Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagicha xulosaga kelamiz,
azaldan
aybga
iqrorlik
to‘g‘risida
kelishuvga
gumon
qilinuvchi,
ayblanuvchi,
sudlanuvchining aybi maqbul dalillar bilan isbotlansa, hamda taraflarni tengligi va
tortishuvchanlik prinsipi asosida ish yuritilgan taqdirda erishilgan.
O‘rta asrlarda inkvizitsiya sudi aybga iqrorlikni hal qiluvchi ahamiyatga ega
deb hisoblagan va uni “dalillar qirolichasi” deb atagan.
Endi esa e’tiborimizni aybga iqrorlik va aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv
kabi tushunchalarning asl mohiyatiga qaratamiz. Har qanday so‘z birikmasining
mazmun-mohiyatini anglab olish uchun uni lug‘aviy jihatdan tahlil qilish talab
etiladi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv
tushunchasining so‘z birikmasi shaklidagi umumiy tushunchasi mavjud emas. Lekin
ushbu lug‘atda so‘z birikmasida ishlatilgan so‘zlarning tahlili orqali uning lug‘aviy
maʼnosini bilib olish mumkin. “Аyb” so‘zining lug‘aviy maʼnosi sifatida nuqson,
rasm-qoidaga va odob-axloq meʼyorlariga xilof ish, xatti-harakat, gunoh maʼnolari
keltirilgan. Shuningdek, qonunga xilof xatti-harakat, javobgarlikka tortishning zarur
sharti tushunchasi ham o‘z ifodasini topgan. “Iqror” so‘zining lug‘aviy maʼnosi esa,
“eʼtirof etish, rost deb hisoblash, tan olish, bo‘yniga olish” maʼnolarida tushunilishi
qayd etilgan. “Kelishuv” so‘zining lug‘aviy maʼnosi esa o‘zaro maslahatlashib
bayon etilgan fikr, xulosa, qaror, bitim shartnoma maʼnolarida aks etgan.
Shartnoma – tomonlar (ikki yoki bir necha shaxs) o‘rtasida tuzilgan, ularning
huquq va majburiyatlari qayd etilgan bitimdir. Bitim esa – bu ham o‘zaro kelishuv,
to‘xtam, qaror, taraflar tomonidan rasmiy ravishda tuziluvchi, qabul qilinuvchi
ahdnoma, shartnoma, kontrakt demakdir.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 586
1
-
moddasida “Аybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv jinoyat ishini yuritishni o‘ziga
nisbatan qo‘yilgan gumonga, ayblovga rozi bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol
55
Stojko N.G. Criminal process Western nations and Russia: A Comparative Legal Survey theoretical Anglo-
American and Roman-Germanic legal systems: monograph. SPb., 2006. p 65.
18
ko‘maklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki
ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy
xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlar bo‘yicha
tuziladigan kelishuvidir” - deb aks ettirilgan.
Nazarimizda, qonunning ushbu normasida keltirilgan aybga iqrorlik
toʼgʼrisidagi kelishuv tushunchasida, bir qator noaniqliklar mavjud bo‘lib, ularga
aniqlik kiritish uchun jinoyat protsessi nazariyasida aybga iqrorlik to‘g‘risidagi
kelishuvga doir mavjud taʼriflarga murojaat qilishni lozim deb topdik.
Hozirgi kunga qadar yuridik adabiyotlarda aybga iqrorlik to‘g‘risidagi
kelishuv tushunchasiga oid yakdil fikr mavjud emas. Bu esa ushbu institutning ko‘p
qirrali ekanligidan dalolat beradi.
Mamlakatimiz sud-huquq tizimida ushbu institut (tushuncha) yangi bo‘lishiga
qaramay bir qator amaliyot xodimlari va protsessualist olimlar tomonidan ayrim fikr
va mulohazalar bildirilgan. Xususan, S. Toshniyozov tomonidan, aybga iqrorlik
to‘g‘risidagi kelishuv gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan tergov organiga
bildirilgan taklif boʼlib, taraflarning tengligi roziligi asosida tuzilishini, kelishuv
prokuror hamda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi hamda ularning himoyachisi
tomonidan imzolananishi lozimligini taʼkidlab o‘tilgan.
Yuqorida keltirilgan fikrga yaqin fikr Oliy Majlis Qonunchilik palatasining
Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi aʼzosi D. Oripov
tomonidan keltirilgan bo‘lib, unda “aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv ijtimoiy
xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlar bo‘yicha aybini
bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan,
jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan
gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tomonidan bildirilgan iltimosnomaga asosan
jinoyat ishini yuritishni nazorat qiluvchi prokuror bilan tuziladigan kelishuv
hisoblanishini” ifodalangan.
Ushbu fikrning mantiqiy davomi sifatida Sh. Xomidov gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani
surishtiruv va dastlabki tergovning istalgan bosqichida berishi mumkinligini,
19
kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning
himoyachisi va agar ishda qatnashayotgan bo‘lsa, qonuniy vakili tomonidan
imzolangan bo‘lishi lozim degan fikrni ilgari surgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Ishtixon tumani sudining raisi K. Pansatov esa, aybga
iqrorlik to‘g‘risida kelishuv jinoyat ishini yuritishni o‘ziga nisbatan qo‘yilgan
gumonga, ayblovga rozi boʼlgan, jinoyatning ochilishiga faol ko‘maklashgan va
keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining
iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy xavfi katta
bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlar bo‘yicha tuziladigan kelishuv
sanalishini taʼkidlab o‘tgan. G‘.Abdumajidovning fikricha, aybga iqrorlikning asl
mohiyati – o‘z xohishi bilan boshqaning foydasiga amal qiluvchi va ayblovchi
haqiqatni oshkora tasdiqlash, unutilgan yoki inkor qilinayotgan voqelikni tan
olishdan iborat
56
. Z.F.Inog‘omjonovaning fikricha, “aybga iqrorlik” – sudya bilan
ayblovchi o‘rtasida qo‘yilgan ayblov bo‘yicha kelishish yo‘li tayinlanishi lozim
bo‘lgan jazodir
57
. D.Nurumovning fikricha, “Jinoyat protsessida aybga iqrorlik –
shaxsning o‘zi sodir etgan jinoyati to‘g‘risida u shu jinoyatni sodir etishda gumon
qilinmasdan va unga ayblov e’lon etilmasdan oldin o‘z qilmishidan pushaymon
bo‘lib, o‘z aybini bo‘yniga olishdir”
58
. Xorijiy mamlakatlar olimlarining fikrlariga
o‘z eʼtiborimizni qaratadigan bo‘lsak, ayrim olimlar, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi
kelishuvni jinoiy javobgarlikdan himoya qilmaydigan faqatgina jinoiy jazoni
yengillashtirish uchungina asos boʼlib xizmat qilishini taʼkidlashgan boʼlsa,
Y.V.Loshkobanov tomonidan esa aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvni bir
tomonlama bitim sifatida baholanib gumon qilinuvchi, ayblanuvchining
majburiyatlari
ixtiyoriy
tusda,
ikkinchi
tomonda
turgan
prokurorning
majburiyatlarini esa jinoyat-protsessual qonunida alohida hollarda yuzaga kelishini
eʼtirof etgan.
56
Абдумажидов Ғ. Иқрорликнинг моҳияти ва оқибатлари // Айбига иқрорлик тўғрисидаги битим институти
хусусиятлари: халқаро тажриба. – Т.: NAFIS BEZAK, 2011. – Б. 14.
57
Иноғомжонова З.Ф. Жиноят процессини соддалаштиришда айбига иқрорлик институтининг аҳамияти. //
Айбига иқрорлик тўғрисидаги битим институти хусусиятлари: халқаро тажриба. – Т.: NAFIS BEZAK, 2011.
– Б. 96
58
Nurumov D.D. Jinoyat ishlarining soddalashtirilgan tartibi sifatida aybiga iqrorlik bitimi. Monografiya. – T.:
TDYU, 2018. – B. 12.
20
Yuqorida keltirilgan fikrda aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bir
tomonlama ekanligi to‘g‘risidagi fikr bildirilgan bo‘lib, bizning nazarimizda aybga
iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvdan har ikkala taraf manfaatdor bo‘lishi lozim.
Xususan, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi o‘ziga nisbatan yengilroq jazo
tayinlanishidan manfaatdor bo‘lsa, jinoyat ishini yuritishga masʼul bo‘lgan davlat
organlari va mansabdor shaxslar jinoyatlarning tez va issiq izidan ochilishiga, kuch
va vositalarning tejalishiga hamda ish hajmining kamayishiga erishadilar.
V.V. Kolesnikning fikriga ko‘ra, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvning
asosiy xususiyati va negizi garchi teng bo‘lmagan (subyektlar) sharoitlarda bo‘lsa
ham teng huquqli subyektlarning bitimlari sifatida tushunilishi lozim ekanligini
bildirgan.
N.А. Dudina esa, mazkur tushunchaga “aybga iqrorlik to‘g‘risidagi
kelishuvda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tomonidan chin ko‘ngildan
pushaymonlik, tavba qilish aybga iqrorlik insitutining moddiy-huquqiy asosi
hisoblanishini, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvning o‘zi fuqarolik-huquqiy
tabiatga ega emasligini, balki huquqni qo‘llash shakllaridan birini taʼminlovchi
hujjatning bir turi sifatida namoyon bo‘lishini keltirib o‘tgan.
K.F. Bagautdinov o‘zining ilmiy izlanishlarida, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi
kelishuv bu taraflar o‘rtasida ixtiyoriy ravishda tuziladigan shartnoma boʼlib,
prokurorga aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv tuzishni majburiyat sifatida
yuklashning mumkin emasligi, prokurorning kelishuv tuzishni rad etishi adolatga
erishishga to‘sqinlik qilmasligi, va protsess ishtirokchilarining huquq va
erkinliklarini cheklamasligi, shu boisdan ham sudlar tomonidan prokurorning qarori
ustidan berilgan shikoyatni ko‘rib chiqishida rad qilish qarorining asosli ekanligini
muhokama qilmasdan qaror tegishli shaxs tomonidan o‘z vakolatlari doirasida
chiqarilganligiga xulosa qilishi, fuqaroviy-huquqiy shartnomalardan farqli o‘laroq
sudga qadar hamkorlik qilish haqidagi kelishuvda jamoatchilik ustunlikka ega
bo‘lishi, kelishuvning o‘ziga xosligi, unda jamoatchilik va shaxsiy manfaatlar bir-
biriga qarama-qarshi kelgan hollarda, jamoatchilikning manfaatlari inobatga olingan
holda ish hal etilishi taʼkidlab o‘tilgan.
21
Yuqoridagi bildirilgan K.F. Bagautdinovning fikriga qo‘shilgan holda, aybga
iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvda prokuror jinoyat-protsessual qonunida ko‘rsatilgan
kelishuvning barcha shartlari va xususiyatlarini tushuntiradi va qo‘llaydi. Biroq
kelishuvning o‘zida prokurorga nisbatan qaysidir majburiyatlarni bajarishni
zimmasiga yuklashni qayd etish mumkin emas. Sababi, sudga borib vaziyat
batamom o‘zgarishi va kelishuvdagi qoidani shartni qo‘llashning iloji bo‘lmay
qolishi mumkin.
Y.L. Fedosyeva ham ishni sudga qadar yuritish bosqichida aybga iqrorlik
to‘g‘risidagi kelishuv aslida kelishuv emas, balki ishtirokchilar tomonidan
majburiyatlarni bajarish nuqtai-nazaridan bir tomonlama xarakterga ega bo‘lgan,
gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining tergovga ko‘maklashish to‘g‘risidagi
prokurorga bildirilgan roziligi deb o‘zining fikrlarini bildirib o‘tgan.
O.V. Klimanovaning fikricha, prokuror masʼuliyatni oʼz zimmasiga olgan
holda, ayblanuvchining kelishuv shartlarini bajarishi ijobiy oqibatlarga olib kelishini
va jinoyat-protsessual qonun normalariga muvofiq kelishuv shartlari toʼliq
bajarilishini kafolatlashga qodir.
Yana bir olim O.Y. Bayev sudga qadar hamkorlik qilish haqidagi kelishuvda
gumon qilinuvchi ayblanuvchiga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasini bekor qilish
yoki yengilrog‘iga o‘zgartirish taklifini ayblovning majburiyati sifatida kiritishni
taklif qiladi .
O.N. Tisenning taʼkidlashicha, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bu gumon
qilinuvchi ayblanuvchi o‘z ixtiyori bilan jinoiy sheriklarini fosh qilish majburiyatini
olishi va evaziga o‘z qilmishi uchun jazo muddatini sezilarli darajada kamaytirishga
erishadi. Bizningcha, yuqorida keltirilgan fikrlarda olimlar aybga iqrorlik
institutining tarkibiy tuzilishiga tegishli jarayonlarni aks ettirgan bo‘lsa-da, ushbu
fikrlar bugungi kundagi ushbu institutning mohiyati va tushunchasini to‘liq ochib
bermaydi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarning xilma-xilligi, adabiyotlar va internet
saytlarida bunday fikrlarning keng tarqalganiga qaramay hanuzgacha aybga iqrorlik
to‘g‘risida aniq tushunchaning mavjud emasligini ko‘rishimiz mumkin. Chunki,
22
aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv instituti mamlakatimiz jinoyat-protsessual
qonunchiligida yangi institut bo‘lib, xorijiy mamlakatlarning qonunchiligida mavjud
bo‘lgan institutlardan farq qiladi. Eng achinarlisi, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi
kelishuv instituti amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligida o‘z aksini topgan
bo‘lsa-da, uning amalga oshirish mexanizmi bo‘yicha normalarning yetarli darajada
tartibga solinmaganligi sud-tergov amaliyotida bir qator muammolarning kelib
chiqishiga, buning natijasida esa ushbu institutning qo‘llanilmaslik holatlarining
vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Yuqorida bildirilgan fikrlarning chuqur tahlili esa aybga iqrorlik to‘g‘risidagi
kelishuvga nisbatan quyidagi mazmundagi mualliflik taʼrifini ishlab chiqish
imkonini berdi:
Аybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv bu – surishtiruv va dastlabki tergovning
istalgan vaqtida o‘ziga nisbatan qo‘yilgan gumon yohud ayblovni tan olgan,
qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatni ochilishiga faol
ko‘maklashgan va yetkazilgan zararni to‘liq qoplagan gumon qilinuvchi va
ayblanuvchining iltimosiga asosan jinoyatlar bo‘yicha prokuror bilan tuziladigan
ixtiyoriy shakldagi kelishuvdir.
Dostları ilə paylaş: |