O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi


Kelishuv tuzish mumkin bo‘lgan jinoyatlar turlari ushbu kodeks 495-



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

Kelishuv tuzish mumkin bo‘lgan jinoyatlar turlari ushbu kodeks 495-
moddasida keltirib o‘tilgan bo‘lib ular quyidagilar: 
1)
Yo‘l harakatlari kodeksida (Traffic Code) ko‘rsatib o‘tilgan 
huquqbuzarliklar, basharti ular JPK da ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar 
sifatida tasniflansa; 
2)
Yo‘l harakati kodeksi (Traffic Code) da belgilangan huquqbuzarliklar;
3)
Tijorat kodeksidaning IV qism, IV bo‘limida sanab o‘tilgan huquqbuzarlik, 
ushbu 
huquqbuzarliklarga 
nisbatan 
ozodlikdan 
mahrum 
qilish 
jazosi 
qo‘llanilmaydi.
Lekin bu tartib-taomilning o‘ziga xos mustasno holatlari mavjud: 
1.
Ayblanuvchi jinoyat sodir etgan paytgacha 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak; 
2.
Sodir etilgan jinoyatning jabrlanuvchisi dastlabki tergov davomida yoki 
dastlabki eshituvda yoki JPKning 495-1- moddasida nazarda tutilgan tartibda 
jabrlanuvchi sudga murojaat qilgan bo‘lsa;
3.
Yo‘l harakati kodeksida nazarda tutilgan huquqbuzarlik bilan bir paytda 
qasddan odam o‘ldirish yoki shaxsga zarar yetkazish jinoyati sodir etilgan 
bo‘lsa. 
JPKning 495-1-moddasiga ko‘ra, ayblanuvchi bilan kelishuvga erishilgan 
taqdirda unga jinoiy-huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash uchun ish sud raisiga 
yuboriladi. Bundan so‘ng ishni qabul qilgan sud raisi yoki ish ko‘rish tayinlangan 
sudya ayblanuvchiga nisbatan qo‘llaniladigan jarima jazosi yoki boshqa qo‘shimcha 
jazo tayinlash haqida qaror qiladi. Agar sudya ishni bo‘yicha to‘liq sud 
muhokamasi o‘tkazilishi kerak degan fikrga kelsa yoki shaxsga nisbatan ozodlikdan 
96
Ministère de la Justice. Circulaires de la direction des Affaires criminelles et des Graces // Bulletin Officiel 
du Ministere de la Justice. 2001. № 83. P. 69-70. 


70 
mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llash zarur deb topsa, sudya ish materiallarini 
prokurorga qaytarib yuboradi. 
Sudda ishni ko‘rishning alternativ turi JPKning VIII bo‘limida nazarda 
tutilgan (Appearance after prior admission of guilt). Bu shaklning qo‘llanilishi ba’zi 
huquqbuzarliklar bilan chegaralangan, ularga nisbatan qo‘llaniladigan jazo turi 
jarimani yoki besh yildan oshmaydigan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi 
qo‘llaniladi (JPK 495-7-modda).
Yuqoridagi moddaga ko‘ra, “Okrug prokurori o‘z xohishiga ko‘ra ham, 
ayblanuvchi yoki uning himoyachisining xohishiga ko‘ra agar ayblanuvchi o‘zi 
tomonidan sodir qilingan barcha jinoyatlarga iqror bo‘lsa, ushbu tartibda ishni 
ko‘rishga taklif kiritishi mumkin. Agar ish shu tartibda ko‘riladigan bo‘lsa, prokuror 
tomonidan so‘raladigan jazo miqdori bir yildan oshmasligi yoki modda bo‘yicha 
tayinlanishi kerak bo‘lgan jazoning yarmidan oshmasligi kerak (JPK 495-8-modda). 
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, shaxs sodir etgan jinoyati bo‘yicha “aybga 
iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” tuzish jarayoni himoyachining ishtirokida unga 
prokuror tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazoni to‘liq tushuntirgan holatda o‘tkaziladi. 
Shundan so‘ng jinoyat ishi darrov okrug sudi raisi yoki ish ko‘rish tayinlangan 
boshqa sudya raisligida prokuror aniqlagan barcha materiallar asosida sud 
muhokamasida ko‘rib chiqiladi (JPK 495-9-modda). 
Sud muhokamasida birinchi ayblanuvchi va uning himoyachisiga so‘z 
berilgandan va ish bo‘yicha faktik holatlar o‘rganib chiqilgandan, sodir etilgan 
jinoyat to‘g‘ri malakalanganligiga ishonch hosil qilingandan so‘ng sudda raislik 
etuvchi prokurorning qarorini tasdiqlaydi yoki rad qiladi. Shuni alohida ta’kidlash 
zarurki, Fransiya jinoyat-protsessual qonunchiligida AQSh qonunchiligidagi kabi 
taraflarning, ya’ni himoya va prokurorning kelishuvga erishishi jinoyat ishi sudda 
ko‘rilishi uchun imperativ xarakterga ega emas (JPK 495-12-modda). 

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə