O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov


Oliy asab faoliyati haqida tushuncha



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/66
tarix30.04.2022
ölçüsü325,56 Kb.
#86302
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

3. Oliy asab faoliyati haqida tushuncha 
I. M. Sechenov «Bosh miya reflekslari» asarida ongli va ongsiz 
hayotning barcha harakatlari ro‘y berish usuliga ko‘ra reflekslardan 
iboratdir degan xulosaga kelgan edi. 
Shunday qilib, ongning harakati (psixik hodisa) ruhning tanasiz 
mohiyat xususiyati emas, balki I. M. Sechenov ta’biri bilan aytganda, 
ro‘y berish usuliga ko‘ra refleksga o‘xshash jarayondir. 
Ma’lumki, psixik jarayon o‘zicha emas, balki miyaning mohiyati
uning tegishli bo‘limlari funksiyasi sifatida tashqi olam haqidagi 
axborotning qayoqqa ketishi, qayerda saqlanishi va qayta ishlanishini 
ko‘rsatuvchi javob faoliyatining boshqaruvchisidir. Shunday qilib, 
kishining bilimlari, tevarak atrof haqidagi tasavvurlari, ya’ni indivi-
dual tajribaning butun boyliklari 
reflektor 
harakatga kiradi. Psixik 
hodisalar miyaning tashqi (tevarak atrofdagi muhit) va ichki (fiziolo-
gik tizimi sifatida organizmning holati) ta’sirlarga javobidir.  
Psixik hodisalar faoliyatning hozir ta’sir etayotgan (sezgilar, id-
rok) yoki qachonlardir, ya’ni o‘tmish tajribada (xotira) yuz bergan 
qo‘zg‘atuvchiga javob tarzida ro‘y beradigan, ana shu ta’sirni umum-
lashtiradigan, ular pirovardida olib keladigan natijalarni (tafakkur, xa-
yol) oldindan ko‘ra bilishga yordam beradigan, ba’zi bir ta’sirlar nati-
jasida faoliyatni (his-tuyg‘u, iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradi-
gan, umuman faollashtirib yuboradigan va boshqa xildagi ta’sirlar oqi-
batida uni tormozlashtiradigan, odamlar xulq-atvoridagi (tempera-
ment, xarakter va boshqalar) tafovutlarni aniqlaydigan doimiy bosh-
qaruvchilardir. 
 
31


 
I .M. Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik 
jihatdan boshqarilishi g‘oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariy qoida-
larni I. P. Pavlov tajriba yo‘li bilan tasdiqladi va aniqlashtirdi. U hay-
vonlarning, shuningdek odamning tashqi muhit bilan o‘zaro harakati, 
miya tomonidan boshqarilishi qonuniyatlarini kashf etgan edi. 
I. P. Pavlovning ushbu qonuniyatlarga nisbatan jami qarashlari odatda 
ikki xil signal tizimi haqidagi ta’limot deb ataladi. 
Narsaning timsoli (ko‘rinishi, eshitilishi, hid tarqatishi va shu 
kabilar) hayvonlar uchun biron-bir shartsiz qo‘zg‘atuvchi signal bo‘lib 
xizmat qiladi. Bu esa ular xatti-harakatining shartli refleks tarzida 
o‘zgarishiga olib keladi. 
Hozirgi zamon fanida mavjud tasavvurlarga qaraganda, orqa miya 
va miya naychasi reflektor faoliyatining asosan tug‘ma (shartsiz 
refleksi) hisoblangan shakllarni amalga oshiradi, katta yarim sharlar-
ning qobig‘i esa hayot kechirish jarayonida orttiriladigan va psixika 
tomonidan boshqariladigan xulq-atvor shakllari organi hisoblanadi. 
Miya katta yarim sharlari ishining umumiy qonuniyatlarini 
I. P. Pavlov aniqlab bergan. Olim o‘tkazgan klassik tajribalarda itlarda 
oldinlari faqat tegishli shartsiz qo‘zg‘atuvchi (masalan, ovqat)ning 
bevosita ta’siri ostida yuz beradigan fiziologik reaksiyaga (masalan, 
so‘lak oqishiga) olib kela boshlaydigan juda ham xilma-xil signallar 
beradigan shartli reflekslar hosil qilingan edi.  
Lekin uning ta’limotini shuning o‘zi bilangina cheklab qo‘yish 
noto‘g‘ri bo‘ladi. Real tarzda (laboratoriya sharoitida emas) hayvonlar 
ozuqa qachon og‘ziga tushishini kutib turmaydi, balki uni izlashga 
urinadi, harakat qiladi, harakatining samaradorligini tekshiradi, xullas 
sharoitga faol muvofiqlashadi.  
Shunday qilib, bosh miya yuksak taraqqiy etgan hayvonlar va 
odam psixikasini belgilaydigan darajada faoliyat ko‘rsatadigan organ 
yoki, to‘g‘rirog‘i, organlarning murakkab tizimidir. Psixikaning maz-
muni tirik mavjudot o‘zaro munosabatda bo‘ladigan tashqi olam bilan 
belgilanadi. Tashqi olam kishi miyasi uchun shunchaki oddiy biologik 
muhit (hayvon miyasi uchun bo‘lgani kabi) emas, balki odamlar 
o‘zlarining ijtimoiy tarixi davomida yaratgan hodisalar va narsalar 
omilidir. Har bir alohida odam hayotining dastlabki qadamlaridan 
boshlangan psixik rivojlanishning ildizlari tarixan tarkib topadigan 
madaniyatning eng qadimiy, eng chuqur davriga borib taqaladi. 
Psixologiya fani tarixida I. M. Sechenov va I. P. Pavlovlarning 
ta’limotlari chuqur iz qoldirdi. Hozirgi kunda ham o‘z qadr-qimmatini 
yo‘qotmagan, aksincha, yanada takomillashib bormoqda. 
 
32


 

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə