqarishda hech qaysi tomonning 
109
Frommann M. Regulating Plea-Bargaining in Germany: Can the Italian Approach Serve as a Model to Guarantee 
the Independence of German Judges? / HANSE LAW REVIEW. Vol. 5, no. 1. 2009. 
110
Туманов В.А. Судебные системы западных государств / М., 1991. С. 145. 


78 
irodasiga bo‘g‘liq bo‘lmagan holda bevosita ish bilan bog‘liq barcha dalillarni 
baholagan holda ish olib boradi.
Germaniyada tayinlanishi kerak bo‘lgan maksimal jazoni o‘zgartirish bilan 
bog‘liq sud amaliyoti mavjud bo‘lib, unda ayblanuvchi o‘z aybiga chin ko‘ngildan 
pushaymon bo‘lishi va shaxsning aybliligiga hech qanday shubha bo‘lmasligi kerak.
Shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, Germaniyada sud ishlarini yuritishning 
soddalashtirilgan tartibi sud instansiyalarining ikkinchi va uchinchi bosqichlarida 
amalga oshiriladi va har qanday qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari uchun dastlabki tergov 
harakatlari o‘tkaziladi. Germaniya jinoyat-protsessual qonunchiligida ikki xil sud 
ishlarini yuritishning tezlashtirilgan tartibi mavjud bo‘lib, tezlashtirilgan sud ish 
yurituvi tartibi (das beschleunigte Verfahren) va buyruq tartibida ko‘riladigan ishlar 
(das Strafbefehlsverfahren) 
111

Yuqoridagi ikkala tartibdan birini tanlash prokuror ayblov e’lon qilishidan 
oldin shaxsan prokuror tomonidan amalga oshiriladi. Agar jazoni ijro etish bo‘yicha 
chiqarilgan qaror ijro etilmasa, prokuror sud ish yurituvining tezlashtirilgan taribini 
qo‘llash imkoniyatlarini tekshirib chiqadi. Agar sud ish yurituvining tezlashtirilgan 
tartibini faktik holatlardan kelib chiqib qo‘llash imkoni mavjud bo‘lmasa, ish 
umumiy tartibda ko‘rib chiqiladi.
GFR Jinoyat-protsesual kodeksining 417- bobiga ko‘ra, tezlashtirilgan sud ish 
yurituvi tartibi prokurorning ishni tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish to‘g‘risida 
yozma va og‘zaki ravishda kiritgan iltimosnomasi asosida amalga oshiriladi. Bu 
masalada prokuror iltimosnoma kiritishdan oldin ish bo‘yicha dastlabki tergov 
o‘tkazilgan bo‘lishi va jazoni ijro etish bo‘yicha buyruqning ijro etilishi imkoniyati 
tahlil etilishi kerak.
GFR Jinoyat-protsessual kodeksining 419-bobiga ko‘ra, prokurorning ishni 
tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishni so‘rab kiritgan iltimosnomasi bo‘yicha sud 
quyidagicha qaror chiqarishi mumkin: iltimosnomani qabul qilish to‘g‘risida va 
ishni tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishga qabul qilish to‘g‘risida; iltimosnomani 
111
Hellmann U. Strafprozessrecht. Springer-Verlag, 2006. Rn. 996. 


79 
rad qilish to‘g‘risida va ish yuritishni umumiy tartibda olib borish to‘g‘risida; jinoiy 
ta’qibni to‘xtatish to‘g‘risida.
Tezlashtirilgan ish yuritishning muhim xususiyati shundaki, dalillarni 
tekshirish soddalshtirilgan tartibda amalga oshiriladi va bu dalillarni tekshirish sud 
muhokamasi qatnashuvchilari ishtirokida oshkora tekshiriladi hamda aynan shu 
holatda bu dalillar maqbul hisoblanadi (Germaniya Federativ Respublikasi Jinoyat-
protsessual kodeksining 420-bobi III bo‘lim). Umumiy tartibda ish yuritishda so‘roq 
qilish bayonnomalarini yoki guvohlarning, ekspertlarning, yoki boshqa 
ayblanuvchilarning yozma tushuntirishlarini o‘qib eshittirish imkoniyati mavjud, 
lekin bu tartib-taomil sud tomonidan dalillarni bevosita tekshirib chiqish
majburiyatiga qo‘shimcha hisoblanadi 
112
. Tezlashtirilgan tartibda ishlarni yuritish 
tartibida 
sudyalarda 
taraflarning 
dalillarni 
taqdim etish to‘g‘risidagi 
iltimosnomalarini rad qilish kabi katta imkoniyati mavjud. Amaliyotda bu quyidagi 
tarzda amalga oshiriladi: taraflar dalillarni taqdim etish to‘g‘risida iltimosnoma 
kiritganda sud ularni hech qanday sabablarini tushuntirmasdan rad qilishi mumkin, 
chunki sudning fikricha bu dalillar hech qanday ahamiyatga ega emas.
Soddalashtirilgan tartibda ish yuritish uchun asosiy kriteriya bu sodir etilgan 
jinoyatning ijtimoiy xavfliligidir. Jazoni ijro etish to‘g‘risidagi buyruqlar faqatgina 
ba’zi toifadagi jinoyatlarda chiqariladi, ular (das Vergehen) deb yuritiladi. Bu kabi 
jinoyatlar umumiy jinoyatlarning 6,5% ni tashkil qiladi (hisoblashda moddaning 
malakalovchi xususiyatlari inobatga olinmaydi) 
113

Tezlashtirilgan tartibda ish yuritish har qanday jinoyat ishlariga nisbatan 
tatbiq etilishi mumkin, agar konkret holat bo‘yicha tayinlanadigan jazo miqdori bir 
yildan ortiq bo‘lmagan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazoni nazarda tutsa.
Tortishuvchanlik prinsipini ishga tushishi uchun sanksiyalarning xarakteri 
juda katta ahamiyatga ega kriteriya hisoblanadi. Agar qonun chiqaruvchi tomonidan 
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan sanksiyaning eng yuqori chegarasi belgilangan bo‘lsa, 
112
Schroer E. Das beschleunigte Strafverfahren gem. § 417. StPO, 1998. S. 165 - 166. 
113
Strafgesetzbuch der Bundesrepublik Deutschland vom 13. November 1998. (zuletzt geandert 21.01.2015) // URL: 
http://www.gesetze-im-internet.de/stgb/ 


80 
buyruq tartibida ish yuritishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazolarning yopiq 
ro‘yxati mavjud bo‘lib, ularning eng og‘iri ozodlikdan mahrum qilish jazosini 
nazarda tutadi (GFR JPK 407-bob, II bo‘lim). Umuman olganda, ikkala holatda ham 
sanksiyalarning chegarasi bir yilda ortiq bo‘lmagan ozodlikdan mahrum qilish 
jazosini nazarda tutadi. 
Shunday qilib, GFR huquqiy tizimi soddalashtirilgan tartibda jinoyat ishlarini 
yuritish uchun ayblanuvchining o‘z aybiga iqror bo‘lishini nazarda tutadi. Shu 
o‘rinda bu holatning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish zarur. Germaniyada 
bu kabi aybga iqrorlik imperativ norma bilan qonunchilikda mustahkamlanmagan. 
Uning mavjudligining zaruriyati soddalashtirilgan tartibda ish yuritish amaliyotidan 
kelib chiqadi, bu kabi aybga iqrorlik ushbu ishdagi holatlar aniq va asosli ekanligini 
ta’kidlash uchun asoslardan biridir. Maxsus tartibni qo‘llash uchun jinoyat ishi 
oddiymi yoki yo‘qmi, muhim emas; sud jarayonini soddalashtirish har qanday 
holatda ham mumkin, asosiysi, shaxs o‘z aybini tan olishi va ayblovga rozi 
bo‘lishidir. Sodir etilgan jinoyat to‘g‘risidagi holatlar ishonchli malumot asosida har 
tomonlama va to‘liq tekshirilishi kerak. Bunda sudya ishga aloqador faktlarni va 
dalillarni bevosita tekshirishi zarur. 

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə