O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov


-ma’ruza  PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/66
tarix30.04.2022
ölçüsü325,56 Kb.
#86302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

1-ma’ruza 
PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI 
1. Psixologiya fani haqida tushuncha.  
2. Hozirgi zamon psixologiya fanining asosiy prinsiplari, katego-
riyalari va ilmiy tadqiqot usullari. 
3. Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va boshqa fanlar 
bilan bog‘liqligi.
 
1. Psixologiya fani haqida tushuncha 
Hozirgi davrda iqtisodiyot hamda madaniyatni tez va uyg‘un 
rivojlantirish, ijtimoiy munosabatlarni va siyosiy ustqurmani ta-
komillashtirish, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va oliy 
boyligi bo‘lmish insonning o‘zini yanada kamol toptirish manfaatlari 
yosh avlodlarga ta’lim-tarbiya berishga, shuningdek huquqiy mada-
niyatga yangicha, yana ham keng ko‘lamda yondashishni talab qiladi. 
Shu maqsadda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalari va 
dasturlari qayta ishlab chiqildi. Shu munosabat bilan, umumiy psixo-
logiya, bir tomondan, o‘ziga xos ravishda psixologiya faniga kirish 
vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan, tinglovchilarni avvalo shaxs 
psixologiyasi, uning faoliyati va jamiyatga munosabati haqida, uni 
tadqiq etish usullari, asosiy psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqida 
tegishli bilimlardan xabardor etgan holda, ularni o‘z kasbiga nazariy 
va amaliy jihatdan tayyorlashdan iborat aniq vazifani zimmasiga 
oladi. Bu bilimlarni egallamasdan turib, tinglovchilarning o‘qishi va 
mehnat faoliyatiga, profilaktik ta’lim va tarbiya berish, unga rahbarlik 
qilishga layoqatli professional mutaxassisni muvaffaqiyatli tarzda vo-
yaga yetkazib bo‘lmaydi. 
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining faoliyatida psi-
xologiya yoki psixologik bilimlar doimo zarur bo‘lgan, chunki ular 
bevosita va bilvosita odamlar bilan ishlaydi.  
Ijtimoiy hayot ehtiyojlari qadim zamonlardan buyon kishini teva-
rak atrofdagi odamlarning psixik xususiyatlarini farqlay bilishga va 
ularni o‘z xatti-harakatlarida hisobga olishga majbur etib kelgan. 
Dastlab bu xususiyatlarga jonning ta’siri deb izoh berilgan. «Jon» 
 
5


 
tushunchasining paydo bo‘lishi ibtidoiy odamlarning antimistik qa-
rashlari bilan bog‘liqdir. 
Keyinchalik jamiyat taraqqiy eta borgan sari rejalashtirish va 
ijroning, jismoniy mehnat va ishlab chiqarishning, ma’naviy kuchlar-
ning tabaqalashuvi, sinfiy jamiyatning paydo bo‘lishi va kishining 
mavhumlashtirish qobiliyati rivojlana borishi munosabati bilan 
jonning moddiylikdan xoli tabiati haqida g‘oyalar paydo bo‘ldi. Shu 
bilan birga, avvalgi antimistik, afsonaviy tasavvurlar o‘rnini ruhni 
borliqning tabiatni falsafiy tushunish manzarasi nuqtai nazardan 
tushuntirishga urinishlar egallay boshladi.  
Tabiatni falsafiy tushunuvchi allomalar – Fales (miloddan avvalgi 
VII–VI acrlar), Anaksimen (miloddan avvalgi V asr) va Geraklit 
(miloddan avvalgi VI–V asrlar) ruhni olamning ibtidosini tashkil 
etuvchi narsaning (suv, havo, olov) odamlar va hayvonlarga jon ato 
etuvchi shakli tarzida talqin qilishgan. Qadimgi yunon faylasuflarining 
bu g‘oyani izchillik bilan ilgari surishlari materializmning o‘ziga xos 
shakli – materiyaning jonliligi (gilozoizm) to‘g‘risidagi xulosaga olib 
keldi.  
Bunday materialistik g‘oyalarni Demokrit (miloddan avvalgi V–
IV asrlar), Epikur (miloddan avvalgi IV–III asrlar) va Lukresiy 
(miloddan avvalgi I asr) kabi atomistlarning rivojlantira borishi 
oqibati o‘laroq, ruh tanaga jon bag‘ishlovchi moddiy jism, shuningdek 
moddiy asos hisoblanmish aql, ya’ni boshqacha qilib aytganda, 
hayotning butun jarayonini boshqarish vazifasini bajaruvchi idrok 
bilan idora etiladigan a’zo sifatida talqin etila boshladi.  
Ruh bilan aqlning o‘zi tananing a’zolari bo‘lgani uchun ularning 
o‘zi ham tana hisoblanadi va atomistlarning fikriga ko‘ra, sharsimon 
kichik va ancha harakatchan atomlardan tarkib topadi. Bu fikrning 
soddaligiga qaramay, unda jonli narsa tananing eng sodda funksiya-
lardan tortib to psixikaga xos xususiyat ekanligining tasdiqlanishi 
progressiv hol edi. 
Shunday qilib, psixik faoliyatni ilmiy tushunish yo‘lidagi dastlab-
ki yirik muvaffaqiyatlar uning tabiiy olam qonunlariga bo‘ysunishini 
isbot qilish va uning ko‘rinishlari organizmning anatomik-fiziologik 
tuzilishiga bog‘liqligini kashf etish bilan uzviy aloqadordir.  
Shu bilan birga, o‘sha davr materializm namoyandalari ega bo‘l-
gan ma’lumotlar yordamida kishiga xos mavhum mantiqiy tafakkur 
 
6


 
qanday bo‘lishini, shaxsning ma’naviy fazilatlari qay tariqa tarkib 
topishini, kishining o‘z oldiga maqsad qo‘yishi va gavdani o‘z izmiga 
bo‘ysundira bilish qobiliyati qay yo‘sinda amalga oshirilishini va shu 
kabilarni tushuntirib berish qiyin edi. 
Insonga xos xulq-atvorga oid ushbu alomatlarni atomlar harakati 
doirasidan tashqariga olib chiqish, «sharbatlar» aralashmasi yoki 
miyaning tashqi tuzilishi bilan tushuntirish mumkin emas edi. Bu esa 
quldorlik jamiyati manfaatlarini himoya qiladigan faylasuflarga 
psixika haqidagi idealistik qarashlarini rivojlantirish uchun sharoit 
yaratib berdi.  
Bu faylasuflar orasida Aflotun (miloddan avvalgi 428 yoki 427–
337 yillar) alohida ajralib turadi. U jonning qismlari to‘g‘risidagi 
tushunchani yaratdi hamda ulardan aql-idrok, jasorat va orzu-istakni 
alohida ajratib ko‘rsatdi. Aflotun ular tananing turli qismlari (bosh, 
ko‘krak, qorin bo‘shlig‘i)da joylashgan bo‘ladi, degan fikrni ilgari 
surdi. Faylasufning fikricha, jonning qismlari odamlarda bir xil 
taqsimlangan bo‘lib, ulardan birining boshqalariga qaraganda ustun 
bo‘lishi individning u yoki bu ijtimoiy guruhga mansubligini belgi-
laydi. 
Aflotun psixologiyada dualizmning, ya’ni moddiy va ruhiy olamni 
tana bilan psixikani ikki mustaqil va antogonistik ibtidolar tarzida 
tushuntiradigan ta’limotning asoschisidir. Aflotunning dualizmiga 
qaraganda uning shogirdi Arastu (miloddan avvalgi 384–322 yil-
lar)ning ta’limoti ancha muvaffaqiyatli ravishda ilgarilab ketdi. U 
psixologik fikrlarni tabiiy va ilmiy asosda qayta ko‘rib, uni biologiya 
va tibbiyot bilan bog‘ladi. Arastuning «Jon to‘g‘risidagi» asari psixo-
logiyaning bu davrga kelib o‘ziga xos bilimlar sohasi sifatida ajralib 
chiqqanligidan dalolat beradi. 
Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo‘lib ruh va jonni 
tananing ajralmas qismi ekanligi g‘oyasini ilgari surdi. Shu bilan 
Arastu ilmiy psixologiya faniga asos soldi.  
Sharq allomalaridan Ibn Sino, Forobiy, Beruniy, Navoiy o‘z asar-
larida psixika va shaxs psixologiyasi muammolari yuzasidan turlicha 
yondashuvlar bilan chiqishdi. 

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə