Buxgalteriya hisobining schotlari va ularning tuzulishi


D" + Aktiv K - D - Passiv K +



Yüklə 53,77 Kb.
səhifə3/5
tarix27.12.2023
ölçüsü53,77 Kb.
#163953
1   2   3   4   5
Buxgalteriya hisobining schotlari va ularning tuzulishi

D" + Aktiv K - D - Passiv K +
Yuqorida ko‘rinib turganidek, har ikkala turdagi schyotlarning ham debet va kredit tomonlari mavjud. Farq shundaki, aktiv schyotlarning debetida ko‘payish, kredit tomonida esa kamayish aks ettiriladi.
Passiv schyotlarda esa aksincha, debet tomonida kamayish, kredit tomonida esa ko‘payish aks ettiriladi.
Ma’lumki, schyotlar oy boshiga ochiladi. Bu vaqtda mablag‘ va ular manbalari mavjud bo‘lib, ular oy boshiga qoldiq deb ataladi.
Oy davomida xo‘jalik jarayoni natijasida mablag‘lar va ular manbalari harakati (ko‘payishi, kamayishi) oborot deyilib, ularni debet yoki kredit tomondaligiga ko‘ra, debet oborot, kredit oborot deb ataladi.
Aktiv schyotlarda debet oborot oy davomida mablag‘larning kiri- mini, kredit oboroti esa mablag‘lar oy davomida kamayishini bildiradi.
Passiv schyotlardagi debet oborot oy davomida mablag‘ tashkil topish manbasi kamayishini, kredit oborot esa oy davomidagi manba ko‘payishini bildiradi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari doimo bosh qoldiq bilan boshlanib, oxirgi qoldiq bilan yakunlanadi. Ba’zi bir yig‘ib taqsimlovchi yoki tranzit schyotlarda bosh qoldiq ham, oxirgi qoldiq ham bo‘lmaydi. Chunki ular oy boshiga ochilib, oy oxirida yopiladi. Aktiv schyotlardagi oy oxiriga qoldiqni aniqlash uchun, oy boshiga qoldiq summaga debet oborot summasini qo‘shib, kredit oborot summasini ayirish orqali topiladi:
DT oq. = DT bq. + DT ob. - K ob
bunda, DT oq. — debet oxirgi qoldiq;
DT bq. — debet boshlang‘ich qoldiq;
DT ob. — debet oborot;
K ob. — kredit oborot.
Buni chizma ko‘rinishida quyidagicha aks ettirish mumkin:

Korxona kassasidagi naqd pul oy boshida 400 so‘m bo‘lgan, oy davomida esa 500.000 kirim bo‘ldi, oy davomida sarflangan naqd pullar 500200 sumni tashkil etdi. Demak, oy oxiriga 200 so‘m naqd pul kassada qoldi.
Xuddi shunday tuzilish passiv schyotlarda ham ko‘zga tashlanadi.

6710 - Xodimlar bilan xisoblashish schoti
Korxonaning xodimlar oldida mehnat haqi yuzasidan 40.000 so‘m qarzi mavjud edi, oy davomida esa 600.000 so‘mlik mehnat haqi yuzasidan majburiyat ko‘paydi. Xodimlar oyligidan ushlangan summalar va to‘langan summalar oy davomida 640.000 so‘mni tashkil etdi.
Demak, oy oxiriga korxonaning xodimlar oldida qarzi qolmadi, ya’ni
KJ oq. = K bq. + K ob. - DT ob.
0 = 40000+600000-640000

Yüklə 53,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə