O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

Ikkinchidan,
sud 
ayblanuvchining kelishuvga hech qanday tashqi ta’sirlarsiz, o‘z xohishiga ko‘ra 
rozilik berganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Qoida tariqasida sud ayblanuvchidan 
bu haqda bevosita so‘rashi kerak. Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuvning yakuniy 
xulosaviy ahamiyatga ega bo‘lgan shakli sud tomonidan chiqariladigan ayblov 
hukmi hisoblanadi. Ushbu hukm bilan aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv kuchga 
kiradi.
Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuvlar AQSh harbiy sudlarida keng 
qo‘llaniladi. Harbiy sudlarda qo‘llaniladigan kelishuvlar harbiy sohada sodir etilgan 
jinoyatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Harbiy jinoyatlarga nisbatan tayinlanadigan 
maxsus jazolar ancha farqlanadi, masalan, harbiy xizmatni cheklash 
76
. Katta 
ofitserlarga nisbatan qo‘llaniladigan aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuvda 
jabrlanuvchiga nisbatan yetkazilgan moddiy zararni qoplash va jinoiy sheriklar 
haqida tergov organlariga ma’lumotlarni taqdim etish shartlari aks etadi 
77

Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzishning huquqiy asosi “ AQSh okrug 
sudlaridagi Federal Jinoyat-protsessual qoidalari”dir. Ushbu qoidalar sud aybga 
iqrorlik to‘g‘risida kelishuvni faqatgina ayblanuvchining sodir qilgan qilmishiga o‘z 
xohishi bilan iqror bo‘lganligini emas, balki bu kelishuvning aldash va 
qo‘rqitishlarsiz tuzilganligini tekshirish kabi majburiyat yuklaydi. Bundan tashqari 
sud ayblanuvchining prokuror va himoyachi bilan kelishuv tuzish bo‘yicha 
o‘tkazilgan muzokaralaridan so‘ng haqiqattan ham kelishuv tuzish uchun o‘z 
75
Боботов С.В. Жигачев И.Ю. Введение в правовую систему США. – М.: Изд-во НОРМА, 1997. – С. 187. 
76
Пешков М. А. «Сделка о признании вины» в уголовном процессе США и ее влияние на назначение 
наказания // Проблемы наказания по законодательству России и зарубежных стран. Материалы межвузовской 
научной конференции. М. : Изд-во УДН, 1999. С. 46-60. 
77
Milman J. Major Gets 17½ Years In Iraq Contract Case // Wall Street Journal. December 4. 2009. С 9. 


54 
xohishi bilan iltimosnoma kiritganligini aniqlashi shart. Sudya ayblnuvchining sodir 
qilgan qilmishi haqidagi faktlardan, uning aybini tasdiqlovchi dalillardan qanchalik 
darajada xabardor ekanligiga aniqlik kiritishi shart, aks holda ish umumiy tartibda 
ko‘rib chiqiladi. Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuvning amaliyotda qo‘llanilish 
doirasini tahlil qilar ekanmiz, e’tiborimizni quyidagi normaga qaratamiz: 
“Kelishuvda ayblanuvchi, sudlanuvchiga boshqa jazo turi va miqdori tayinlanishi 
nazarda tutilgan bo‘lsa ham, sudya xohlagan jazo turi va miqdorini tayinlash 
huquqiga ega, agar lozim topsa og‘irroq turdagi jazoni tayinlashi mumkin. Bunday 
holatda ayblanuvchiga aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv uchun kiritgan 
iltimosnomasidan voz kechish huquqi berilishi kerak. Agar sud ayblanuvchiga 
yengilroq turdagi jazoni tayinlamoqchi bo‘lsa, prokurorga aybga iqrorlik to‘g‘risida 
kelishuv tuzishga bergan roziligini bekor qilish huquqi berilishi kerak.
Maxsus tartibdagi sud ish yurituvida ayblanuvchining o‘z aybiga iqrorligi 
uzoq vaqtga cho‘ziladigan sud jarayonlarini keskin soddalashtiradi. Federal 
qoidalarga ko‘ra: “Ayblanuvchi jinoyat ishi materiallari bilan tanishib chiqqandan 
so‘ng sud tergovi o‘tkazilguncha ishni maxsus tartibda ko‘rib chiqish to‘g‘risida
yozma iltimosnoma kiritish huquqiga ega.

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə