Schyotlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv


Oxirgi qoldiq quyidagicha topiladi: So = Sb + Ko – Do Shuni ta‘kidlab o’tish joizki, kontr-aktiv schyotlar xususiyati xuddi passiv schyotlar, kontr-passiv schyotlar xususiyati esa aktiv schyotlar xusu



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#135240
1   2   3   4   5
Schyotlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv Ermatov Doniyor

Oxirgi qoldiq quyidagicha topiladi: So = Sb + Ko – Do Shuni ta‘kidlab o’tish joizki, kontr-aktiv schyotlar xususiyati xuddi passiv schyotlar, kontr-passiv schyotlar xususiyati esa aktiv schyotlar xususiyati kabidir.


Korxonaning xodimlar oldida mehnat haqi yuzasidan 40.000 so‘m qarzi mavjud edi, oy davomida esa 600.000 so‘mlik mehnat haqi yuzasidan majburiyat ko‘paydi. Xodimlar oyligidan ushlangan summalar va to‘langan summalar oy davomida 640.000 so‘mni tashkil etdi.
Demak, oy oxiriga korxonaning xodimlar oldida qarzi qolmadi, ya’ni
KJ oq. = K bq. + K ob. - DT ob.
0 = 40000+600000-640000
Ikki yoqlama yozuv va uning ahamiyati. 
1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Qonun»da O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy prinsiplaridan biri buxgalteriya hisobini ikki yoqlamali usulda yuritish ekanligi aytib o‘tilgan (6- modda).
Xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlamali yozuv tizimini tarixda birinchi kashf etgan olim italiyalik matematik Luka Pacholi 1494 yili «Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risida traktat (ilmiy asar)» chop etib ikkiyoqlama yozuv tizimiga asos soldi. Ikki yoqlama yozuv xar bir xo‘jalik operatsiyasining o‘zaro bog‘liq bo‘lgan schyotlarda qayd etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu bilan operatsiyalar ta’sir etadigan hisob ob’ektlari o‘rtasida o‘zaro aloqa o‘rnatiladi va bu o‘z navbatida, korxonalar xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat qilish va sodir bo‘layotgan jarayon larni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo‘jalik operatsiyalarini ikki marta aks ettirish (ikkiyoqlama yozuv) xo‘jalik mablag‘larining davr aylanish jarayonida qiymat shakllarini almashinishining iqtisodiy tabiati bilan bog‘liqdir. Bu jarayonda har bir operatsiya qiymatning bir shaklidan boshqa shakliga olib keladi. Qiymatning boshlang‘ich va oxirgi shakli ta’minot, ishlab chiqarish operatsiyalarida har doim har xil bo‘ladi. Masalan, ta’minot operatsiyalarida qiymatning dastlabki puldagi shakli ishlab chiqarish zahiralari shakli bilan almashinadi, ishlab chiqarish jarayonida ish lab chiqarish zahiralari o‘z shakllarini mahsulotlar shakliga o‘zgartiradi, sotishuchun tayinlangan xizmatlarni sotish operatsiyalarida, ular o‘z shakllarini yana pul shakliga almashadi. Qiymat shaklining bunday almashinishi har bir jarayonning boshqa operatsiyalariga ham xosdir. SHundan kelib chiqib, maz kur operatsiyada qatnashuvchi qiymatning har bir shaklini, ya’ni operatsiya ning boshlanishidagi ko‘rinishi va uning oxirida namoyon bo‘lgan shaklida hisobga olish zaruriyati yuzaga keladi. 
Har bir xo’jalik operatsiyasi mablag’ning tuzilishida yoki manbaning tuzilishida yoki bir vaqtda ham mablag’da ham manbada bir xil summaga o’zgarishga olib keladi. Bunday o’zgarishlarni qayd qilish uchun buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv usuli qo’llaniladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə