Buxgalteriya hisobining schotlari va ularning tuzulishi


Schyotlar tizimi haqida tushuncha



Yüklə 53,77 Kb.
səhifə2/5
tarix27.12.2023
ölçüsü53,77 Kb.
#163953
1   2   3   4   5
Buxgalteriya hisobining schotlari va ularning tuzulishi

Schyotlar tizimi haqida tushuncha

Korxonalar faoliyati hisobini yuritish zaruriyatida korxonaning xo‘jalik jarayonlari natijasida doimo tarkibiy va miqdoriy jihatdan o‘zgarib boradigan xo‘jalik mablag‘lari haqida har doimo ma’lumotga ega bo‘lib turish talab etiladi. Bu talabni bajarish uchun esa xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarni hisobda guruhlab borish va tezkor nazorat o‘rnatishi kerak bo‘ladi. Buning uchun buxgalteriya hisobi elementlaridan biri schyotlar tizimidan foydalaniladi.


Buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarining harakati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish uchun har bir mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari alohida-alohida raqamlar bilan belgilanadi. Mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari uchun belgi- langan raqamlar buxgalteriya schyotlari deb yuritiladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarining ikki tomoni bo‘lib, bir tomoni «Debet», ikkinchi tomoni tomoni «Kredit» deb yuritiladi.
Debet Kretid

Qadimiy savdo kitoblarida schyotning «Debet» tomonida kirim, «Kredit» tomonida chiqim ko‘rsatilgan. Hozirda ham bu ma’no qisman saqlanib qolgan.


Bu schyotlar xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manba- larining harakatini hisobga olish ishlarini osonlashtirish va ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishda ham qo‘l keladi. Masalan, buxgalteriya hisobi tizimida «Xomashyo va materiallar» so‘zi o‘rnida — 1010, «Kassa» so‘zi o‘rnida — 5010, «Asosiy ishlab chiqarish» so‘zi o‘rnida — 2010, «Tayyor mahsulot» so‘zi o‘rnida — 2810 kabi raqamlardan foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi schyotlari raqami bir davlatda bir xil qabul qilinadi. Buxgalteriya hisobi schyotlarining bir xilligini ta’minlash maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlarining 21-sonli «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli standart qabul qilingan. Ushbu standartdagi schyotlar yig‘indisiga «Buxgalteriya hisobi schyotlar tizimi» deyiladi.
Schyotlar tizimi xo‘jalik mablag‘larini va ularning tashkil topish manbalarini, xo‘jalik jarayoni natijasida ularning tarkibiy, miqdoriy va harakat jihatidan o‘zgarib borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir.
Korxona faoliyatida yoppasiga, uzluksiz hisob qilib borilar ekan, korxona barcha mulkini o‘rganib, ularning xususiyatlarini yaxshilab anglab yetmoq kerakdir. Korxona mulklari hisobi to‘liq yuritilar ekan, hisob ishlarini osonlashtirish, oqilona tashkil etish maqsadida schyotlar rejasi ishlab chiqilgan. Shuni nazarda tutmoq kerakki, Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartining ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi zaruriy hol bo‘lganidek, schyotlarning yangi rejasini ishlab chiqish ham zarur bo‘lib qoldi va schyotlarning yangi rejasi korxonalar moliya xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobida qo‘llanilib kelmoqda.
Schyotlar rejasi 6 qism va 9 bo‘limdan iborat. Schyotlar rejasining qismlari quyidagilardir:
1- qism. Uzoq muddatli aktivlar.
2- qism. Joriy aktivlar.
3- qism. Majburiyatlar.
4- qism. Xususiy kapital (mulk).
5- qism.Moliyaviy natijalarni shakllanishi va ishlatilishi.
6- qism. Balansdan tashqari schyotlar.
Schyotlar rejasidagi bo‘limlar quyidagicha nomlangan:
1- bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar.
2- bo‘lim. Tovar-moddiy zaxiralari.
3- bo‘lim. Kelgusi davr sarflari va muddati uzaytirilgan sarflarning joriy qismi.
4- bo‘lim. Olinadigan schyotlar.
5- bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investisityalar va boshqa joriy aktivlar.
6- bo‘lim. Joriy majburiyatlar.
7- bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar.
8- bo‘lim. Kapital (mulk), foyda va zaxiralar.
9- bo‘lim. Daromad va sarflar.
Schyotlar rejasini bilish nafaqat buxgalterlar, balki auditorlar, soliqchilar qisman tashqi foydalanuvchilar (aksiyadorlar, ta’sischilar) uchun ham kerakdir.
Schyotlarning tuzilishi.
Schyotlar ikkiga ajratiladi:
Aktiv schyotlar — xo‘jalik mablag‘larini aks ettiruvchi schyotlar.
Passiv schyotlar — xo‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbalarini aks ettiruvchi schyotlar.
Aktiv va passiv schyotlarning tuzilishi quyidagi sxema orqali aks ettirilgan:

Yüklə 53,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə