O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi


Yuqoridagi moddani sharhlaydigan bo‘lsak



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

Yuqoridagi moddani sharhlaydigan bo‘lsak,
agar holat bo‘yicha tibbiy 
yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash uchun asoslar mavjud bo‘lsa va shaxs 
tomonidan bir necha jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib ularning aqalli birortasi o‘ta og‘ir 
jinoyat bo‘lsa, ushbu holatda aybga iqrorlik bo‘yicha kelishuv tuzishga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 586
2
-moddasiga 
ko‘ra: “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish 
haqidagi iltimosnomani surishtiruvning va dastlabki tergovning istalgan bosqichida 
berishi mumkin. Kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma gumon qilinuvchi
ayblanuvchi, uning himoyachisi va agar ishda qatnashayotgan bo‘lsa, qonuniy vakili 
tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim. Iltimosnomada gumon qilinuvchi, 
ayblanuvchi surishtiruv va dastlabki tergovda qo‘yilgan gumonni yoki ayblovni tan 
olishi, dalillarni inkor qilmasligi, jinoyatni tergov qilishga ko‘maklashishi, jinoyat 
natijasida olingan mol-mulkning topilishi uchun qaysi harakatlarni amalga oshirish 
shartligini, jinoyatga aloqador boshqa axborotni taqdim etishga doir majburiyatlarini 
hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar bartaraf etilganligini ko‘rsatadi. Kelishuv 
tuzish haqidagi iltimosnomada gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan 
bajariladigan va jinoyatni fosh etish uchun ko‘maklashadigan muayyan harakatlar 
ham ko‘rsatilishi mumkin”.
Yuqoridagi normadan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki
aybga 
iqrorlik bo‘yicha kelishuv tuzishda himoyachi markaziy figuralardan biri bo‘lib, 


28 
uning kelishuv tuzishda ishtirok etishi shart bo‘lgan holatlar sirasiga kiradi. Aybga 
iqrorlik bo‘yicha kelishuv tuzish haqidagi berilgan iltimosnomaning himoyachi 
tomonidan imzolanishi shartligi gumon qilinuvchi va ayblanuvchining huquq va 
manfaatlarining qonun bilan ham himoya ostiga olinganligidan dalolat beradi. 
Iltimosnomada gumon qilinuvchi va ayblanuvchining qanday huquqlarga ega 
ekanligi, bundan tashqari gumon qilinuvchi va ayblanuvchining zimmasiga qanday 
majburiyatlar yuklatilishi haqidagi shartlar ham aks etadi.

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə