O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti


O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə46/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   91
Majmua-2023 tarix

O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi.


Davlat ramzlari haqida so`z ketganda, avvalo, uning tushunchasini aniqlashtirish lozim. Umuman, davlat ramzlari tushunchasi huquqiy adabiyotlarda turlicha ta’riflanadi. Masalan, yuridik lug`atlarda quyidagicha ta’rif berilgan: Davlat ramzlari – Konstituttsiya yoki alohida qonun bilan mustahkamlangan maxsus, odatda, tarixiy shakllangan, o`ziga xosligini ifodalovchi, ba’zan, shuningdek, ma’lum bir g`oyaviy ma’noni ifodalaydigan belgilaridir. Odatda, davlat ramzlariga davlat bayrog`i, davlat gerbi, davlat madhiyasi, davlat ranglari, davlat boshlig`i shtandarti, davlat muhri, davlat shiori kiradi. Ba’zida ayrim Konstituttsiyalar davlat ramzlariga bayram kunlarini ham qo`shadilar (Qarang: Simvoli gosudarstvenniye // Bolьshoy yuridicheskiy slovar / Pod red. A.Y.Suxareva, V.D.Zorkina, V.Ye.Krutskix. –Moskva, 1999. –623-624-b.). Shuningdek, mamlakatimizda 1998 yilda chop etilgan ilmiy-ommabop lug`atda Davlat ramzlari – davlat mustaqilligini shartli ravishda belgilovchi tashqi belgi, nishona yoki timsollardir, bular muayyan davlatning bayrog`i, gerbi, milliy valyutasi va madhiyasi. Ular mazkur davlatning tuzumini, xalqning tabiat-mentalitetini, iqtisodiy asoslarini va boshqa muhim belgilarini anglatadi, - deb ta’riflanadi (Qarang: Davlat ramzlari // Mustaqillik ilmiy-ommabop lug`at. –T.: 1998. – 45 b.).
Har qanday mustaqil davlat singari O`zbekiston Respublikasi ham o`z oliy davlat hokimiyati tomonidan belgilangan va Asosiy Qonun – Konstituttsiyaning 5-moddasida mustahkamlangan davlat ramzlari – Bayrog`i, Gerbi va Madhiyasiga ega. Davlat ramzlarining mavjudligi O`zbekistonning amalda mustaqilligini yaqqol tasdiqlaydi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i, gerbi va madhiyasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi jarayoni ikki yarim yil davom etdi. Davlat bayrog`i, gerbi va madhiyasini qabul qilish yuzasidan Konstituttsiyaviy komissiya tuzilib, uning tomonidan tayyorlangan loyihalar umumxalq muhokamasidan o`tkazildi. Bunda, ayniqsa, Prezident I.A.Karimovning umumxalq muhokamasi davomida tushgan takliflarni umumlashtirib, davlat bayrog`idagi uchta asosiy ranglarni – moviy, oq va yashil yo`llarni o`z qo`li bilan chizib komissiyaga taqdim etganligini va bu O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining qabul qilinishida asos bo`lganligini ta’kidlash joiz. O`zbekistonning davlat ramzlari muqaddas bo`lib, ularni hurmat qilish, qonunda belgilangan tartibda e’zozlash hamda ulardan faxrlanish mamlakatimiz har bir fuqarosining insoniy va fuqarolik burchidir. Zero, davlat ramzlarini har qanday yo`l bilan kamsitish, tahqirlash, qadr-qimmatini pastga urish uchun qonunda tegishlicha javobgarliklar nazarda tutilgan.
Davlat ramzlarining davlat hayotida tutgan o`rni va ahamiyatini to`laroq tushunib olish uchun, avvalo, ularning mohiyatini, nima uchun zarurligini bilib olish kerak. Davlat ramzlari orasida Davlat bayrog`i salmoqli o`rin tutadi. Chunki u ko`zga yaqqol tashlanib, boshqa ramzlardan hajmi, tasviri, keng foydalanilishi va boshqa jihatlari bilan alohida ajralib turadi. Davlat bayrog`i – tasviri qonun tomonidan (ko`pincha Konstituttsiya bilan) o`rnatiladigan, biror davlatni boshqa davlatlardan farqlovchi rasmiy belgisi, nishoni. U davlat mustaqilligi, suvereniteti ramzi hisoblanadi. Davlat bayroqlari, ularning rangi, tuzilishi va emblemalari o`zboshimchalik bilan, ixtiyoriy sur’atda belgilanmaydi. Ular qonun bilan belgilanadi va ma’lum ramziy ahamiyatga ega bo`ladi.
Davlat bayrog`i, odatda, har qanday suveren mamlakatning davlat muassasalari, elchixonalari, konsulliklari, missiyalari, bojxonalari va shu kabi idoralarning binosida ko`tariladi. Elchixonalar, missiyalar, konsulliklar milliy bayramlari kuni o`z davlatining bayrog`ini osib qo`yadilar. Davlat bayroqlari, shuningdek, xalqaro konferensiyalar ochilishida, rasmiy marosim-uchrashuvlar vaqtida, xalqaro sport sovrinlari berilayotgan vaqtda va hokazo holatlarda ham ko`tariladi.
Davlatimiz bayrog`i muqaddas va daxlsizdir, u davlatimiz mustaqilligining ramziy belgisidir. Mustaqil O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdiqlangan. Ushbu qonunga 1992, 1999, 2004 va 2010 yillarda qator qo`shimcha va o`zgartishlar kiritildi.
O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo`lgan g`oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo`lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o`zligini ham aks ettiradi.
Bayroqdagi moviy rang mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviy rang Sharqda azaldan qadrlanadi, o`z vaqtida buyuk Amir Temur ham o`z bayrog`iga bu rangni tanlagan.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə