O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi


Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: 
1.
 
kelishuv tuzilgan sana va joy; 
2.
 
kelishuv tuzayotgan prokuror to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
3.
 
kelishuv tuzayotgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining familiyasi, ismi 
va otasining ismi, boshqa ma’lumotlari, himoyachi haqidagi ma’lumotlar; 


34 
4.
 
jinoyat sodir etilgan joy va vaqtning, shuningdek isbotlanishi lozim bo‘lgan 
boshqa holatlarning tavsifi; 
5.
 
Jinoyat kodeksining mazkur jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 
moddasi, qismi, bandi; 
6.
 
gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazoni 
yengillashtiruvchi holatlar, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan 
jinoyatlar bo‘yicha jazo tayinlash tartibi; 
7.
 
sodir etilgan jinoyatni fosh etish, jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni taqdim etish, 
jinoiy yo‘l bilan orttirilgan mol-mulkni aniqlash bo‘yicha gumon qilinuvchi, 
ayblanuvchi kelishuv imzolanganidan keyin bajarishni o‘z zimmasiga 
oladigan harakatlar; 
8.
 
yetkazilgan zararning miqdori va uning o‘rni qoplanishi; 
9.
 
ushbu Kodeks 586
3
-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan 
shartlarni bajarmaganlik oqibatlari. 
Lekin shunisi e’tiborliki, agar ish bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi 
sifatida bir necha shaxs jalb etilgan bo‘lsa, aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv har 
bir gumon qilinuvchi, ayblanuvchi bilan alohida-alohida tuziladi. Kelishuv prokuror, 
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi tomonidan imzolanadi. Kelishuv 
imzolanguniga qadar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuv tuzish masalasini va 
uning oqibatlarini himoyachi bilan xoli qolib va maxfiy holda muhokama qilish 
huquqiga ega. 
Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzishda himoyachining ishtiroki JPK 51-
moddasiga ko‘ra majburiy hisoblanadi. Himoyachi ishtirokining majburiyligi 
gumon qilinuvchi va ayblanuvchining huquq va manfaatlarining qonun doirasida 
himoya qilinishining kafolati hisoblanadi. Himoyachi aybga iqrorlik to‘g‘risida 
kelishuv tuzishda gumon qilinuvchi va ayblanuvchi uchun ushbu kelishuvning 
tuzilishi uning uchun qanday ijobiy va salbiy oqibatlar olib kelishi mumkinligi 
haqidagi maslahatlarni berib borishi mumkin.


35 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsesual kodeksining 586
6
-moddasiga ko‘ra:
“Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv imzolanganidan keyin ish bo‘yicha tergov va 
boshqa protsessual harakatlar o‘tkazish zarurati mavjud bo‘lmagan taqdirda 
prokuror ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, ishni zudlik bilan 
sudga yuboradi. Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv imzolanganidan keyin tergov va 
boshqa protsessual harakatlar o‘tkazish zarurati mavjud bo‘lgan taqdirda, prokuror 
ishni surishtiruv yoki tergov organiga yuboradi. Surishtiruvchi, tergovchi gumon 
qilinuvchining, ayblanuvchining aybini tasdiqlash uchun yetarli hajmda dalillarni 
to‘playdi. Agar ishni sudga qadar yuritish jarayonida jinoyatning aybga iqrorlik 
to‘g‘risidagi kelishuvda nazarda tutilmagan boshqa holatlari aniqlansa, kelishuv o‘z 
kuchini yo‘qotadi. Bunda aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzishni istisno 
etadigan holatlar aniqlangan taqdirda, jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritish umumiy 
tartibda olib boriladi. Agar aniqlangan holatlar aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv 
tuzishni 
istisno 
etmasa, 
kelishuv 
ushbu 
Kodeksning 586
2
 —586
4
-
moddalarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda qayta ko‘rib chiqilishi 
mumkin. Gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining aybini tasdiqlash uchun 
dalillar to‘planganidan keyin surishtiruvchi, tergovchi ishni prokurorga taqdim 
etadi. Prokuror jinoyat ishi materiallarini besh sutka ichida ko‘rib chiqib, ayblov 
xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, ishni aybga iqrorlik to‘g‘risidagi 
kelishuv bilan birga sudga yuboradi. Agar ish bo‘yicha gumon qilinuvchi, 
ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaxs jalb qilingan bo‘lsa va 
ularning barchasi bilan ham aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilmagan bo‘lsa, 
o‘zi bilan kelishuv tuzilmagan gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga taalluqli 
materiallar ajratiladi va ular bo‘yicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etgan 
holda amalga oshiriladi, bu haqda kelishuvda ko‘rsatiladi”. 
Endi esa e’tiborimizni xorij amaliyotiga qaratamiz. Amerikalik yurist Donald 
Nyuman “aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv”ni prokuror va ayblanuvchi o‘rtasida 
o‘tkazilgan muzokaralardan keyingi ayblanuvchining arizasi deb hisoblaydi. Ushbu 
muzokaralarda ayblanuvchi prokuror tomonidan beriladigan kafolatlar, xususan, 


36 
ayblovning hajmini kamaytirish, hukm chiqarishda jazoni yengillashtirish evaziga 
sodir qilgan jinoyatiga iqror bo‘ladi, sud ham hukm chiqarishda iloji boricha o‘z 
vakolatlaridan maksimal darajada foydalanib sudlanuvchiga yengilroq jazo 
tayinlash yoki og‘ir jazoni boshqa yengilroq turdagi jazoga almashtiradi
61
.
Yuqoridagi tartib-taomilning shakliy natijasi sudning buyrug‘i hisoblanadi. 
Sud buyrug‘ida ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan aybga iqrorlik bo‘yicha 
berilgan ariza ularning o‘z xohishi bilan berilganligi, unga nisbatan qo‘yilgan barcha 
ayblov mohiyatiga to‘liq tushungan va ularning qanday oqibatlar keltirib chiqarishi 
haqida vakolatli organlar tomonidan ogohlantirilganligi sudning buyrug‘i bilan 
ushbu kelishuv kuchga kirishi haqidagi ma’lumotlar bo‘ladi.
AQShda jabrlanuvchi, ayblanuvchi prokuror bilan aybga iqrorlik to‘g‘risida 
kelishuv tuzishida juda katta ahamiyatga ega protsess ishtirokchisi hisoblanadi. 
AQSh jinoyat protsessida aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv avtomatik tarzda 
ayblov hukmi chiqarishiga asos bo‘ladi va himoyachi tomonidan taqdim etilgan 
dalillar va sud ekspertizasi natijalari inobatga olinmaydi. Bundan tashqari, 
keyinchalik sudlanuvchining aybiga iqror bo‘lishi uning hukm ustidan shikoyat 
qilish va hatto jazoni belgilash huquqlarining doirasiga bevosita ta’sir qiladi. 
Ayblanuvchi bilan aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuvni muhokama qilishdan oldin 
prokuror jabrlanuvchi bilan bir qancha masalalarni aniqlashtirib oladi. O‘z amaliy 
tajribasidan kelib chiqqan holda prokuror jabrlanuvchiga ayblovning kuchli va zaif 
tomonlarini tushuntirib o‘tadi hamda protsessning davomiyligi haqida o‘z taxminiy 
fikrlarini ham aytib o‘tadi. Jabrlanuvchi ayblanuvchi bilan aybiga iqrorligi yoki iqror 
emasligi to‘g‘risida yakuniy qarorni qabul qilmasa ham, prokurorning qarori 
jabrlanuvchining xohish-istaklariga mos kelishi amaliyotda yaxshi natijalarga olib 
keladi deb hisoblanadi 
62
.
Dastlabki tergov organlari kelishuv predmetini yaratishga va natijada 
ayblanuvchini ayblovning bir qismini rad etish bilan bog‘liq shartlarni qabul qilib, 
61
http://www.pravo.vuzlib.su/book_z652_page_18.html 
62
Курдова А.В. Практика применения ускоренного порядка рассмотрения уголовных дел судом в УПК РА 
(сравнительно-правовой анализ с законодательствами ряда европейских стран СНГ, США). Ереван 
(Армения). 2009. С 43. 


37 
o‘z aybini tan olishga ishontirishga harakat qiladi. O.V.Yevstegneyevaning fikricha: 
“AQSh huquqiy tizimi ayblanuvchiga nisbatan haddan tashqari erkinlik beradi
bundan tashqari, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzishda ayblov doirasini 
o‘zgartirishga bo‘lgan mustaqillikni nazarda tutadi 
63


Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə