Schyotlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#135240
  1   2   3   4   5
Schyotlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv Ermatov Doniyor

BAJARDI:ERMATOV D

TEKSHIRDI:PARDAYEVA Z. A.


Schyotlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv

REJA

  • Buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi.Schyotlar to’g’risida tushuncha.
  • Buxgalteriya schyotlari asosida xo’jalik muammolarining hisobga olish tpmoyillari.
  • Schyotlar o’zaro bog’lanishi (koorespondensiya). Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ma’lumotlarni balansda umumlashtirishdagi o’zaro xosligi.
  • Ikki yoqlama yozuv va uning ahamiyati. 

21- sonli BHMS «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya - xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi» 2002 yil 23 oktabrda Adliya vazirligidan ro’yxatdan o’tgan.
Barcha schyotlar yo’nalishi va bajaradigan vazifalariga asosan 3 ta guruhga bo’linadi:
  • aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar;
  • majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
  • kapitalni hisobga oluvchi schyotlar

  • Balansga nisbatan schyotlar aktiv, passiv, kontraktiv, kontrpassiv, tranzit va balansdan tashqari schyotlar guruhiga bo’linadi.
    Schyotlar to’rt xonalik sonlar bilan raqamlashtirilgan.
    O’zbekiston Respublikasida ishlatilayotgan korxona moliyaviy – xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi tavsiya etilayotgan schyotlar rejasidan shakli, tarkibi, shuningdek sanalanishi va joylashish tartibi bo’yicha farq qiladi

Korxonalar schyotlar rejasiga asosan xo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobini yuritish maqsadida o’z ishchi schyotlar rejasini tuzishlari zarur. Bu esa korxona aktivlari va ularning tashkil topish manbalarini hisob registrlarida alohida schyotlarda hisobini olib borish imkonini beradi. Ishchi schyotlar rejasi schyotlarning ko’p yoki kam soniga ega bo’lishi mumkin, lekin shu bilan birgalikda tanlangan schyotlar guruhi korxonaning faoliyati turiga mos ravishda hamma xo’jalik operatsiyalarini hisobga olishni ta’minlashi lozim. Raqamlash tartibi va sanadagi belgilar soni ixtiyoriy, biroq raqamlash egiluvchan bo’lishi va qo’shimcha schyotlarni kiritishga imkon berishi maqsadga muvofiqdir. Mantiqiy raqamlash buxgalteriya hisobini o’zlashtirish va kompyuterlashtirishni osonlashtiradi.
Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo’jalik mablag’lari yoki ularning manbalarining boshlang’ich holati hisobga olinadi, keyingi bo’ladigan joriy o’zgarishlar o’z vaqtida aks ettirib boriladi. Natijada schyotlardan ayrim turdagi aktivlar yoki passivlar to’g’risidagi ma‘lumotlarni istalgan paytda olish mumkin bo’ladi.
Debet “Schyot nomi yoki raqami” Kredit
Tashqi ko’rinishi bo’yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo’lgan jadval shaklida bo’ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi. Ushbu jadvalning chap qismi ―Debet (D-t), o’ng qismi Kredit (K-T) deb ataladi. ―Debet va ―Kredit so’zlari buxgalteriya hisobiga uning rivojlanish davri boshlanishida kiritilgan bo’lib, bu so’zlar
XII asrlarda sotuvchi va bankir o’rtasidagi hisob-kitob hamda kredit munosabatlarini aks ettirgan.
―Debet so’zi lotincha bo’lib ―u qarzdor‖,
―Kredit so’zi esa ishondi degan ma‘noni bildiradi.
Buxgalteriya hisobini milliy andozalarini amalga tatbiq etish va bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko’tarish maqsadida buxgalteriya hisobvaraqlariningyangi rejasi ishlab chiqildi. «Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-viy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» nomli 21-son BХMA O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuni 5-moddasiga binoan ishlab chiqilgan.
Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi asosida xo’jalik muomalalari buxgalteriya hisobvaraqlari ishchi rejasini tuzadilar va u xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatida aks ettiriladi.
Korxonalarda ko’p miqdorda xo’jalik operatsiyalari sodir bo’lib, xo’jalik mablag’lari doimo harakatda bo’ladi. Korxonaga rahbarlik qilish uchun xo’jalik mablag’larining harakati to’g’risida umumlashgan ma‘lumotlarni olish talab qilinadi. Bunday ma‘lumotlarni balans yordamida olish mumkin emas. Shuning uchun bu maqsadda buxgalteriya hisobining schyotlari qo’llaniladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə