O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov


-ma’ruza  SHAXSNING INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/58
tarix29.09.2023
ölçüsü325,56 Kb.
#124819
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58
PSIXOLOGIYA

6-ma’ruza 
SHAXSNING INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK 
XUSUSIYATLARI
1. Temperament va uning ko‘rinishi. 
2. Xarakter haqida tushuncha. 
3. Qobiliyat va iste’dod haqida tushuncha. 
1. Temperament va uning ko‘rinishi 
Psixologiya fani insonning ruhiy olami, muomalasi, xulqi, xarak-
teri, temperamenti, qobiliyati va insonlararo munosabatini o‘rganadi. 
Uning amaliy yo‘nalishi tadqiqot predmetining cheklanganligi bilan 
chegaralanib qolmasdan, balki insonning shaxs sifatida o‘sishiga yor-
dam beruvchi bir qancha jabhalarni o‘ziga qamrab oladi va tekshiradi. 
Inson shaxsining eng muhim xususiyatlaridan biri uning indivi-
dualligidir. Individuallik deganda, shaxsiy psixologik xususiyatlarning 
betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, tempe-
rament, psixik jarayonlar, holatlarning xususiyatlari yig‘indisi, iroda, 
faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, qobiliyatlari va shu 
kabilar kiradi. 
Insonning ruhiy olami beto‘xtov harakatlar majmuasidan iborat 
bo‘lib, biri ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir 
tizimiga o‘xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois, shaxs ruhiya-
tida tashqi atrof-muhit to‘g‘risidagi taassurotlar, o‘tmish xotiralari, 
kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish-istaklar, maq-
sad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, emotsional kechinmalar, 
irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o‘zaro o‘rin almashib turishi evaziga 
ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. 
Ruhiy olam, uning sur’ati, mazmuni, shakli, ko‘lami, xususiyati
xislati, sifati, mexanizmi har bir insonda rang-barang tarzda namoyon 
bo‘lishi kuzatiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, insonlar tabiat hodisa-
lariga, ta’sir kuchlariga tez yoki sekin, yengil yoki qiyinchilik bilan 
javob qaytarishga moyillik ko‘rsatadilar. 
Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davrida tempera-
mentga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to‘g‘risi-
81


dagi talqinlar xilma-xil bo‘lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini 
o‘ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Tempera-
ment lotincha «temperamentum» degan so‘zdan olingan bo‘lib, bu-
ning ma’nosi «aralashma» degan tushunchani anglatadi.
Temperament to‘g‘risidagi dastlabki ta’limotni yunon olimi 
Gippokrat (miloddan avvalgi 460–356 yillarda yashagan) yaratgan 
bo‘lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha qo‘llanib kelinmoqda. 
Temperamentga ta’rif beradigan bo‘lsak, u shunday ko‘rinishda 
bo‘ladi: psixikaning individual jihatdan o‘ziga xos, tabiiy shartlash-
gan dinamik ko‘rinishlari majmui kishining temperamenti deyiladi. 

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə