O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov


Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/66
tarix30.04.2022
ölçüsü325,56 Kb.
#86302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

3. Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va 
boshqa fanlar bilan bog‘liqligi 
Hozirgi zamon psixologiya fani shakllanishning turli bosqichlari-
da bo‘lgan amaliyotning har xil sohalari bilan bog‘liq ilmiy fanlarning 
juda ham keng tarmoqli tizimini tashkil etadi. Psixologiyaning ko‘p 
 
16


 
sonli tarmoqlarini qay tarzda tasniflash mumkin? Tasniflash imko-
niyatlaridan biri yuqorida bayon qilingan psixika va ongning faoliyat-
da rivojlanish prinsipida mujassamlashgan.  
Shunga tayangan holda, psixologiya tarmoqlarini tasniflash uchun 
quyidagi psixologik jihatlar asos qilib olinishi mumkin:  
– muayyan faoliyat; 
– rivojlanish; 
– jamiyatga nisbatan munosabat. 
Inson faoliyatiga ko‘ra, hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi 
quyidagi ko‘rinishda aks etadi: 
mehnat psixologiyasi
– injenerlik psixologiyasi; 
– pedagogik psixologiya; 
– tibbiyot psixologiyasi; 
– yuridik psixologiya; 
harbiy psixologiya
– sport psixologiyasi; 
– savdo psixologiyasi. 
Agar psixologiyaning shaxobchalarini tasnif qilishda rivojlanish-
ning psixologik jihatlari asos qilib olinadigan bo‘lsa, u holda, biz 
uning rivojlanish prinsipi amal qiladigan quyidagi sohalariga duch 
kelamiz: 
a) yosh psixologiyasi; 
b) anomal (noto‘g‘ri) taraqqiyot psixologiyasi
c) qiyosiy psixologiya. 
Shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik jihat-
lariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:  
– ijtimoiy psixologiya; 
– mehnat psixologiyasi. 
Mehnat psixologiyasi, ijtimoiy psixologiyadan farqli o‘laroq, 
mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asos-
da tashkil qilish (MIT)ning psixologik jihatlarini o‘rganadi. 
Asosan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini, operatorlarning 
faoliyatini o‘rganadigan, odam bilan mashina o‘rtasida vazifalarni 
taqsimlash va muvofiqlashtirish hamda shu kabi boshqa muammolarni 
injenerlik psixologiyasi hal etadi. 
 
17


 
Kishining uchishini o‘rganish va uchish jarayonidagi faoliyatning 
psixologik qonuniyatlarini tadqiq qilish aviatsiya psixologiyasining 
obyekti hisoblanadi. 
Vaznsizlik va bo‘shliqda aniq mo‘ljal ola bilmaslik sharoitida, or-
ganizmga juda ko‘p ortiqcha ta’sirlar yuklangan paytda ro‘y beradigan 
asab-psixik zo‘riqishi bilan bog‘liq bo‘lgan alohida holatlar tug‘ilgan-
da kishi faoliyatining psixologik xususiyatlarini tadqiq qilishni kosmik 
psixologiya o‘rganadi. 
Pedagogik psixologiyaning 
predmeti kishiga ta’lim va tarbiya be-
rishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish predmeti hisoblanadi. 
Pedagogik psixologiya bir necha guruhga bo‘linadi: 
ta’lim psixologiyasi 
(didaktikaning, xususiy metodikaning, 
dasturlashtirilgan o‘qitishning, aqliy harakatlarini shakllantirishning 
psixologik asoslari va boshqalar)ni o‘rganadi; 
tarbiya psixologiyasi 
tarbiyaning psixologik asoslarini (o‘quv-
chilar jamoasi psixologiyasi, axloq tuzatish – mehnat pedagogikasi-
ning psixologik asoslarini) o‘rganadi. 
Shuningdek, 
o‘qituvchi psixologiyasi, aqli zaif bolalarni o‘qitish 
va tarbiyalash psixologiyasi 
pedagogik psixologiyasining bo‘limlari 
yoki tor sohalari hisoblanadi. 

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə