Tayyorlov yo’nalishi



Yüklə 417,75 Kb.
səhifə1/4
tarix27.06.2022
ölçüsü417,75 Kb.
#90166
  1   2   3   4
lizing

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZM VA MADANIY MEROS VAZIRLIGI «IPAK YO’LI» TURIZM VA MADANIY MEROS XALQARO UNIVERSITETI HUZURIDAGI TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI YAKUNIY DAVLAT ATESTATSIYA AMALIY IMTIXONI TAQDIMOTI


Tayyorlov yo’nalishi: 5.32.06.01- Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)
Mutaxassislik nomi: 5.32.06.01- Buxgalteriya hisobi va audit
Kvalifikatsiya nomi: Buxgalter va auditor Taqdimot mavzusi: Lizing muomalalari xisobi Taqdimot tayyorladi: II bosqich 14-20 guruh talabasi : Yusupova Ziyoda
Lizing muomalalari xisobi.
Reja :
1. Lizingning iktisodiy tabiati, moxiyati va uning turlari.
2. Lizingning mazmuni, asosiy belgilari va afzalliklari.
3. Lizing muomalalarini xisobvaraklarda aks etishi.
4. Xulosa.
Lizingning iqtisodiy tabiati va moxiyati.
Lizing fan-texnika taraqqiyoti hamda xususiy, guruhiy va ijtimoiy manfaatlarini uyg‘un ravishda birga qo‘shish talablariga to‘la-to‘kis javob beradi. Moliyaviy qiyinchiliklar sharoitida lizing tadbirkorlikning eng yaxshi texnologiya va zamonaviy asbob-uskunalardan bahramand bo‘lishga imkon beradi. CHunki ba’zi bir hollarda korxonalarda Biron-bir obekt ishlab chiqarishi, xizmat ko‘rsatishi va ishlarni bajarishi uchun etishmay qolishi mumkin. Uni sotib olishga mablag‘i ham etishmay qolgan hollarda lizing munosabatlari orqali bu muammoni hal qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlangan mamlakatlarda lizing biznesning alohida bir turi sifatida qaraladi. U lizing mahsulotlarining ishlab chiqaruvchilari, iste’molchilari uchun, shuningdek, shu turdagi biznes bilan shug‘ullanayotgan moliyaviy vositachilar uchun ham muhim bo‘lgan bir qancha vazifalarni hal etadi. Ichki va tashqi bozor uchun qattiq raqobat sharoitida asbob-uskunalarning texnik xususiyatlarinigina ema, ayni vaqtda mazkur asbob-uskunalar iste’molchilariga qo‘yiladigan moliyaviy shartlar, shuningdek qo‘shimcha xizmatlar ham tobora ahamiyatli bo‘lib boradi. Iste’molchilarning bunday qo‘shimcha talablarini qondirishda moliyalashtirishning istiqbolli usuli bo‘lgan lizing to‘la-to‘kis xizmat qiladi.
Jaxonda xalqaro lizing operatsiyalari keng ko’lamda rivojlangan bo’lsada, mamlakatimizda uning rivojlanishi mustaqillikdan so’ng keng tus oldi. Xozirgi kunda O’zbekistan Respublikasi moliya bozorida xorijiy kapital ishtirokida bir necha yirik qo’shma lizing kompaniyalari faoliyat yuritmoqda.
«Lizing» iborasi inglizcha “lease” fe’lidan kelib chiqqan bo‘lib, mulkni vaqtincha foydalanishga berish yoki topshirishni bildiradi.
LIZING SHARTNOMASINI RASMIYLASHTIRISH
TARTIBI VA SHARTLARI
2.1. Lizing shartnomasini rasmiylashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
a) bank tomonidan lizingga ariza qabul qilinishi va lizing oluvchi bilan muzokaralar olib borish;
b) lizing oluvchining to‘lov qobiliyati va uning loyihasining samaradorligi to‘g‘risida xulosa chiqarish;
v) lizing shartnomasini tayyorlash va tuzish;
g) lizing beruvchi bank tomonidan uskunalar etkazib berilishi uchun sotuvchiga buyurtma-naryad jo‘natish;
d) lizing ob’ektini sotib olish-sotish to‘g‘risidagi shartnomani imzolash;
e) lizing uskunalarini foydalanishga qabul qilib olishni amalga oshirish;
j) lizing oluvchi va sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida lizing ob’ektini sug‘urtalash to‘g‘risidagi shartnomani imzolash.
2.2. To‘lov qobiliyati va o‘z loyihasining samaradorligi to‘g‘risidagi xulosa tayyorlanishi uchun bo‘lg‘usi lizing oluvchi va lizing ob’ektini o‘z egaligi va foydalanishiga olishni xohlagan shaxslar (xususiy tadbirkorlardan tashqari) quyidagilarni taqdim etishlari lozim:
- oxirgi hisobot sanasiga buxgalteriya balansi;
- o‘z moliyaviy-ishlab chiqarish imkoniyatlarining tahlili;
- lizingning butun muddati uchun pulning kelib tushishi prognozi ko‘rsatilgan biznes-reja.
Xususiy tadbirkorlar faqat lizingning butun muddati uchun pullar kelib tushishi ko‘rsatilgan biznes-rejani taqdim etadilar.
2.3. Lizing oluvchining moliyaviy holatini baholash Markaziy bankning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni kreditlash tartibini me’yorlashtiradigan me’yoriy hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan uslubiyatga muvofiq amalga oshiriladi.
2.4. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda lizing beruvchi lizing oluvchini o‘zining u bilan lizing munosabatlariga kirishishga tayyor ekanligidan xabardor qiladi va ular o‘rtasida lizing shartnomasi tuziladi.
Lizing shartnomasi, agar kelishuv summasi qonunda belgilangan eng kam ish haqi miqdorining 200 barobaridan ortiq bo‘lsa, lizing beruvchi bankning yuridik xizmati rahbari (huquqshunos) tomonidan ham tegishli xulosa qilingan holda viza qo‘yib imzolanadi.
2.5. Lizing shartnomasi tuzilganidan so‘ng lizing beruvchi sotuvchiga uskunalarni etkazib berishi uchun ishlarning bajarilishi shart-sharoitlarini belgilab beruvchi texnik topshiriq (talab)lar va boshqa hujjatlar ilova qilingan buyurtma-naryadni jo‘natadi.
2.6. Lizing beruvchi va sotuvchi o‘rtasida lizing ashyosini sotib olish-sotish shartnomasi tuziladi. Lizing ob’ekti sotuvchisiga to‘lov lizing beruvchi tomonidan qonunchilikka binoan sotib olish-sotish shartnomasiga muvofiq shakl va muddatlarda amalga oshiriladi.
2.7. Lizing bitimi lizing ob’ektini foydalanishga qabul qilish bayonnomasi imzolanib, mulkka egalik huquqi lizing beruvchiga o‘tganidan so‘ng amalga oshirilgan hisoblanadi.
2.8. Foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi lizing oluvchi tomonidan rasmiylashtiriladi, kelishuvda qatnashayotgan barcha tomonlar: lizing beruvchi, lizing oluvchi hamda sotuvchi tomonidan imzolanadi.
2.9. Lizing ob’ektini to‘liq etkazib bermaslik, muddatini o‘tkazib yuborish yoki qoniqtirmaydigan sifatda etkazib berilgan holatlarda lizing oluvchi:
- lizing to‘lovlari to‘lashni to‘xtatib turish;
- etkazib berishni rad etish va lizing shartnomasini bekor qilishni talab etish;
- lizing shartnomasini bajarmaslik yoki tegishlicha bajarmaslik natijasida etkazilgan zararlarni to‘lashni lizing beruvchidan talab qilishga haqlidir.
2.10. Lizing beruvchi har bir lizing operatsiyasi bo‘yicha lizing oluvchiga lizing ishini rasmiylashtiradi.
Lizing oluvchining lizing ishida quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:
- lizing oluvchining lizingga arizasi;
- lizing shartnomasi;
- oxirgi hisobot sanasiga buxgalteriya balansi (xususiy tadbirkorlardan tashqari).
- lizing muddatiga biznes-reja;
- lizing oluvchining to‘lov qobiliyati va uning loyihasining samaradorligi to‘g‘risida xulosa;
- lizing ashyosi sug‘urtasi to‘g‘risida sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polisi;
- lizing beruvchi bankning uskunalarni etkazib berishiga buyurtma-naryad;
- lizing ashyosini sotib olish-sotish shartnomasi;
- uskunalarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi;
- uskunalarga sotuvchi tomonidan berilgan texnik kafolat.
2.11. Lizing shartnomasiga binoan lizing oluvchi lizing ob’ektiga butun lizing muddati davomida egalik qilish va foydalanish huquqini oladi.
Lizing oluvchi tomonidan mazkur kelishuv bo‘yicha o‘zida paydo bo‘lgan huquq, majburiyat va boshqa manfaatlarni uchinchi shaxsga o‘tkazish (sublizing)ga faqat lizing beruvchining yozma roziligi asosida ruxsat etiladi.
2.12. Lizing ob’ektini etkazib berish joyiga yuklab jo‘natish, uni yig‘ish va foydalanishga topshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar kelishuvga binoan taraflardan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
2.13. Agar lizing oluvchi lizing beruvchiga uskunalarning etkazib berish joyiga etib kelgan kunidan boshlab ikki hafta mobaynida uning foydalanishga qabul qilingani to‘g‘risidagi dalolatnomani taqdim etmasa va kamchiliklar to‘g‘risida xabar qilmasa, uskunalarni qabul qilib olish amalga oshirilgan, deb hisoblash lozim.
2.14. Lizing oluvchi sotuvchi tomonidan uskunalarga berilgan texnik kafolatdan foydalanadi.
Uskunalarni etkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan nosozliklar, o‘z vaqtida etkazib berilishi va butlanishi hamda uni o‘rnatishga tegishli majburiyatlarning bajarilmasligi bo‘yicha sotuvchiga taqdim etiladigan da’volar bo‘yicha mulkka egalik huquqlarini lizing oluvchi o‘z zimmasiga olishi shartnomada qayd etib qo‘yilishi kerak.

Yüklə 417,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə