O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/66
tarix30.04.2022
ölçüsü325,56 Kb.
#86302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

Psixika 
yuksak darajada tashkil topgan materiyaning mahsuli 
bo‘lib, u obyektiv olamni subyektiv aks ettiradi. 
 
7


 
Psixika miyaning xususiyatidir. Sezgi, fikr ong maxsus tarzda 
tashkil topgan materiyaning oliy mahsulidir. Organizmning psixik 
faoliyati tananing ko‘p sonli maxsus a’zolari vositasida amalga 
oshiriladi. 
Organik dunyoning amyobalardan to odamga qadar uzoq davom 
etgan evolutsiyasi davomida xulq-atvor va xatti-harakatlarning fiziolo-
gik mexanizmlari to‘xtovsiz murakkablashib, tabaqalanib va shular 
tufayli organizm muhit o‘zgarishlariga tez reaksiya qila oladigan va 
moslashuvchan bo‘la bordi. 
I. M. Sechenov «Bosh miya reflekslari» (1863) asarida ongli va 
ongsiz hayotning barcha harakatlari ro‘y berish usuliga ko‘ra refleks-
lardan iboratdir, degan xulosaga kelgan edi. 
Psixik hodisa yaxlit reflektor harakatda yuz bergan va uning 
mahsuli bo‘lgan holda, ayni paytda, hali yuzaga kelmagan natija 
(ta’sir o‘tkazish, harakat qilish)dan darak beruvchi omil vazifasini 
bajaradi. 
Psixik jarayonlarning ahamiyati nimalardan iborat? Bu organiz-
mning signal yoki boshqaruv funksiyasi bo‘lib, u harakatni o‘zgaruv-
chan shart-sharoitlarga moslashtiradi va shu bilan foydali, moslashuv-
chan samaraga erishishini ta’minlaydi. Psixik jarayon miyaning 
mohiyati, uning tegishli bo‘linmalari funksiyasi sifatida tashqi olam 
haqidagi axborotning qayoqqa ketishi, qayerda saqlanishi va qayta 
ishlanishini ko‘rsatuvchi javob faoliyatining boshqaruvchisidir.  
Shunday qilib, kishining bilimlari, tevarak atrof haqidagi ta-
savvurlari, ya’ni individual tajribaning butun boyliklari reflektor 
harakatga kiradi. Psixik hodisalar tashqi (tevarak atrofdagi muhit) va 
ichki (fiziologik tizim sifatidagi organizmning holati) ta’sirlarga 
berilgan javobdir.  
Psixik hodisalar faoliyatning hozir ta’sir etayotgan (sezgilar, 
idrok) yoki qachonlardir, ya’ni o‘tmish tajribada (xotira yuz bergan 
qo‘zg‘atuvchiga javob tarzida ro‘y beradigan, ana shu ta’sirni umum-
lashtiradigan, ularning natijalarini (tafakkur, xayol) oldindan ko‘ra 
bilishga yordam beradigan, bir xil taassurotlar natijasida faoliyat (his-
tuyg‘u, iroda)ni kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, umuman faol-
lashtirib yuboradigan va boshqa xildagi taassurotlar oqibatida uni 
tormozlashtiradigan, odamlar xulq-atvori (temperament, xarakter va 
boshqalar)dagi tafovutlarni aniqlaydigan doimiy boshqaruvchilardir. 
 
8


 
I. M. Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik 
jihatdan boshqarilishi g‘oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariya va 
qoidalarni I. P. Pavlov (1849–1936) tajriba yo‘li bilan aniqlashtirdi va 
tasdiqladi. U hayvonlarning, shuningdek odamlarning tashqi muhit bi-
lan o‘zaro harakati miya tomonidan boshqarilishi qonuniyatlarini 
kashf etgan edi. I. P. Pavlovning ushbu qonuniyatlarga nisbatan jami 
qarashlari odatda ikki xil signal tizimi haqidagi ta’limot deyiladi. 
Narsaning timsoli (ko‘rinishi, eshitilishi, hid tarqatishi va shu ka-
bilar hayvonlar uchun biron-bir shartsiz qo‘zg‘atuvchi signal bo‘lib 
xizmat qiladi. Bu ular xatti-harakatining shartli refleks tarzida o‘zgari-
shiga olib keladi. 
Hayvonlar o‘z xatti-harakatlarida I. P. Pavlov birinchi signal tizi-
mining signallari («birinchi signallar») deb atagan signallarga amal 
qiladi. Hayvonlarning butun psixik faoliyati birinchi signallar tizimi 
darajasida yuz beradi. Odamda ham birinchi signal tizimining signal-
lari (aniq timsollar, tasavvurlar) uning xulq-atvorini boshqarish va 
yo‘naltirishda juda muhim o‘rin tutadi.  
Masalan, svetoforning qizil chirog‘i haydovchi uchun signal qo‘z-
g‘atuvchi bo‘lib, qator harakatlantiruvchi jarayonlarni hosil qiladi. 
Natijada haydovchi tormozni bosib, mashinani to‘xtatadi. Yuqorida 
ta’kidlanganlarning hammasi psixikani obyektiv olamning subyektiv 
tarzi, voqelikning miyadagi aksi, deb hisoblash imkonini beradi. 
Psixologiya psixikani o‘rganishning muayyan ilmiy vazifalariga, 
o‘zining aniq tadqiqot mavzuiga egadir. Psixologiya ta’sir ko‘rsatuv-
chi obyektlari bo‘lgan subyektning ichki, psixik holatiga tashqi ta’sir-
lar natijasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar jarayoni qanday kechishini 
o‘rganadi. 
Psixika faolligi bilan ajralib turadi. Uning zarur jihati mayllar, eng 
maqbul yechimni faol izlash, ehtimoli tutilgan xatti-harakatlar variant-
larini xayoldan o‘tkazishdan iboratdir. Psixik in’ikos aynan o‘zini aks 
ettiradigan, sust narsa emas, balki u harakatlarning turli variantlarini 
izlash, tanlash, solishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs faoliyatining 
zarur jihati hisoblanadi. 
Psixikaning mavjudligi izchil harakat dasturini tuzish, oldiniga 
ichki rejada ish bajarish (masalan, xulq-atvorning ehtimoliy variantla-
rini tanlash) va shundan keyingina harakat qilish imkonini beradi. 
 
9


 
Biologik evolutsiya jarayonida kishi psixikasi xulq-atvorni bosh-
qarishning alohida apparati sifatida paydo bo‘lib, sifat jihatdan o‘zga-
rib ketadi. Odamlar ijtimoiy hayot qonunlarining ta’siri ostida shaxslar 
bo‘lib yetishadi, ularning har birida ularni voyaga yetkazgan tarixiy 
sharoitning izlari saqlanib qolgan bo‘ladi. Aslini olganda, kishining 
xulq-atvori, xatti-harakatlari ham shaxsiy xususiyat kasb etadi. 
Ta’kidlanganlarning hammasi endilikda psixologiya faniga yuqo-
rida berilgan ta’rifni bir qadar aniqlashtirish imkonini beradi: psixo-
logiya voqelikning miyadagi obrazi sifatida sodir bo‘luvchi psixik 
faktlar, qonuniyatlar va faoliyat mexanizmlari to‘g‘risidagi fandir. 
Psixikaning odamga xos bo‘lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. 
Ong psixikaning oliy darajasi, uni yaxlit bir holga keltiruvchi shakli 
bo‘lib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) 
doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy 
shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi. 
Ongning tuzilishi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday? 
Ongning tuzilishiga berilgan birinchi ta’rif uning nomidan kelib 
chiqqan, ya’ni ong anglash deganidir. Ikkinchi ta’rif – «Men» va 
«Men emas» degan tushunchalarni anglash. Uchinchi ta’rifi: odam-
ning maqsadni ko‘zlovchi faoliyatini ta’minlashdir. To‘rtinchi ta’rifi: 
uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. 
Ongning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha o‘ziga xos jihatlari 
shakllanishi va namoyon bo‘lishining muqarrar sharti til hisoblanadi. 
Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik kishining o‘zini 
tuta olmaydigan qilib qo‘yadigan ta’sirlar bilan bog‘liq psixik jarayon-
lar, harakatlar va holatlar yig‘indisidir. Ongsizlikda anglanishdan farq-
li o‘laroq, kishi o‘zi bajarayotgan harakatlarni maqsadga muvofiq 
tarzda nazorat qila olmaydi, ularning natijasini baholay olishi ham 
amri mahol. 
Ongsizlikka quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqu 
paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko‘rish); sezilmaydigan, 
lekin haqiqatan ham ta’sir ko‘rsatadigan qo‘zg‘atuvchilarga «subsen-
sor» va «subretseptiv» javob reaksiyalari; oldinlari ongli harakat 
bo‘lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga ko‘ra 
endilikda anglanilmaydigan bo‘lib qolgan harakatlar; faoliyatga un-
dovchi, ammo maqsad hissidan anglanilmaydigan ayrim mayllar va 
hokazo.  
 
10


 
Ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida ro‘y beradigan 
ba’zi bir patologik hodisalarni – alahlash, yo‘q narsalarning ko‘zga 
ko‘rinishi va shu kabilarni ham kiritish mumkin. Shularga asoslanib, 
ongsizlikni ancha qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixik-
siga tenglashtirish noto‘g‘ri bo‘lar edi. 
Ongsizlik – kishining xuddi ong kabi o‘ziga xos psixik ko‘rinishi. 
U kishi miyasida borliqning yetarli darajada bir xil bo‘lmagan, qisman 
aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq 
holda paydo bo‘lgan. 
Xulosa qilib aytganda, psixik aks ettirish qanday paydo bo‘lgani, 
rivojlangani, evolutsiya pillapoyasining turli bosqichlarida qanday 
o‘zgarib borgani, kishi ongi qanday paydo bo‘lgani va shakllanganini 
tushunib olgandan keyingina psixikaning eng muhim qonuniyatlarini 
ochib berish va jiddiy psixik faktlarni aniqlash mumkin bo‘ladi. 
Shunday qilib, psixologiya fani psixikaning paydo bo‘lishi, psixik 
jarayonlarning taraqqiyot qonuniyatlari va inson bilan tashqi muhit 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganadi.
 

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə