O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2020 -yil 30 -apreldagi 10-son qaroriga ilova


-bob. Statistika hisobotlarini to‘liq yig‘ilishini nazorat qilish jarayonida Qo‘mita bo‘linmalarining o‘zaro hamkorligini tashkil etish



Yüklə 52,21 Kb.
səhifə4/6
tarix19.12.2023
ölçüsü52,21 Kb.
#153589
1   2   3   4   5   6
10-qaror uz 24 05 22

4-bob. Statistika hisobotlarini to‘liq yig‘ilishini nazorat qilish jarayonida Qo‘mita bo‘linmalarining o‘zaro hamkorligini tashkil etish
23. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi statistika hisoboti shaklini taqdim etish muddati tugaganidan keyingi ish kunida, avtomatik tartibda kelib tushgan elektron hisobotlar sonini hududlar kesimida aniqlaydi va tarmoq boshqarmasiga taqdim qiladi.
24. Tarmoq boshqarmasi:
bir kun muddatda, maqsadli jamlanmani kelib tushgan elektron hisobotlar soni bilan solishtiradi. Solishtirish natijalariga ko‘ra, maqsadli jamlanmaga kiritilgan hisobot topshirmagan tashkilotlar ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda Hisobot topshirmaganlar ro‘yxati) shakllantiradi va Statistika registrlarini yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boshqarmasi bilan birgalikda Hisobot topshirmaganlar ro‘yxatiga kiritilgan tashkilotlarning faollik holatiga aniqlik kiritadi. Aniqlik kiritish natijasiga ko‘ra Hisobot topshirmaganlarning to‘g‘rilangan ro‘yxatini tayyorlab, hududiy statistika organlariga yetkazadi;
Davlat statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturida umumlashtirilgan ma’lumotni tayyorlash bo‘yicha o‘rnatilgan muddatgacha, hududiy statistika organlari tomonidan Hisobot topshirmaganlarning to‘g‘rilangan ro‘yxatiga kiritilgan sub’ektlardan hisobotlarni qabul qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
hisobot yili boshidan miqdoriy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, lekin joriy davr uchun hisobotni shakllantirish vaqtida faoliyat ko‘rsatmayotgan yoki tugatilgan tashkilotlarning hisobot ma’lumotlarini yig‘ma ko‘rsatkichlarga kiritilishini ta’minlaydi;
har bir statistika hisoboti shaklini taqdim etish muddati tugaganidan keyingi ikkinchi ish kunidan boshlab, Statistika ishlarini ishlab chiqarish dasturida tegishli statistika hisoboti ma’lumotlarini qayta ishlash uchun Qo‘mitaga belgilangan muddat tugagunga qadar, har kuni ushbu hisobot shakli bo‘yicha hisobot taqdim etmagan tashkilotlar holati to‘g‘risida
2-ilovaga muvofiq elektron shaklda tahliliy ma’lumotni tayyorlab, mutasaddi Rais o‘rinbosari va Qo‘mita raisiga taqdim etib boradi.

25. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish


va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi, statistika hisoboti shaklini taqdim etish muddati tugaganidan keyingi ish kunidan boshlab, har kuni, 3-ilovaga muvofiq har bir statistika hisoboti shakli bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ishning to‘liqligini ta’minlash holati to‘g‘risida hududlar kesimidagi ma’lumotni shakllantirib, mutasaddi Rais o‘rinbosari va Qo‘mita raisiga taqdim etib boradi.
26. Hududiy statistika organlari statistika hisobotini o‘z muddatida taqdim etmagan sub’ektlarga ma’muriy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Bunda tadbirkorlik sub’ektlariga ogohlantirish xatlari orqali hisobotni taqdim etish uchun 30 kun muddat beriladi. Ushbu muddatda statistika hisoboti taqdim etmagan etilmagan taqdirda tadbirkorlik sub’ektiga chaqiruv xati yuborilib, ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasi rasmiylashtiriladi.
Boshqa sub’ektlarga esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqiruv xatlari yuborilib, ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasi rasmiylashtiriladi.

Yüklə 52,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə