O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi


XULOSA VA TAVSIYALAR…………………………………………...…..77-79



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

XULOSA VA TAVSIYALAR…………………………………………...…..77-79 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………….……………80-84 
ILOVALAR...………………………………………………….……………85-109 



Jamiyatda ijtimoiy adolat tamoyilini qaror toptirish 
borasidagi asosiy vazifamiz – bu adolatli qonunlar 
qabul qilishdan dalolat. Qisqacha aytganda, qonun 
adolatli bo‘lsa, u inson huquqlarini amalda himoya 
qilsa, shundagina odamlar qonunni hurmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
KIRISH 
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. 
Hozirgi kunda shaxsning 
huquq va erkinliklarini ta’minlash dunyo hamjamiyatida turgan eng muhim 
masalalardan biridir. Shu asnoda jinoyat protsessida shaxsning huquq va 
erkinliklarini himoya qilishni ta’minlaydigan mexanizmlarning takomillashtirilishi 
alohida ahamiyatga ega. Jinoyat-protsessual va boshqa qonunchilikka borgan sari 
ko‘proq tatbiq etilayotgan hamda o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatayotgan 
liberallashtirish bugungi kunda yanada dolzarb masalalarni ko‘tarishni taqozo 
etmoqda, chunki qonun inson qadriyatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi to‘g‘risidagi 
konstitutsiyaviy talab huquqiy demokratik davlat qurish va adolatli fuqarolik 
jamiyatini shakllantirishning shartlaridan biridir. Jinoyat protsessida aybga iqrorlik 
bo‘yicha kelishuv ana shunday zaruriy institutlardan biri hisoblanadi. Xususan, 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual qonunchiligi sohasida qilinishi kerak 
bo‘lgan islohotlar rejasi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-
protsessual qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasi”da o‘rin egalladi. Ushbu 
Konsepsiyada jinoyat protsessining yangi shakl va tartib-taomillarini joriy etish 
masalalari haqida fikr yuritilib, sudga qadar va sud bosqichida soddalashtirilgan ish 
yuritish tartib-tamoyillarini yanada rivojlantirish, sud-tergov harakatlarining 
innovatsion shakllari va uslublarini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shu 
bilan birga ushbu Konsepsiyadan milliy xususiyatlar va sharoitlarni e’tiborga olgan 



holda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikka ilg‘or xorijiy tajribani 
implementatsiya qilish kabi islohotlar natijasi ham kutilayotgan edi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son 
Farmonining 1-Ilovasi bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi 
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat- 
ijroiya qonunchiligini takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish, jinoiy 
jazolar va ularni ijro etish tizimiga insonparvarlik tamoyilini keng joriy etish 
maqsadini belgilab berdi. Bugungi kunda qonunchiligimiz uchun yangi 
yoʼnalishlardan biri boʼlgan aybga iqrorlik toʼgʼrisidagi kelishuv institutini chuqur 
o‘rganish va uni yanada takomillashtirish huquqshunoslar oldida turgan dolzarb 
masalalardan biridir. 
Haqiqattan ham, sud, tergov, prokuratura organlarida ish hajmi salmog‘i
soddalashtirilgan ish yuritish tartib-tamoyillarini yanada rivojlantirishga juda 
muhtoj. Konsepsiyada o‘rin olgan islohotlar amalda O‘zbekiston Respublikasining 
2021-yil 18-fevraldagi “Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 
675-sonli Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual 
kodeksiga xorij amaliyotida keng qo‘llaniladigan “Aybga iqrorlik to‘g‘risida 
kelishuv” instituti joriy qilinishi bilan o‘z tasdig‘ini topdi. Mamlakatimiz jinoyat-
protsessual qonunchiligi tarixida mutlaqo yangi bo‘lgan, shu bilan birga dunyoning 
ilg‘or mamlakatlarida keng ko‘lamda qo‘llaniladigan ushbu institutning milliy 
qonunchilikka implementatsiya qilinishidan ko‘zlangan maqsad sud bosqichida 
soddalashtirilgan ish yuritish tartib-tamoyillarini yanada rivojlantirish, sud-tergov 
harakatlarining innovatsion shakllari va uslublarini joriy etish edi. Jinoyat-
protsessual qonunchiligimiz uchun aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv mutlaqo yangi 
institut bo‘lganligi sababli mazkur masala yuzasidan xorijiy mamlakatlar tajribasini 
o‘rganish va milliy xususiyatlarimizni hisobga olib, amaldagi aybga iqrorlik 
to‘g‘risida kelishuv institutini yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. 
Qayd etish joizki, aybga iqrorlik – jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan 
davlat organlari bilan gumon qilinuvchi va ayblanuvchi o‘rtasida qo‘yilgan ayblov 



bo‘yicha kelishish yo‘li bilan tayinlanishi lozim bo‘lgan vositadir. Xorijiy davlatlar 
jinoyat protsessida o‘z aybini tan olish bilan aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv 
instituti uzviy bog‘liqdir. Xususan, bu institut AQSH jinoyat protsessining tarkibiy 
qismi bo‘lib, amalda 150 yildan ortiq vaqt mobaynida qo‘llanilib kelmoqda 
1
. O‘z 
navbatida AQSH odil sudlov tajribasida ushbu institutning keng ko‘lamda va uzoq 
vaqt amalda bo‘lganligiga qaramasdan, ayblanuvchining aybi to‘la, har tomonlama, 
xolisona, isbotlangan bo‘lishi kelishuv tuzishning zaruriy shartidir. Yangi 
institutning milliy qonunchiligimizga tatbiq etilganligi ko‘pgina ijobiy natijalarni 
keltirib chiqaradi. Xususan, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv instituti jinoyat-
sudlov ishlarini yuritish jarayonini sezilarli darajada qisqartirishga olib keladi, 
shubhasiz, jinoyat protsessi ishtirokchilarining vaqti, mablag‘i tejalishiga, jamiyatda 
nizolarning sonini kamaytiradigan odil sudlov rivojlanishiga olib keladi 
2
. Shuni 
ta’kidlash joizki, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuvning jinoyat protsessual 
qonunchilikka olib kirilganligining bir qancha ijobiy jihatlari mavjud: 

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə