O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi


Bugungi kunda sud amaliyotida bu boradagi normalar keng qo‘llanilib



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

Bugungi kunda sud amaliyotida bu boradagi normalar keng qo‘llanilib,
jinoyat sodir etgan shaxslarga qonunchiligimizning rag‘batlantiruvchi normalarini 
qo‘llashga sabab bo‘lmoqda. Masalan, Sudlanuvchi B.X. – xavfli retsidivist bo‘lgan 
holda, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulklarini qo‘lga kiritish maqsadida, 2020-
yil fevral oyida Samarqand tumani, “Gulobod” mahallasida yashovchi Xolov А.ning 
tadbirkorlik qilish maqsadida, yer maydoniolmoqchi ekanligidan xabardor boʼlib, u 
bilan tanishib, unga o‘ziga tegishli bo‘lmagan, yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli 
ekanligini aytib, unga ushbu yerdan 10 gektar maydonini nomiga rasmiylashtirib 
berish, yer maydoniga elektr toki o‘tkazishga yordamlashish hamda shu yerga 
qurilishi lozim bo‘lgan inshootiga arzon narxlarda qurilish materiallari olib berishni 
vaʼda qilib, uni aldab, ishonchiga kirib, 2020-yil fevral oyidan 2021-yil fevral oyiga 
qadar boʼlgan vaqt davomida 200.070.000 (ikki yuz million yetmish ming) so‘mga 
teng bo‘lgan 19.000 АQSh dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga 
kiritib, muayyan huquq beradigan, rasmiy hujjat hisoblangan – tuman hokimining 
18.12.2019-yildagi 8741-Q-sonli qarorini, «Kenagas» mahallasining 14.10.2020 
yildagi dalolatnomasini hamda sanasi ko‘rsatilmagan, tumanda yuridik va jismoniy 
shaxslarga tegishli ko‘chmas mulklarni xatlovdan o‘tkazish yuzasidan tuzilgan 
ishchi guruhning 1-sonli yig‘ilish bayonini qalbakilashtirib va qalbaki hujjatni 
taqdim qilib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib 
yuborgan. Sud tomonidan sudlanuvchi B.X.ning 1-1416-2101/000-sonli jinoyat ishi 
bo‘yicha aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvi tasdiqlangan. B.X. JKning 228-
moddasi 3-qismi bilan oqlanib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-


29 
qismi «a» bandi va 228-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilgan. JKning 168-
moddasi 4-qismi «a» bandi bilan, JKning 57
2
-moddasini qo‘llab, bazaviy hisoblash 
miqdorining 200 (ikki yuz) baravari miqdorida, yaʼni 44.600.000 (qirq toʼrt million 
olti yuz ming) so‘m jarima jazosi tayinlanib, davlat daromadiga undirish belgilangan 
va JKning 228-moddasi 1-qismi bilan har oylik ish haqining 20 foizi miqdorini 
davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 (bir) yil axloq tuzatish ishlari jazosi 
tayinlangan. O‘zbekiston Respublikasi JKning 59-,61-moddalariga asosan jinoyatlar 
majmui bo‘yicha jazolarni to‘liq qo‘shish yo‘li bilan, uzil-kesil o‘tash uchun bazaviy 
hisoblash miqdorining 200 (ikki yuz) baravari miqdorida, yaʼni 44.600.000 (qirq 
toʼrt million olti yuz ming) so‘m jarima jazosi hamda har oylik ish haqining 20 foizi 
miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 (bir) yil axloq tuzatish 
ishlari jazosi tayinlangan. 
Yuqoridagi misoldan ko‘rinadiki, ish bo‘yicha JK 168-moddaning 4-qismiga 
ko‘ra, B.X.ga eng ko‘p jazoning yarmidan (600 baravar) oshmagan holda jazo 
tayinlangan. Аlbatta, bu institutni nazarimizda o‘ziga xos kamchiliklari bor. Chunki 
aybiga iqrorlik bo‘yicha kelishuv tasdiqlash masalasi sudga havola qilinganligiga 
qaramasdan tergovdagi qonunga zid holatlarni, «xususan, aybini bo‘yniga oldirish» 
kabi salbiy holatlarni oldini olish maqsadida video tasvirlarga olinishi, shuningdek 
JPKga sud har bitta holat bo‘yicha kelishuv aynan gumon qilinuvchi
ayblanuvchining o‘z-xohish irodasi bo‘yicha tuzilganligiga alohida ahamiyat 
berishni nazarda tutadigan qoidalarni mustahkamlash zarur deb hisoblaymiz. 

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə