Buxgalteriya hisobining schotlari va ularning tuzulishi



Yüklə 53,77 Kb.
səhifə1/5
tarix27.12.2023
ölçüsü53,77 Kb.
#163953
  1   2   3   4   5
Buxgalteriya hisobining schotlari va ularning tuzulishi


Buxgalteriya hisobining schotlari va ularning tuzulishi
Reja
KIRISH
1. Schyotlar tizimi haqida tushuncha
2. Buxgalteriya hisobi schyotlarini turkumlarga ajratish to‘g‘risida tushuncha
3. Buxgalteriya hisobi schyotlarini tayinlanishi va tuzilishiga ko‘ra turkum larga ajratish
4. SCHYOTLAR REJASI
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

KIRISH
Boshqalarni o‘qitib, o‘zimiz ham o‘rganamiz. Seneka Bozor iqtisodiyotining barpo bo‘lishi va rivojlanishi hamda iqtisodiyotni modernizatsiyalash buxgalteriya hisobining qo‘llanilish chegaralarini kengaytirmoqda. Chunki yangi hisob obyektlari va buning natijasi sifatida hisob axborotlaridan yangi foydalanuvchilar paydo bo‘ladi. Shuning uchun buxgalteriya hisobi oldida uni yangi sharoitlarga moslashtirish bo‘yicha vazifalar paydo bo‘lmoqda. Hisob axborotlari hajmining doimiy o‘sib borishi, uning sifatiga zarar yetkazmasdan, buxgalteriya hisobi shakllari va uslublarini yanada takomillashtirib borishni, EHM yordamida dastlabki hisob axborotlarini ro‘yxatga olish va ishlov berish vaqtini qisqartirishni taqozo etmoqda. Bozor munosabatlari rivojlanishi natijasida boshqaruvning axborot tizimi rivojlanmoqda. Uning asosini buxgalteriya hisobining axborot tizimi tashkil etadi. Bu axborot tizimining ajralib turuvchi belgilari: to‘- liqlik, hujjat bilan asoslanganlik, pul o‘lchovining qo‘llanilishi va boshqalar bo‘lib, hisob axborotlarini o‘zgartirish va boshqaruv apparatiga hamda har qanday darajadagi tashqi axborotdan foydalanuvchilarga yetkazish va umumlashtirishga imkon beradi. Shu bilan birga ular xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘ladilar. Buxgalteriya hisobi nazariyasi bizni o‘rab turgan moddiy dunyoning rivojlanish dialektikasiga, amaldagi iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarga, qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga tayangan holda buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillarini, uning uslubiyatini tashkil etuvchi usullarini hozirgi zamon boshqaruv talablariga mos ravishda o‘rganadi. Buxgalteriya hisobini ilmiy asoslangan uslubiyat, ilg‘or chet el va mamlakatimiz tajribasini umumlashtirish hamda boshqaruv sohasidagi zamonaviy talablar negizida tashkil etish amaliyoti manfaatdor axborotdan foydalanuvchilarga har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborotlarni taqdim etish imkonini beradi. Mazkur fanni o‘rganish jarayonida talaba avvalo, buxgalteriya hisobi uslubini mushohada qilishi va aqliy tafakkurdan o‘tkazishi lozim. Faqat shundagina uning mohiyatini o‘zlashtiradi va moliya-xo‘jalik hodisalarini o‘rganishning deduktiv usulini tashkil etuvchi keyingi bosqichga o‘tadi


  1. Yüklə 53,77 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə