O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi


Shunday qilib, fransuz va amerikancha modelni tahlil qilib quyidagi



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

Shunday qilib, fransuz va amerikancha modelni tahlil qilib quyidagi 
xulosalarga kelishimiz mumkin: 
1.
 
AQSh modeli ish bo‘yicha tezroq qarorga kelishni nazarda tutadi (jazoni 
haqida kelishib olish va inkriminatsiya qilingan jinoyatni to‘g‘ri malakalash). 


71 
Fransuzcha model qat’iy tuzilgan bo‘lib, jinoiy jazolarni ma’muriy xarakterga ega 
jazo bilan almashtirish imkoniyatini ko‘zda tutadi, faktik jihatdan qaraganda bu 
jinoyatni depenalizatsiya qilishdir (hozirda ushbu amaliyot Yevropa davlarlari 
jamiyati uchun to‘laqonli foydali hisoblanadi) 
97

2.
 
Fransuzcha model to‘la amerikancha modeldan o‘zlashtirilmagan, lekin 
ushbu amaliyot suddagi ko‘riladigan ishlar sonini keskin kamaytirishni ko‘zlagan. 
3.
 
AQSh modelida asosiy e’tibor jinoyat ishlarini ko‘rish tezligini oshirishga 
qaratilgan bo‘lib, ayblanuvchi o‘z aybiga to‘la iqror va jinoyat haqiqattan ham shaxs 
tomonidan sodir etilganlik fakti aniqlanadi..Bundan asosiy maqsad formal sud 
chiqimlari va ishni ko‘rishga sarflanadigan vaqtni tejashdir. 
4.
 
Fransuz amaliyoti esa biroz boshqacha, bu nafaqat sud xarajatlarini istisno 
qiladi, balki sud jarayoni natijalarini individual jazodan (jinoyatchiga nisbatan) 
ijtimoiy foydali (masalan, majburiy jamoat ishlari) ga o‘zgartiradi. Bu jihat biz 
uchun yanada ilg‘or va foydaliroq ko‘rinadi va uning aniq tartibga solinishi sharti 
bilan javobgarlikka tortiladigan shaxslar huquqlarining munosib kafolati 
hisoblanadi. 
“Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” instituti Germaniya Federativ 
Respublikasi tajribasi misolida. 
“Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” huquqiy 
instituti, ba’zi mamlakatlarda, xususan, AQSh sud amaliyotida keng tarqalganiga 
qaramay, sof yuridik jihatdan yashirin hodisa bo‘lib qolmoqda. Kelishuv tuzish 
jarayonining o‘zi, kelishuv shartlari ketma-ketligi va ularni qabul qilish tartibi,
qilinadigan taklifning mohiyati ham protsessual tartibga solish doirasidan tashqarida 
qoladi. Shunga ko‘ra, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv instituti ko‘pgina 
davlatlarda ularning qonunchiligiga moslashtirilgan holda tatbiq etilmoqda. 
 
Tadqiqotchi J.Langbeynning fikricha: “Germaniya Federativ Respublikasi 
qonunchiligida “aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” mavjud emas”. Ushbu fikr 
97
Mireille Delmas- Marty.
Les grands systèmes de politique criminelle. Paris, 1992. P. 159-163,278-293. 


72 
o‘sha paytdagi mamlakatdagi mavjud me’yoriy-huquqiy bazada o‘z isbotini topadi. 
Bu yondashuv ko‘plab tarafdorlarga ega edi.
98
Boshqa tadqiqotchilarning fikri yuqoridagi fikrga mutlaqo qarshi edi 
99

Olimlar Absprachen institutini “aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv”ning bir 
ko‘rinishi deya iddao qilishdi. Chunki Abshprachen dastlabki eshituvdan oldin ham, 
sud muhokamasi paytida ham tomonlar tomonidan tuzilar edi. Olimlar orasida 
aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuvni tuzish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri aniq normaga 
havola qilinishi kerak degan fikr borligi uchun ushbu institutni bu sohada ilg‘or 
tajribaga ega davlatlar qonunchiligidan Germaniya qonunchiligiga moslashtirish 
masalasi keng muhokamaga qo‘yilgandi 
100

Bu institutning Germaniya milliy qonunchiligiga implementatsiya qilinishi 
ko‘rib chiqiladigan jinoiy ishlarning soni oshishiga, ularga sarflanadigan o‘rtacha 
vaqtning qisqarishiga va sudyalarning ish samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatardi. 
Asosiy e’tibor giyohvand vositalarining noqonuny aylanmasi, atrof-muhitga zarar 
yetkazish, iqtisodiyot sohasiga bog‘liq jinoyatlarga qaratildi 
101

“Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” tarafdorlari bu institutning kafolatlari 
haqida fikr yuritib, kelishuvga sud majlisiga tayyorgarlik ko‘rish paytidami yoki 
bo‘lmasa sud muhokamasining o‘zida erishilishi kerak degan masalaga aniqlik 
kiritishga harakat qilishardi. Kelishuvni kafolati sifatida prokuror ablovning biror 
qismidan voz kechishi va sudya sudlauvchiga tayinlanishi kerak bo‘lgan jazodan 
kamroq jazo tayinlashi kerak bo‘ladi. 
Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, Germaniya jinoyat protsessida “odil sudlov 
bilan bitim”ning dastlabki shakllari koʻproq “iqrorlik”ka (confession)ga oʻxshardi; 
ba’zi olimlarning fikricha bu sudlanuvchining o‘z aybiga chin ko‘ngildan 
pushaymonligiga o‘xshardi. Bu fikr o‘z tasdig‘ini GFR Jinoyat-protsessual 
kodeksining 254-bo‘limida topadi. Unga ko‘ra, shaxning o‘z aybiga iqror bo‘lishi 
98

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə