O‘zbekiston respublikasi fan,TA‘lim va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona politexnika instituti


O`zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonuni



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə48/91
tarix28.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124471
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91
Majmua-2023 tarix

O`zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonuni.
Konstituttsiya eng oliy qonun sifatida O`zbekistonning mustaqilligi va suveren huquqlarini mustahkamlash va amalda ta’minlashning huquqiy negizi bo`lib xizmat qiluvchi hujjat hisoblanadi. Respublikaning jamiyat va davlat qurilishi, uning iqtisodiy va siyosiy tizimining asosiy tartib - qoidalari, fuqarolarning huquq, erkinlik va burchlari, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishi, davlatning ichki va tashqi siyosati masalalariga oid barcha vazifalar Konstituttsiyada o`z ifodasini topgan. Konstituttsiya O`zbekistonni mustaqil davlat maqomiga ega bo`lishiga qonuniy asos soldi. O`z ona vatanining mustaqil davlat bo`lishi va bunga erishish uchun asrlar davomida iztirob chekib, muntazam kurashib kelgan O`zbekiston xalqi o`z maqsadiga erishdi, o`z davlatchiligiga o`zi ega bo`ldi.
Konstituttsiya – davlatning Asosiy Qonuni bo`lib, shaxs, jamiyat va davlat o`rtasida vujudga keladigan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, oliy yuridik maqomga ega normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu jihatdan Konstituttsiya o`z mazmun - mohiyatiga ko`ra jamiyat va davlatning rivojlanish qonuniyatlarini o`zida namoyon etadi.
O`zbekiston Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bo`lib o`tgan ikkinchi sessiyasida qabul qilingan qaroriga asosan, respublika Prezidenti I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstituttsiya komissiyasi tuzildi. Komissiya tarkibiga davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining taniqli arboblari, xalq deputatlari, fan vakillari kiritildi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan qarori bilan Konstituttsiya komissiyasi tarkibi qisman o`zgardi.
Konstituttsiyaviy komissiyaning birinchi majlisi 1991 yil 21 aprelda Prezident I.A.Karimov raisligida bo`lib o`tdi.
O`zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqishga oid barcha tayyorgarlik ishlari muvofiqlashtirishini ta’minlash maqsadida Konstituttsiyaviy komissiya a’zolari, shuningdek, yetakchi olimlar va mutaxassislar ishtirokida 32 kishidan iborat ishchi guruhi tuzildi. O`zbekiston Konstituttsiyaviy nazorat komissiyasining raisi O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi Sh.Z.O`razayev guruh rahbari etib tasdiqlandi.
Reja bo`yicha 1991 yil avgust oyida Konstituttsiyaviy komissiyaning raisi I.A.Karimov Konstituttsiyaviy komissiyaning yalpi majlisida O`zbekistonning yangi Konstituttsiyasi konsepsiyasining loyihasi to`g`risidagi ma’ruzasida ishchi guruh oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarishda jahon tajribasini o`rganish va unga amal qilish, boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida qo`lga kiritilgan yutuqlarini hisobga olish, kishilar diliga yaqin va ularga tushunarli bo`lgan iboralar vositasida siyosiy va yuridik hujjat yaratishga harakat qilishni ta’kidlab o`tdi.
Konstituttsiyaviy komissiyaning a’zosi akademik Sh.Z.O`razayev quyidagilarni qayd qilgan: Prezidentimiz shunday ham juda taqchil vaqtidan fursat ajratib, Konstituttsiya loyihasini tayyorlash bo`yicha tuzilgan ishchi guruhning a’zolarini qabul qilar, loyihani qayta-qayta o`qib chiqar, uning matnini chuqur mushohada qilar va unga tuzatishlar kiritardi. Bu kishining g`oyat ajoyib tahlil qobiliyati, kelajakni oldindan ko`ra olishi, nozik his etish iste’dodi bizni nihoyatda hayratga solardi. U mehnatga doimo tayyor, hamisha izlanishda, ishning mohiyatini tushunishga va u bo`yicha eng maqbul qaror chiqarishga intilardi. Konstituttsiyaviy komissiyaning raisi loyihaning har bir tafsilotiga e’tibor berar, unga o`z qo`li bilan tuzatishlar va aniqliklar kiritardi, ishga astoydil yondashish, ishbilarmonlik va bilimdonlik namunasini ko`rsatar edi. Prezident – o`ziga nisbatan juda talabchan shaxs. Ko`pincha, nazarimizda uning bu talabchanligi o`ziga nisbatan shafqatsizlikka yaqinlashib ketardi. U yarim tungacha ishlar va ishning juda katta qismini o`z zimmasiga olardi. Kunlar ketidan kunlar, shanba va yakshanba dam olish kunlari ham shu tariqa o`tardi (Urazayev Sh.Z. Kak gotoVIlsya proyekt Konstitutsiya Respubliki Uzbekistan // Narodnoye slovo, 1992, 26 dekabrь.).
1991 yilning noyabr oyigacha Konstituttsiya loyihasining 158-moddadan iborat birinchi varianti tayyor bo`ldi. I.A.Karimov loyihaning bu varianti bilan tanishib chiqib, unga mazmuni, shakli va tahriri jihatdan jiddiy o`zgartishlar kiritdi. Loyihaning ikkinchi varianti 149-moddadan tashkil topdi. I.A.Karimovning ko`rsatmasi va shaxsan u kishining tahriri bilan loyihaning uchinchi varianti 137-moddadan tashkil topdi. Matbuotda e’lon qilish oldidan loyiha yana bir bor diqqat bilan o`rganib chiqilib, 127 moddaga keltirildi.
Loyiha matbuotda e’lon qilinishidan oldin I.A.Karimov uni sinchiklab o`qib chiqdi, ba’zi moddalarga o`zgartish kiritishi natijasida ular to`laroq mazmun, aniq ravshanlik kasb etib, yanada tushunarliroq bo`ldi. Konstituttsiyaviy komissiyaning qarori bilan loyiha 1992 yil 26 sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama davomida uning asosiy bo`limlari, boblari va moddalari yuzasidan tegishli takliflar Konstituttsiyaviy komissiyaga kelib tushdi. Respublika matbuotining o`zida Konstituttsiya loyihasiga bag`ishlangan yuzdan ortiq materiallar e’lon qilindi. Kelib tushgan takliflarning soni 6 mingtadan oshib ketdi.
Konstituttsiya loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi demokratik davlatlar mutaxassislarining sinchkov ekspertizasidan o`tdi.
O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining loyihasi 1992 yil 21 noyabrda yana bir bor matbuotda e’lon qilindi. Bundan maqsad fuqarolarni Konstituttsiya loyihasiga kiritilgan o`zgartishlar va to`ldirishlar bilan tanishtirish va ularni hisobga olgan holda muhokamani davom ettirishdan iborat edi. Loyihaning yangi nusxasi e’lon qilinishi bilan yana yangi takliflar kela boshladi. Qoraqalpog`iston Respublikasida xalq noiblari ishtirokida bo`lib o`tgan yig`ilishda loyiha bo`yicha ayrim istaklar bildirildi. Konstituttsiyaviy komissiyaga kelib tushgan ko`p sonli takliflar, mulohazalar, fikrlar har tomonlama o`rganilib, Konstituttsiya loyihasiga deyarli 80 yaqin o`zgartish, qo`shimcha va aniqliklar kiritildi.
Mustaqil O`zbekiston davlatining Konstituttsiyasi O`zbekiston Respublikasi XII chaqiriq Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi. U oliy maqomli Qonun sifatida biz qurayotgan jamiyatning ravnaqi uchun, uning har bir a’zosining kundalik turmushiga, faoliyatiga madad, muqaddas orzu - umidlarini ro`yobga chiqishi uchun ishonch bag`ishlaydi.
Islom Karimov ushbu sessiyada Konstituttsiyani xalqchil qomus deb atab, uning loyihasi ustida taxminan ikki yil davomida ishlangani, ikki yarim oy mobaynida umumxalq muhokamasidan o`tganligi va shu vaqt mobaynida u xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan boyitilganligini, sayqal topganligini ta’kidladi (Karimov I.A. O`zbekiston: milliy mustaqillik, iqtisod, siyosat va mafkura. 1-jild. - T.: O`zbekiston, 1996. – 118 bet.).
Konstituttsiyamizning eng muhim mohiyati shundan iboratki, unda fuqarolar manfaatining ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan, inson huquqlari, uning kamoloti uchun zarur bo`lgan shaxsiy daxlsizlik, siyosiy erkinlik, ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatlarga erishish uchun umid qilgan va intilgan umuminsoniy g`oyalar yo`lida erishilgan qoidalarni o`ziga singdirgan.
Konstituttsiyani ishlab chiqish, muhokama qilish va qabul qilish jarayoni I.A.Karimovning Konstituttsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma bo`lganligi, u xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettirishi, uning xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsuli ekanligi haqidagi xulosasining to`g`riligi va asoslanganligini tasdiqlaydi (Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. –T.: Sharq, 1993. 6-bet).
Mustaqil davlatimiz Konstituttsiyasi asosida respublikamizda demokratik huquqiy jamiyat asoslari faol rivojlanmoqda. Avvalgi partiyaviy yakkahokimlik tizimining illatlari qat’iyan tugatilib, ko`ppartiyaviylik, g`oyalar va fikrlar xilma-xilligiga yo`l ochildi. Yagona mafkuraning yakkahokimligiga barham berildi. Umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi, chinakam demokratiya, inson erkinliklari va huquqlarining butun dunyo tan olgan meyor va qoidalari tobora qaror topmoqda.
Konstituttsiyamiz mamlakatimizning mustaqillik yillarida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo`lidagi barcha g`alabalarimizni ifodalovchi hamda kelajak yo`limizni ko`rsatuvchi muhim qonundir. I.A.Karimov ta’kidlaganidek, Tom ma’nodagi tarixiy bu sanani har safar bayram qilar ekanmiz, Konstituttsiyamiz – Asosiy Qonunimiz qabul qilinishi bilan biz O`zbekiston kelajagini, yangidan barpo etilayotgan davlatimizning chuqur mazmuni, ma’no va mohiyatini, siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va ma’naviy taraqqiyotining, yurtimiz qiyofasini, uning xalqaro hamjamiyatdagi o`rni va nufuzini tubdan o`zgartirib yuborgan mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilishning pirovard maqsadlarini aniq-ravshan belgilab olganimizni haqli ravishda yuksak baholaymiz (Karimov I.A. Bizning yo`limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo`lidir. 20-jild. - T.: O`zbekiston, 2012.- 63- 64 betlar.). Konstituttsiyamiz qabul qilingandan keyin yigirma yildan ortiqroq vaqt mobaynida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot sohalarida ulkan va jiddiy ijobiy o`zgarishlar yuz berdi.
Konstituttsiyaga o`zgartirish kiritish uchun o`rnatilgan tartib boshqa oddiy qonunlarga o`zgartirish kiritishdan jiddiy farq qiladi. Bu jahon qonunchilik tajribasida ham o`rnatilgan tartibdir. Shunday ekan, O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish Konstituttsiyaning 127-moddasining 1-qismiga muvofiq quyidagicha bayon qilingan: O`zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasiga o`zgartirishlar tegishincha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko`pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O`zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.
Har qanday jamiyatda ijtimoiy munosabatlar rivojlanib borishi natijasida davlat va jamiyat hayotida muhim o`zgarishlar qilish zaruriyati vujudga keladi. 1993 yil 28 dekabrda birinchi bor Konstituttsiyaga o`zgartish va qo`shimcha kiritilgan bo`lib, O`zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Qonunga asosan O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 77-moddasi 1-qismi (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 150 nafar deputatdan iborat) dagi 150 nafar deputatdan degan so`zlar deputatlardan degan so`z bilan almashtirildi.
O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 83-moddasiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2000 yil 25 may kuni Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq, ikkinchi sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o`tish va 2004 yilda bo`ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib tashkil etish haqida taklif kiritdi. Oliy Majlisning navbatdagi sakkizinchi sessiyasida bu masalani hal etishning dastlabki muhokamasi bo`lib, 2002 yil 4 aprelda Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to`g`risidagi Konstituttsiyaviy Qonun qabul qilindi.
Mazkur Qonun asosida 2003 yil 24 apreldagi O`zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Qonunga muvofiq Konstituttsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi.
Konstituttsiyaning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deb nomlangan XXIII bobi ilgari bir palatali parlamentga bag`ishlangan bo`lsa, endilikda mazkur bobda ikki palatali parlament – O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senati (yuqori palata) ga bag`ishlangan. Kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalarga muvofiq Konstituttsiyaning 76-moddasida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati – besh yil, degan qoida bilan mustahkamlandi.
Konstituttsiyaning O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga bag`ishlangan XIX bobiga ham o`zgartish kiritildi. Kiritilgan o`zgartishga muvofiq Konstituttsiyaning 89-moddasidan O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi degan qoida chiqarib tashlandi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasi Senatga o`tkazildi. Jumladan, 93-modda 6-bandiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti O`zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etishi, shu moddaning 23-bandiga ko`ra esa, amnistiya to`g`risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritishi belgilandi. Ilgari O`zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash va amnistiya to`g`risida hujjatlarni qabul qilish bevosita Prezident vakolatiga kiritilgan edi.
Konstituttsiyaning Vazirlar Mahkamasiga bag`ishlangan XX bobiga kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalarga muvofiq, ilgari Konstituttsiyaning 98-moddasida Vazirlar Mahkamasi tarkibini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi degan qoida mavjud bo`lgan bo`lsa, kiritilgan o`zgartishga ko`ra, 98-moddaning ikkinchi qismida Vazirlar Mahkamasi tarkibi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko`rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi, degan qoida belgilandi.
Shuningdek, Konstituttsiyada O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vakolatlari kengaytirilib, 98-modda, 5-qismiga O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo`ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig`iga binoan xalqaro munosabatlarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko`radi, O`zbekiston Respublikasi qonunlarida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi, 6-qismiga esa O`zbekiston Respublikasining Prezidenti ushbu Konstituttsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli degan qoidalar kiritildi.
Mazkur kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalarga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlash uchun taqdim qilish vakolati berildi.
Konstituttsiyaning saylov tizimi deb nomlanadigan XXIII bobiga ham o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi. Ilgari 117-modda 2-qismidagi O`zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkaziladi. O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga to`lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar degan qoida o`rniga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga, Viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning Konstituttsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – dekabr oyi uchinchi o`n kunligining birinchi yakshanbasida o`tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng, to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkaziladi. O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga to`lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar, degan qoida kiritildi.
Shu moddaning 3-qismi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga, Viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishincha qo`shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so`ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo`li bilan saylanadilar, degan qoida bilan to`ldirildi.
Shuningdek, Konstituttsiyaning 6-bo`limiga ham o`zgartish kiritildi. O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining dastlabki 127-moddasi O`zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasiga o`zgartirishlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi jami deputatlarning uchdan ikki qismidan iborat ko`pchiligi tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan kiritiladi, deb belgilangan edi.
Kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalardan so`ng mazkur moddada O`zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasiga o`zgartirishlar tegishincha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko`pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O`zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi, degan iboralar o`z ifodasini topdi.
Shuningdek, davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi tarmoqlari, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ular zimmasiga Konstituttsiya bilan yuklatilgan vakolatlarni amalga oshirishdagi roli va mas’uliyatini oshirish, mamlakat Prezidenti vakolatlarini aniq-ravshan belgilash hamda huquqiy meyorlar doirasida cheklash, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta’sirini kuchaytirish maqsadida 2007 yil 11 aprelda O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish to`g`risidagi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun 2008 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kirdi. Kiritilgan tuzatishlarga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 89-moddasi O`zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig`idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi degan tahrirda, 93-moddasining 15-bandi Viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi degan tahrirda, 102-moddasining 2-qismi Viloyat va Toshkent shahar hokimi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi degan tahrirda bayon etildi.
2008 yil 25 dekabrdagi Saylov to`g`risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqidagi Qonun bilan O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 77-moddasining birinchi qismi (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hududiy saylov okruglari bo`yicha ko`ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat) ga o`zgartish kiritildi. Ushbu Qonun 2009 yilning 1 iyulidan kuchga kirgan. Unga ko`ra, mazkur moddaning birinchi qismi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat, degan tahrirda bayon etildi.
O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi nomli ma’ruzasida O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining bir qator moddalariga o`zgartishlar kiritish yuzasidan bildirilgan takliflar alohida o`rin olgan. I.Karimov tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan mazkur takliflar 2011 yil 18 apreldagi O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining ayrim moddalariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida (78, 80, 93, 96, va 98-moddalariga) gi Qonunda o`z ifodasini topgan. Qonunning asosiy maqsadi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat hokimiyatining uchta subekti: davlat boshlig`i – Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o`rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash, shuningdek, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta’sirini kuchaytirishdan iborat.
Bu borada O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 78-moddasi birinchi qismining 15-bandiga qo`shimcha kiritilgan bo`lib, unga ko`ra Oliy Majlis palatalariga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish huquqi berilmoqda. Mazkur yangilik mamlakatimiz parlamentining roli va ta’sirini kuchaytirish orqali davlat hokimiyati tizimida o`zaro bir-birini tiyish va muvozanat saqlash prinsipining yanada samarali amalga oshirilishini ta’minlashda muhim o`rin tutadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 80-moddasi 6-bandiga kiritilgan normaga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisini tayinlash to`g`risidagi farmonini tasdiqlash huquqi berilmoqda. Shunga muvofiq holda, Konstituttsiyamiz 93-moddasining 12-bandidagi O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va degan so`zlardan keyin uning o`rinbosarlari degan so`zlar chiqarilib, ularning o`rniga Hisob palatasi raisini degan so`zlar bilan to`ldirildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari mustahkamlangan Konstituttsiyamizning 93-moddasi 8-bandidan ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi degan so`zlarni chiqarish yuzasidan kiritilgan o`zgartish ham muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda Konstituttsiyamizning 89-moddasiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig`idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan, Bosh vazirning Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etishi, unga rahbarlik qilishi va uning ishi samaradorligi uchun shaxsan javob berishi, davlat boshlig`i bo`lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o`rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirish asnosida ham Asosiy Qonunimizdan ushbu norma chiqarildi.
Kiritilgan yana bir muhim o`zgartish O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi 93-moddasining 15-bandini Viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi degan so`zlardan oldin O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan degan so`zlar bilan to`ldirish borasida. Ushbu normaning kiritilishi, avvalo, davlat boshqaruvini yanada liberallashtirish bo`yicha amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bilan bog`liq.
Qonundan o`rin olgan normalardan biri O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi 93-moddasining 16-bandini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli degan so`zlar bilan to`ldirishga oid. Kiritilgan mazkur norma davlat boshlig`i sifatida mamlakat Prezidentining davlat va jamiyat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan o`tkaziladigan Vazirlar Mahkamasi majlislarida ishtirok etish huquqini mustahkamlaydi. Zero, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan o`tkaziladi. Shuningdek, davlat boshqaruvining, xo`jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng muhim masalalari ham Vazirlar Mahkamasining majlislarida hal etiladi.
Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 96-moddasi yangi tahrirda bayon etildi. Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o`z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risidagi Qonunga to`liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o`tkaziladi. Ta’kidlash joizki, mamlakat Prezidenti turli sabablarga ko`ra o`z vazifasini bajara olmaydigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda noaniqlikka, ushbu moddani turlicha talqin etishga yo`l qo`ymaslik maqsadida mazkur moddaning yangi tahriri berildi.
O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 98-moddasiga kiritilgan qo`shimchalarga muvofiq demokratik tartib-qoidalarga javob beradigan yangi Konstituttsiyaviy qoida joriy etildi. Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko`p deputatlik o`rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko`p deputatlik o`rinlarini qo`lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi. Ushbu qo`shimchalarning kiritilishi tarixiy ahamiyatga ega bo`lib, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada rivojlantirish, huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurishda yangi bosqichning boshlanishi hisoblanadi. Konstituttsiyaga kiritilgan yana bir muhim o`zgartirish O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish huquqining berilishi bilan bog`liq. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 98-moddasida belgilanishicha, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o`rtasida doimiy ziddiyatlar kelib chiqqan taqdirda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo`yicha Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo`shma majlisi muhokamasiga kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish bo`yicha qaror qabul qiladi. Bunda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi. Mazkur norma davlat hokimiyati tarmoqlari o`rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash bilan bir qatorda, davlat ahamiyatiga molik muhim masalalarni hal qilishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytiradi va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimidagi o`rnini ancha oshiradi.
2011 yil 12 dekabrdagi O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish to`g`risidagi Qonun bilan O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritildi. Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstituttsiyaviy vakolat muddati yetti yildan besh yilga qisqartirildi.
Mustaqil taraqqiyotning dastlabki davridagi muammolar, taraqqiyotning “O`zbek modeli” va uning o`ziga xos xususiyatlari.
XX asr jahon tarixiga juda katta o`zgarishlar olib keldi, insoniyat taraqqiyoti va tanazzulida nihoyatda muhim o`ringa ega bo`ldi. Asr boshida rus inqilobi, rus-yapon urushi, Birinchi jahon urushi, 20-yillardan Sho`rolar hokimiyati hukmronligini iqtisodiy jihatdan mustahkamlash, jahon tamaddunida turli qarama-qarshiliklar, ya’ni Germaniyada fashizmning paydo bo`lishi, ikkinchi jahon urushi va undan keyin ikki qarama-qarshi tizimning yuzaga kelishi va nihoyat 80-yillarda parchalanishi juda katta o`zgarishlarni boshlab berdi.
Bu o`rinda, albatta, 90-yillarga kelib, sobiq SSSRda qanday tub o`zgarishlar bo`lganiga jiddiy e’tibor beramiz. Demak, sobiq imperiyaning tajovuzkorona siyosati 73 yil mobaynida asta-sekinlik bilan chok-chokidan sitila bordi. Natijada mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini ham, odamlar xatti-harakatini ham boshqarib bo`lmaydigan holatlar vujudga keldi. Ana shunday murakkab siyosiy-huquqiy va ma’naviy muhim hamda aholi ma’naviy-ruhiy holatining butun miqyosi va mohiyatini to`g`ri baholash lozim edi.
Darhaqiqat, XX asrning 80-yillari oxirida respublika yetakchisi Islom Karimov qanday sharoitda hokimiyat tepasiga keldi?
O`tmishdoshlaridan unga qanday jamiyat meros bo`lib qolgan edi?
U qanday vaziyatda ish boshladi?
Darvoqe, masalaga ana shu tarzda xolis yondashilsa, bizningcha, Prezidentning ham, mamlakatning ham to`laqonli qiyofasi, xalqimizning xohish-irodasi, maqsad va vazifalari, tashvish-iztiroblari, qo`yingki, hammasi ko`z o`ngimizda kino lentasiday yaqqol gavdalanadi. Mavjud hodisalar va qaror topgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy muhitga adolatli tarzda baho berish kerak edi!
Islom Karimov respublikaning birinchi rahbarligiga saylanganidanoq, aytish joizki, Markaz bilan o`ziga xos, ya’ni teng munosabatga kirishdi! Ochiqroq aytganda, uning qat’iyatliligi, u yoki bu tomonga og`masdan o`z mustaqil fikriga egaligi va o`z yo`liga sobitligi ulug` og`alarga yoqmadi?! Millat manfaatiga ko`proq yon bosgani, respublika ichki hayotidagi vaziyatga chuqurroq kirib borgani sayin KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy Byurosida ham, SSSR Oliy Kengashi va Ittifoq idoralarida ham unga nisbatan munosabat keskinlasha boshladi. Ayniqsa, yurtimizni abgor qilib, Markazga qochib borgan bir guruh sobiqlar bunday qulay fursatdan foydalanib qolish uchun turli-tuman hiylayu nayranglarni ishga solishdi. Qator markaziy nashrlarda O`zbekiston va uning rahbariyatiga nisbatan ig`vogarliklar uyushtirildi. Bunday og`ir, ziddiyatli bir sharoitda ishlash respublika rahbaridan alohida asab, nihoyatda vazminlik, po`latdek mustahkam iroda talab etardi, -deb yozgan edi professor Narzulla Jo`rayev (Jo`rayev N. Agar ogoh sen... - T.: Yozuvchi, 1997. 34-b.).
Tarixdan ma’lumki, o`sha paytda mavjud jarayonlarni chuqur o`rganmay, tahlil etib ulgurmay turib, Birlik xalq harakati va Erk demokratik partiyasi vakillari Karimov o`z pozitsiyasini e’lon qilmayapti. Uning aniq dasturi yo`q, deb ta’na toshlarini otishdi. Turli mitingbozliklarda ochiqdan-ochiq hujumga o`tdilar. Islom Karimov tabiatan keng fe’li ila raqiblarga hurmat bilan qarash, ularning fikrlarini eshitish, ijobiy xulosalar chiqarish, xalq va respublika manfaati uchun har qanday ivg`ogarliklar, tazyiqlaru zo`ravonliklar, qolaversa, maqtovlaru xushomadgo`yliklarga bir xilda munosabatda bo`lish, faqat aql-idrokka tayanib ish tutish zarurligini bir soniya ham unutmadi!?
Alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik yo`li – haqiqat va ezgulik yo`li, inson haq-huquqlari tengligi yo`li, ma’naviy barkamollik va yuksak madaniyat yo`li, bir so`z bilan aytganda, boy insoniy fazilatlar majmui. Shuning uchun ham 1989-1991 yillarda Islom Karimov o`z tanlagan yo`lining to`g`riligiga qat’iy ishondi va millionlab yurtdoshlarimizni bunga ishontira oldi. Mustaqillikning ikkinchi yilida Buyuk maqsad yo`lidan og`ishmaylik degan mavzuda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 12 sessiyasida (1993 yil 6 may) quyidagi purma’no fikrlarini muhrladi: ...Bizni tanlagan yo`limizdan hech kim, hech qachon qaytara olmaydi. Zotan, Vatanga bo`lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga qodirdir. Endi ortga yo`l yo`q. O`zbekiston istiqbolini sobitqadamlik bilan barpo etmog`imiz zarur. Bu yo`lda ikkilanmoq, manfaatparastlikning mayda-chuyda tashVIshlariga o`ralashmoq – Vatanga, xalqqa, kelajak avlodga xiyonat bo`ladi!
Istiqboldagi O`zbekiston Vatan ozodligi nasib etmagan bobolarimizga ulug`vor haykal bo`lajak! O`zbekistonnnig shuhratiga shuhrat qo`shuvchi farzandlarimizga muqaddas beshik bo`lajak. (Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -T.: O`zbekiston. 1993. 182-b.)
O`z-o`zidan biror voqea-hodisa sodir bo`lmaydi, albatta. XX asrning 80-yillar oxiri va 90-yillar boshlaridagi alg`ov-dolg`ov paytlarni nihoyatda chuqur: ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ma’naviy tahlil qilgan Prezident Islom Karimovning qat’iy, hal qiluvchi pozitsiyasi quyidagilarni tashkil qilgan edi:
- Yangilik bilan eskilik o`rtasida hamma vaqt keskin kurashlar, ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar bo`lgan. Hayotda esa ko`pincha yangilikdan ko`ra eskilik, yaxshilikdan ko`ra yomonlik, ezgulikdan ko`ra yovuzlik yashovchan bo`ladi?! Ana shu hayotiy falsafadan kelib chiqib, turmush tarziga aylangan va kundalik hayot qobig`ida o`ralib qolgan mutelik qarashlarni o`zgartirish oson ish emas edi?!

  • Yurt mustaqilligi uchun kurashayotgan yetuk siyosatchidan nihoyatda kuchli iroda, mustahkam asab, sabot va matonat talab etardi. Bu intihosiz iztiroblar, hayotining har daqiqasini e’tiqod va g`oya uchun qurbon qilishdek fidoyilik va oliy darajadagi shaxsiy qatiyat va mustahkam fazilat zarur edi!

Jamiyat va odamlar hayotida yuz beradigan tub burilishlar paytida yetakchi ma‟naVIy-ruhiy kechinmalar qurshovida qoladi. O`zbekiston ana shunday jarayonni boshidan kechirmoqda. Mustaqillik - yangilik bilan eskilik o`rtasidagi jarlikni to`ldirish, ya’ni asta-sekinlik bilan odamlar siyosiy ongi va dunyoqarashida, tafakkurida burilish yasash afzalliklarini shakllantirish demak.
Davlat va siyosat arboblari turli siyosiy guruhlar - muxoliflar harakatlari bilan birga, bir-biriga zid qarashlar va g`oyalarni yengib o`tishi, xalqimiz ongi va qalbida beqiyos yangilanishni amalga oshirishi - jamiyat hayotida jiddiy sifat o`zgarishlar - istiqbolga olib keldi.
Insoniyat tarixi turli davrlarda, har xil shakllarda uyg`onish hodisasini boshidan kechirgan. Bir necha asrlik mustamlakachilikdan so`ng yoxud milliy tanazzul iztiroblaridan keyin shunday hodisalar yuz beradiki, odamlar o`zlarini anglay boshlaydilar. Fikriy mudroqlikka chek qo`yadilar. Hayotni, olam rang-barangligini o`zlashtiradilar. Tafakkur qudrati bilan yashashga ehtiyoj sezadilar. Va oqibat-natijasi - Mustaqillikdir.
Ollohning inoyati, xalqimiz orzusi - mustaqillikka erishdik. Bu sana - 1991 yil 31 avgust. Bu oddiy gap emas?! Chunki bu kunga kelgunga qadar mohir siyosatchi, uzoqni ko`zlagan bashoratchi, albatta aniq reja va keng ko`lamli dastur - islohotchi sifatida namoyon bo`lgan, eng muhimi mustabid davrda O`zbekiston SSRning yaxlit boshqaruvi - Prezidentlik institutini tashkil qilgan Islom Karimovning buyuk say-harakatlari ila Istiqlol amalga oshirildi! Agar 1990 yil 24 martda birinchi Prezident Islom Karimov O`zbekiston SSR Oliy Kengashida saylangan bo`lsa, 1991 yil 29 dekabrda mustaqil davlat ahli tomonidan muxolifat saylovlari asosida juda ko`p ovoz olib (89,2%) xalq Prezidenti - Birinchi Prezident lavozimini egalladi, milliy davlatchilikka asos soldi.
O`zbek davlatchiligi qachon paydo bo`lgan? degan savolga Yo`lboshchimiz shunday javob beradi: Nima emish, O`zbekiston XX asrning 20-yillarida, aniqrog`i, 1924 yili davlat maqomini olgan emish. Biz shu gapga ishonishimiz kerakmi? Maqtanish emas, yangidan shakllanayotgan o`zbek davlatchiligi boshida turgan inson sifatida aytishga haqqim bor, kerak bo`lsa, bu ish uchun jonimni, borlig`imni berishga tayyorman (Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. - T.: Sharq. 1998. 11-b.).
Har bir jamiyat o`zining yuksak taraqqiyotiga erishishi uchun mustaqil bo`lishi hamda milliy davlatchilikning haqiqiy demokratik jarayonlarini vujudga keltirishi zarur! Bu jarayonlar mamlakatimizda istiqlol yillari amalga oshirilib, umume’tirof etilgan demokratik normalar va milliy manfaatlarimizga mos keluvchi demokratik huquqiy milliy davlat barpo etildi.
Shuni ta’kidlash kerakki, davlatning demokratik tamoyillari universal holat bo`lib, Amerika, Rossiya, Xitoy yoki Germaniyada qanday bo`lsa, bizda ham shunday bo`lishi kerak, deb anglashimiz noto`g`ri?! Ya’ni, uni vujudga keltiradigan, shakllantiradigan o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-siyosiy, tarixiy-huquqiy, geografik, geostrategik shart-sharoitlar turli xalqlar va davlatlarda har xil darajada rivojlanish jarayonlarini boshidan kechirdi. Demak, rivojlanish jarayonlari millat ruhiyatidan kelib chiqadi. Mamlakatning, aholining rivojlanish negizi milliy davlatning demokratik jarayonlarini belgilaydi.
Milliy davlatchiligimizning demokratik prinsiplari O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va amalga oshirildi. I.Karimovning ta’kidlashicha, «Istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi. O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan yaratadigan bo`ldik. Hayotimiz va umumiy xonadonimizni milliy manfaat va qadriyatlarimizni umume’tirof etilgan demokratik mezonlarga monand qilib qurishdek noyob tarixiy imkoniyatga ega bo`ldik», degan purma’no fikrlari milliy davlatchilikning rivojlanish muammolarini belgilaydi. Chunonchi:

  1. siyosiy-ijtimoiy, huquqiy-ma’naviy rivojlanishning demokratik obektiv jihatlari davlat bosh islohotchi sifatidagi jarayonning o`ziga xos va o`ziga mos xususiyatlari bilan uyg`unlashgan holda sodir bo`lmoqda. G`arb mamlakatlarida esa rivojlanishda inqilobiy o`zgarishlar ko`p uchraydi. Bizning xalqimiz esa mulohazakor, yetti o`lchab bir kes, qabilida ish tutadi. Ya’ni, bu xalqimiz mentalitetidan kelib chiqadi;

  2. xalqimiz ruhiyati va ijtimoiy ong taraqqiyotiga ko`ra yangilik va xo`jalik yuritishga ishtiyoqi baland. Natijada madaniyat rivoji va xo`jalik yuritishi, ayniqsa, savdoning hozirgi jahon andozalari talablari darajasida tiklanishi - Ipak yo`li gullab-yashnashining o`zagi bo`ldi. Bu esa davlatimiz taraqqiyotida o`ziga xoslikni vujudga keltirmoqda;

  1. milliy davlatning demokratik jarayonlari inson ravnaqi uchun xizmat qilar ekan, bu, albatta, insonning ehtiyoji, manfaati, qobiliyatidan kelib chiqishi kerak. Ya’ni, uzoq yillar davomida to`plangan tajriba, shuningdek, jahon tajribalari xalqimizning milliy intellektini hisobga olgan holda amalga oshirilishi zarur;

  1. mamlakatimizda jamoatchilik fikri jamoaviy nuqtai nazar asosida rivojlanmoqda. G`arb davlatlaridagi demokratiyadan farqli o`laroq, bizda jamoa o`z o`zini boshqaradi. Oila yoki jamoada kim aqlli, tajribali va yoshi ulug` bo`lsa, o`shaning fikri boshqalarga ko`proq ta‟sir qiladi. Mahalla va qishloqlarda oqsoqollar, bir tomondan. hurmatli kishilar bo`lib, biror to`xtamga kelishda ularning fikrlari bilan hisoblashiladi. Ikkinchi tomondan esa shunga mos ravishda davlat hokimiyati vakillariga ham alohida hurmat bilan qaraladi. Bu qo`rquv yoki qaramlik emas, balki rahbarlarga hamda tajribali, obro`li kishilarga bo`lgan ishonch va hurmatdir.

Darvoqe, muqaddas kitobimiz Qur’oni Karimda ham raiyat uchun rahbarlar fikri farzdir, ya’ni bajarishi ijobiy holda amalga oshirilishi qayd qilingan. Bu yerda an’anaviylik va zamonaviylikning shunday manbai mavjudki, davlat va uning rahbari xalqini chin dildan e’zozlasa, adolat tamoyillari asosida boshqarsa, demak taraqqiyotning eng zarur tayanch nuqtasi vujudga keladi. Shu jihatdan Prezident Islom Karimov ta’limotining noyobligini ko`ramiz. I.Karimov mahallalarga davlat tomonidan yordam berish, ularga buyuk davlat qurish yo`lidagi imkoniyatlardan foydalanishning taktik va strategik yo`llarini belgilab berdi. ya’ni:

  1. O`zbekiston jamiyatidagi jamoaviy ustuvorlikning tabiati falsafiy-tarixiy jihatdan chuqur ildizga ega va jamoatchilik hayoti tizimida alohida ijtimoiy muvozanat yaratish zarurligiga asoslanadi. Mahalla instituti ravnaq topib, jamoaviylik qadriyatlari davom etmoqda. Uning ijtimoiy hayotga tasiri juda katta.

  2. Milliy davlatchilik jarayonlarini chuqurlashtirish sharoitida fuqarolarning demokratik taraqqiyotning faol ishtirokchisi hamda uning faol himoyachisi sifatida tayyorlash murakkab hamda muddat talab etadigan hodisa. Chunki, mustamlakachilik davri illatlaridan qutulish

«azobi»ni fikrlab yashash, aql-idrok yo`rig`i bilan kun ko`rish «mashaqqati»ni yengish uchun insonga ichki iroda, yangilanish g`oyasi, qat‟iyatli ong va tafakkur, ma‟naVIy-huquqiy qudrat kerak. Ana shu Iroda va Qudratni uyg`otish, shakllantirish, unga quvvat baxsh etish bugunning asosiy vazifasidir.
Hozirgi paytga kelib, milliy davlatchilikning rivojlanish jarayonlari butunlay ijobiy tomonga o`zgardi. Shubhasiz, huquqiy davlatning eng asosiy tamoyili qonun ustuvorligi ta’minlanmoqda. Shu bilan birga, inson huquqlari umummajburiy bo`lishini ta’minlashda huquqiy davlat asosi - hokimiyatlar bo`linishining Konstituttsiyaviy prinsipi muhim ahamiyatga ega. Chunki, davlat hokimiyati turli organlarning vakolatlari bo`linishiga nisbatan inson huquqlarining institusional kafolatlarini yaratadi. Prezident Islom Karimov qaydiga ko`ra: O`zbekiston Respublikasi milliy davlat qurilmasida hokimiyat uchga ajratiladi - qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyatiga (Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild, -T: “O`zbekiston”, 1996, 15-b.).
Bu fikr Konstituttsiyaning 11-moddasida o`z aksini topgan: O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linishi prinsipiga asoslanadi (O`zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasi. - T.: O`zbekiston. 2019. 6-bet.). Hokimiyatlar bo`linishi tamoyilining mavjud bo`lishi tufayli davlat hokimiyati tizimida hokimiyat organlari bir-birini muvozanatda saqlab turish va nazorat qilishga yo`l ochib beradigan va bir shaxs yoki organning qo`lida hokimiyatning to`planishiga imkon bermaydigan o`zaro munosabatlar tartibi o`rnatiladi.
Milliy davlatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlari - pirovard natijada O`zbekistonda yangi va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan. Demokratiyaning murosachilik va yakdillik madaniyati davlat ichki hayotida ham, tashqi siyosatida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, jamiyat fuqarolari o`rtasidagi munosabatlar qanchalik samimiy va iliq bo`lsa, umumxalq va umumdavlat manfaatlari yo`lida birlashib, muammolarni hal etishda oqilona faoliyat ko`rsatsa, barcha uchun umumiy vazifalar oldida mas’uliyat chuqur his qilinsa, bu, birinchidan, demokratiyaning mamlakat ichki hayotidagi madaniyatini belgilaydi.
Fuqarolik jamiyatini barpo etishning xalqaro tamoyillari, ya’ni dunyo davlatlari hamjamiyati e’tirof etgan yo`riqlari mavjud bo`lib, bevosita fuqaroning o`z xohish-irodasini erkin ifodalash huquqiga egaligi, ozchilikning ko`pchilikka bo`ysunishi, barcha fuqarolarning millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, saylov va saylanish huquqi va boshqalardir. Biroq, ma’lum bir mamlakatda demokratiyani joriy etishda faqat shuning o`zi kifoya qiladimi? Yoq albatta. Chunki, har bir xalqning o`z turmush va tafakkur tarzi, tarixiy an’analari, hayotga munosabati va boshqa jihatlaridan kelib chiqib, demokratiyaga yondashishning o`ziga xos usuli bor. Shu ma’noda, Islom Karimov Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o`ziga xos va o`ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo`lmaydi. Ya’ni, Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o`zgarishlar yasashga urinishlar g`oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni G`arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli», deb ataganlar. Tabiiyki, bunday yo`l bizga aslo to`g`ri kelmaydi. Aslida demokratiyani joriy etishda yurtimizda o`zbekona tamoyillar shakllanayotganini hisobga olish kerakligini, ta’kidlagan edi. Bu, ikkinchidan, demokratiyaning tashqi siyosatdagi o`ziga xosligini ta’minlaydi.
Milliy davlatchiligimizning demokratik tamoyillarini yanada chuqurlashtirish va rivojlantirishimiz mumkin. Aslida, demokratiya - «obektiv voqelik». U bor yoki yo`q?! Bir tizimdan ikkinchi tizimga o`tayotganda, unga yo`riqnomalar, ko`rsatmalar berish uslubi bilan darhol qurib bo`lmaydi?! Bu haqda juda ko`p aytilgan va yozilgan. Biroq, barqaror demokratik jamiyatning qaror topishi uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbiq qilishga qodir kuchli milliy davlat lozimligini tushunib yetdik! Ammo jamiyatni demokratlashtirish odimlarini Sho`ro qarashlari bilan o`lchab bo`lmaydi. Har bir narsani uning mohiyatidan kelib chiqib, o`z nomi bilan mardonavor aytish ayni Yo`lboshchimiz Islom Karimovning siyosiy sifatlaridan biridir. Har qanday siyosiy vazifa siyosatchi zimmasiga rejadagilarni amalga oshirish irodasi va layoqatidan iborat bo`lgan javobgarlikni yuklaydi.
O`rni kelganda, ta’kidlash joizki, rahbar o`zini «demokrat», davlatini esa «demokratiya oroli» deb xohlaganicha aytishi mumkin, biroq shu bilan birga, uning davlatida ochlik, qashshoqlik, tartibsizlik, turli tomonga tashlanishlar hukmron bo`lishi ham hech gap emas?! Bir qator MDH davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bunga yorqin misol bo`la oladi. Bizning davlatimizga kelsak, XXI asrda davlatlarning arzon populizmi va demokratiya niqobi ostidagi o`yinlari emas, balki zaruriy milliy mafkuraviy g`oyadan voqelikka aylangan haqiqiy demokratik, ochiq adolatli jamiyat tomon qo`ygan shahdam qadamlarimiz, bu borada qo`lga kiritgan yutuqlarimiz bilan O`zbekiston davlati tanlagan yo`l - demokratik tamoyillar mazmunini tashkil etadi.
Milliy davlatchiligimizning jahon sivilizatsiyasiga demokratik jarayonlar bilan chiqishi ham muammolar yechimiga ta’sir ko`rsatadi, albatta. Yevropa Ittifoqi va O`zbekiston munosabatlari to`g`risida 1996 yil 21 iyunda tuzilgan muhim hujjat-sherikchilik va hamkorlik to`g`risidagi Bitim imzolanishi bilan demokratik jarayonlarga dastlabki asos solingan edi. Mazkur Bitim doirasida Yevropa Komissiyasi O`zbekistonda Yevropa Eyd (Yevropa ko`magi) dasturining bir qator loyihalarini moliyalashtirib kelmoqda.
Shuni alohida e’tirof etish lozimki, insoniyat tarixiga nazar solsak, demokratik jarayonlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan, milliy davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy-siyosiy-huquqiy taraqqiyoti asosiy omil bo`lib xizmat qilgan. Har bir xalq demokratiyani o`z mentaliteti, o`z ko`nikmalari, qadriyatlariga munosib tarzda u yoki bu darajada hayotga joriy qiladi. Umuminsoniy mohiyat va mazmunga ega bo`lgan tamoyillar har bir davlatning taraqqiyot darajasi, boshqaruv tizimi, siyosiy muhiti, xalq ommasi ijtimoiy ongining faolligi bilan bog`liq holda joriy qilinadi. Xuddi shu va boshqa ijtimoiy rivojlanish sur’atlarini belgilovchi omillar ta’sirida davlatning demokratik jarayonlarini joriy qilish sur’atlari jadallashadi yoki sustlashadi. Demak, demokratiyani yuqoridan majburan joriy etish mumkin emas!?
Demokratiya - xalq ijodi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi natijasida qo`lga kiritiladigan boshqaruv tizimi. Demokratiya doimo xalq ommasining pok va halol harakati, o`z huquqlari, ehtiyojlarini qondirish uchun olib borgan mashaqqatli kurashlari, faol mehnati na-tijasida qo`lga kiritilgan. Islom Karimov har doim, milliy davlatlarda demokratik tamoyillarni hayotga joriy qilish turli yo`llar vositasida amalga oshirilishi, lekin uning asosiy talabi va omili doimo shaxsning huquq va erkinliklari, shu jumladan, erkin fikrlash hamda mulohazalarini bemalol erkin bayon qilish huquqini ta’minlash bo`lib, har qanday davlatning demokratik jarayonlarini amalga oshirishda ma’lum muddat talab qiluvchi holatdir, deb ta’kidlaydi. Avvalambor, demokratiyaning huquqiy asoslari barpo qilinishi shart. Ushbu jarayonlarni sun’iy ravishda jilovlab turish yoki sur’atlarini jadallashtirish ijobiy natijalarga olib kelmaydi.
Hozirgi paytda huquqiy demokratiya yo`lini tanlab jadal sur’atlarda rivojlanayotgan milliy davlatimiz uchun insoniyat tarixining turli davrlarida demokratik davlatlarning shakllanishi va amaliyotini tahlil qilishi, qiyosiy o`rganishi muhim ahamiyatga ega. Ya’ni, dunyo davlatlari demokratiyaga ma’naviy-ma’rifiylashgan jamiyatga xos tamoyillar bilan munosabatda bo`lishlari va baholash madaniyatini egallab olishlari, hatto ba’zi manfaatlardan voz kechishi ham mumkin. Masalan, hayot kechirish G`arb turmush tarziga mos bo`lsa va uni targ`ib etsa, ya’ni demokratik qarashlar bizning mentalitetimizga to`g`ri kelmasa, qarash bir tomonlama yondashuv hisoblanib, o`zini qadrlagan, hurmat qilgan xalq uchun xavfli hamda tahdidli bir holatdir. Turli xalqlar, turli madaniyatlar, manfaatlarning yonma-yon yashashi, yashay olishi faqat haqiqiy milliy demokratik sharoitdagina amalga oshadi. Buni biz istiqbolli milliy davlatimiz miqyosida ko`rib turibmiz!
Bugungi dunyo davlatlari demokratik jarayonlarni kafolatlovchi omillarga ega. O`zbekiston ham undan chetda emas. Shu o`rinda haqiqiy demokratiyaning soxta demokratiyadan farqini anglash bilan bog`liq fuqarolik madaniyatiga ega bo`lish; demokratiya niqobi ostidagi «demokratik o`yinlar»ning, qarashlarning, chiqishlarning orqasidan ergashmaslik; taqlid qilish yoki qilmaslikning qaysi milliy manfaatga to`g`ri kelishi yoki kelmasligini solishtirib ko`rishga yetadigan uyg`oq ong va tafakkurga ega bo`lish; aholining asosiy qismi demokratiyaga tayyor bo`lishi, unga befarq bo`lmasligi, demokratik ong va madaniy saVIyada dunyo va milliy taraqqiyot talablaridan orqada qolmasligi kerak.
To`g`ri va haqiqiy bunyodkorlik g`oyasini faqat milliy davlatning demokratik qarashlari orqali amalga oshirish mumkin! Hozirgi davrda jahon davlatlari erishayotgan yutuqlardan orqada qolmaslik, yangi texnologiyalarni egallab, uni ishlab chiqarishga joriy etish uchun izlanish, yangi-yangi ixtirolar qilishga qodir bo`lish, mustaqillikni mustahkamlash va uni rivojlantirish milliy davlatimizning muhim yo`nalishlarini tashkil etadi. O`zligini anglagan xalq mustaqillikka, o`z taqdiriga, farzandlarining kelajagiga istiqbol ko`zi bilan qaraydi! Jahonda o`ziga xos o`ringa va nufuzga ega bo`layotgan O`zbekiston davlati ana shunday milliy demokratik yo`ldan bormoqda,- deb ta’kidlagan edi Islom Karimov.
Yigirmanchi asr jahon siVIlizatsiyasida bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan katta iz qoldirdi. Jahon urushlari, fan-texnika taraqqiyoti, turmush tarzida muayyan darajada farovonlik va hokazolarni aytish mumkin. Lekin mamnuniyat bilan qayd qilish kerak, XX asrning so`nggi o`n yilligi O`zbekiston milliy davlatchiligi uchun ulkan tarixiy-inqilobiy o`zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu o`n yillik mamlakatimizda mustaqillikni ham iqtisodiy, ham siyosiy-ijtimoiy, ham huquqiy-ma’naviy, ham xalqaro munosabatlarda tikladi, takomillashtirdi.
Mustaqillikning birinchi o`n yilida o`zbek o`zligini tanidi, jahondagi nufuzli millatlardan biriga aylandi. Muhimi - istiqlol mafkurasi shakllandi, millatimiz, xalqimiz o`z g`oyasi va iymon-e’tiqodiga qaytdi. Ajdodlarimizning boy merosi tiklandi va tiklanmoqda. Biz ularning vorislari sifatida dunyo ma’naviy-ilmiy jamoatchiligi oldida qarzdormiz. Chunonchi, Muhammad al-Xorazmiy, Muhammad az-Zamaxshariy, al-Hakim, at-Termiziy, Xo`ja Ahmad YassaVIy, Bahouddin Naqshband, Xo`ja Axror Valiy va boshqa o`nlab alloma-avliyolarning teran ilmiy xulosalari va amallarini uchinchi ming yillikda va hamisha jahon ahliga yetkazib, osoyishta va farovon, tinch-totuv yashashimizga katta va munosib hissa qo`shmog`imiz kerak.
Diniy qarashlar odob-axloqning uzviy qismiga aylandi. Cheklashlar man qilindi. Inson kamolida iymon-e’tiqod, Yaratganga shukronalar aytish hamda dunyoVIy bilimlarni egallash, taraqqiyotni yuksaltirish davom etaveradi. I.A.Karimovning say-harakatlari tufayli 2007 yil Toshkent Islom dini poytaxti, degan maqomni oldi. O`nlab, yuzlab avliyo-anbiyolar maqbaralari tiklandi. Hozirgi paytda 18 diniy konfensiyalar tolerantlik tamoyiliga ko`ra millatlararo totuvlik asosida ishlab turibdi.
Albatta, har qanday milliy davlat iqtisodiyotining asosini energetika va tabiiy boylik zahiralari tashkil etadi. Shuning uchun ham jahondagi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar to`qnashayotgan hozirgi energetika yetishmovchiligi sharoitida O`zbekistonning muhim ustunligi mamlakat iqtisodiyotining ushbu yo`nalishda dunyodagi juda kam sonli davlatlar singari I.Karimovning qat’iy say-harakatlari bilan to`la mustaqillikka erishganligidadir. Ba’zi davlatlar esa uzoqni ko`zlamay, faqat joriy yilga mo`ljallangan byudjetni hisoblab chiqib, eng kam jahon sarmoyasi bahosiga o`tishmoqda. Bu esa inqirozni bartaraf qilishga salbiy ta’sir ko`rsatishi mumkin.
O`zbekiston o`zining qo`shimcha tarzda gaz, neft, ko`mir va uran zahiralariga ega bo`lib, ularni sof holda eksport qilish bo`yicha jahonning o`nta davlati safiga kiradi. Mamlakatning umumiy energetika zahiralari yana kamida 100 yil davomida iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish uchun yetadi. Buning o`ziyoq milliy davlatimizning boy imkoniyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi.
Umuman olganda, davlat va milliy davlatchilik muammosi, uning hozirgi globallashuv davridagi rivojlanish davom etmoqda. Prezident Islom Karimov asos solgan milliy davlatchiligimiz bundan keyin ham uzoqni ko`zlagan dastur asosida ravnaq topaveradi.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə