O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/66
tarix30.04.2022
ölçüsü325,56 Kb.
#86302
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

3-ma’ruza 
SHAXS PSIXOLOGIYASI 
1. «Shaxs» tushunchasi va uning psixologik tuzilishi. 
2. Shaxsning faolligi va yo‘naltirilganligi. 
3. Shaxsning shakllanishi. 
1. «Shaxs» tushunchasi va uning psixologik tuzilishi 
Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida psixologiya yoki 
psixologik bilimlar doimo zarur bo‘lgan. Chunki bu inson va uning 
ruhiyati bilan bog‘liq va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari 
bevosita va bilvosita shaxslar bilan ishlaydi. Shunday ekan, inson 
shaxsini o‘rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika 
kabi fanlar shug‘ullanadi. Hozirgi davrda inson muammosi aniq va 
ijtimoiy fanlarning umumiy tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda. 
Birinchidan, inson u yoki bu aloqa tizimiga binoan biologik 
evolutsiya mahsuli sifatida o‘rganiladi. Ikkinchidan, shaxs tarixiy 
jarayonning ham obyekti, ham subyekti tariqasida tadqiq etiladi. 
Uchinchidan, individ muayyan ko‘lamda o‘zgaruvchan taraqqiyotning 
genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzod tarzida 
ilmiy jihatdan tekshiriladi. 
XXI asrda yashovchi shaxslar insonparvarlik g‘oyalarini o‘zida 
aks ettiruvchi kishilar sifatida hayot va faoliyatda o‘zini o‘zi nazorat 
qilish, baholash, ifodalay olish, kamol toptirish, kashf qilish va o‘ziga 
o‘zi buyruq berish imkoniyatlariga ega bo‘lmoqlari lozim. Bu esa, o‘z 
navbatida, muayyan davrni taqozo etadi. 
Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga almashishi, shuningdek 
milliy mustaqillik va uning ne’matlari respublikamizda tub o‘zgarish-
larni vujudga keltirmoqda. Milliy tuyg‘u, milliy qiyofa, milliy ta’b, 
milliy kuy, milliy raqs, milliy ma’naviyat, qadriyat hamda ruhiyat 
ta’siri ostida o‘zining tub mohiyatini aks ettira boshladi. 
Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda 
rivoj topayotgan, boshqa odamlar bilan birgalikdagi faoliyatini amalga 
oshirayotgan va ular bilan munosabatga kirishayotgan kishi sekin-asta 
shaxsga aylanib bormoqda. Moddiy dunyoni, jamiyatni va, xususan, 
 
33


 
o‘zini o‘rganish va faol tarzda qayta o‘zgarish subyektiga aylan-
moqda. 
O‘z menligini anglagan, o‘zgalar bilan o‘zaro munosabatlarga 
kirisha oladigan, tabiat va jamiyatga faol ta’sir o‘tkaza oladigan, har 
qanday individga shaxs deyiladi. 
Chaqaloqning inson zotiga mansubligi individ tushunchasida 
ifodalanadi (bundan farqli o‘laroq, hayvonot bolasi dunyoga kelishi 
bilanoq va hayotning oxiriga qadar jonzod deb yuritiladi). «Individ» 
tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgan. 
Shunday qilib, muayyan kishini individ deb ataganda, biz juda 
ko‘p narsalarni aytgan bo‘lamiz. Aslini olganda, bu bilan uning po-
tensial ravishda inson ekanligi ta’kidlanadi. Individ sifatida dunyoga 
kelgan kishi alohida ijtimoiy fazilat kasb etadi, shaxs bo‘lib yetishadi. 
Individuallik kishining o‘ziga xosligini, uning boshqa odamlardan 
farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik 
temperament va xarakter xususiyatlarida, odatlarda, ustun darajadagi 
qiziqishlarda, bilish jarayoniga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, 
tasavvur)da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos usullari va 
boshqalarda namoyon bo‘ladi. 
«Individ» va «shaxs» tushunchalari bir-biriga o‘xshash bo‘lma-
gani singari, o‘z navbatida, shaxs va individuallik ham birlikni tashkil 
qiladi, lekin ular bir-biriga o‘xshash emas. 
«Shaxs» va «individuallik» tushunchalari qanchalik darajada bir-
likdan iborat bo‘lganiga qaramay, bir-biriga mos kelmasligining o‘zi 
ham shaxsning tuzilishini kishining individual-psixologik xislatlari va 
fazilatlaridan tarkib topadigan allaqanday shakl sifatida tasavvur qilish 
imkoniyatini bermaydi.  
«Shaxs» va «individuallik» tushunchalari (xuddi «individ» va 
«shaxs» tushunchalari singari) aynan bir-biriga o‘xshaydi, deb tan 
olinadigan va shaxsga tabiatan ijtimoiy munosabatlar subyekti sifati-
da, individning tizimi tarzidagi ijtimoiy fazilat sifatida qaraladigan 
G‘arb psixologiya fanining ayrim yo‘nalishlarida shaxs bilan indivi-
duallikning tuzilishi bir-biriga tobora mosligi tan olinadi. Bunday psi-
xologik maktablar va yo‘nalishlarning vakillari individuallikning tuzi-
lishi aniq ta’riflab berilsa bas, bu kishining shaxsini to‘lig‘icha o‘z 
ichiga oladi va ta’riflab beradi, degan nuqtai nazarni ilgari suradilar. 
 
34


 
Haqiqatda esa, agar shaxs hamisha o‘zining muayyan ijtimoiy 
muhiti bilan «haqiqiy munosabatlar» subyekt sifatida namoyon bo‘li-
shi inobatga olinadigan bo‘lsa, shaxsning tuzilishiga muayyan ijtimoiy 
guruhlar, jamoalar faoliyati va munosabatida tarkib topadigan ana shu 
«haqiqiy munosabatlar» va aloqalar muqarrar tarzda kiritilishi shart. 
Jumladan, psixologiyada individuallikning ko‘pgina xislatlari – 
moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, moyillik darajasi, tashvishlanish va 
shular kabilar aniqlangan. Bular jamlanib individning o‘ziga xosligini 
ko‘rsatadi. 
Shunday qilib, inson shaxsining tuzilishi individuallikning tuzili-
shiga qaraganda keng ekanligi shubhasiz. Shu boisdan bunga, birinchi 
navbatda, uning individualligini ko‘rsatadigan va faqat ehtirosda, ich-
ki qiyofada, qobiliyatlarda va boshqalarda ancha keng ifodalanadigan 
fazilatlari va umumiy tuzilishigina emas, balki shaxsning rivojlanish 
darajasi har xil bo‘lgan guruhlarda, guruh uchun yetakchi hisoblangan 
faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda o‘zini 
namoyon etishini ham qo‘shish shart. Individuallik tarzida shaxsni 
tadqiq etish natijasida olingan ma’lumotlar individlararo munosabatlar 
subyekti sifatida shaxsning ta’rifiga bevosita ko‘chirilishi mumkin 
emas: individual-tipik xususiyat shaxs yashayotgan va shakllanayot-
gan birlikning rivojlanishiga va individlararo munosabatlarning bilvo-
sita ifodasi hisoblangan faoliyatning xususiyati, qadriyatlari va maq-
sadlariga bog‘liq tarzda, jiddiy ravishda turli xil ko‘rinishda namoyon 
bo‘ladi. 
Inson shaxsi tuzilishida biologik (tabiat) va ijtimoiy omillarning 
o‘zaro nisbati masalasi hozirgi zamon psixologiyasidagi eng murak-
kab va munozarali masalalardan biridir. 
G‘arb psixologiyasining ayrim maktablarida shaxsda ikki omil – 
biologik hamda ijtimoiy omillar ta’siri ostida shakllangan ikkita asosiy 
kichik tuzilma borligini alohida ta’kidlaydigan nazariya sezilarli o‘rin 
egallaydi. 
Inson shaxsining o‘zi «endopsixik» va «ekzopsixik» tuzilishga 
bo‘linadi, degan fikr ham ilgari suriladi. Shaxs tuzilishining ichki tuzi-
lishi sifatida «endopsixika» bamisoli kishining asab-psixik tuzilishiga 
o‘xshash bo‘lgan inson shaxsining ichki mexanizmi kabi psixik qism-
lar va funksiyalarning o‘zaro ichki bog‘liqligini ifoda etadi. Ekzopsi-
xikaning tashqi muhitga munosabati bilan, ya’ni shaxs qanday bo‘l-
 
35


 
masin, baribir munosabatga kirishishi mumkin bo‘lgan va shaxsga qa-
rama-qarshi turadigan tuzilishlarining barchasiga nisbatan munosabati 
bilan belgilanadi. 
«Endopsixika» moyillik, xotira, tafakkur va xayol xususiyatlari, 
irodaviy zo‘r berish, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik kabi boshqa xis-
latlarni, «ekzopsixika» esa kishi munosabatlari tizimi va uning tajriba-
sini, qiziqishlarini, moyilliklarini, ideallarini ustun darajadagi his-
tuyg‘ularini shakllangan bilimlari va boshqa belgilarini o‘z ichiga 
oladi. Tabiiy asosdagi «endopsixika» ijtimoiy omil bilan belgilanadi-
gan «ekzopsixika»ga qarama-qarshi o‘laroq, biologik jihat bilan 
bog‘liqdir. 
Tabiiy tarkibiy jihatlar va belgilar kishi shaxsining individuallik 
tuzilishida uning ijtimoiy jihatdan taqozo etilgan qismlari sifatida 
mavjud bo‘ladi. Tabiiy (anatomik, fiziologik va boshqa fazilatlar) va 
ijtimoiy xislatlar birlikni tashkil toptiradi va shaxsning mustaqil kichik 
tuzilishi sifatida bir-biriga o‘zidan-o‘zi qarama-qarshi qo‘yilishi mum-
kin emas. 
Binobarin, individuallikning tuzilishida tabiiy, biologik omillar-
ning ham o‘rnini tan olgan holda, kishi shaxsidagi biologik kichik 
tuzilishni faqat shunga asoslanib ishlash mumkin emas. Negaki, unda 
ular o‘zgargan holda allaqachon mavjuddir. 
Shunday qilib, shaxsning tuzilishiga, birinchi navbatda, uning in-
dividualligini kishi ehtirosi, ichki qiyofasi, qobiliyatlarining tuzilishi-
da mujassamlashgan, shaxs psixologiyasini anglab yetish uchun zarur, 
lekin yetarli bo‘lmagan tizimli tarzda tuzilishi kiradi. Shu tariqa shaxs 
tuzilishining birinchi tarkibiy qismi uning individ ichkarisidagi 
(introindivid) kichik tizim alohida namoyon bo‘ladi. Introindivid va 
inter kichik tizimlari shaxsning o‘zini namoyon qilishning barcha 
jihatlarini aks ettira olmaydi. Shaxsning tuzilishini tarkib toptiradigan 
uchinchi bir qismni metaindivid (individning ustki ko‘rinishi) kichik 
tuzilishini ham alohida ko‘rsatish imkoniyati mavjud. 
Shunday qilib, inson shaxsining tuzilishi uchta tarkibiy qismdan, 
uchta kichik tizimdan iborat: shaxsning individualligi, uning shaxsla-
raro munosabatlar tizimida va boshqa odamlarda gavdalanganligi 
hamda shaxsning o‘zi kelib chiqishiga ko‘ra individlararo ijtimoiy 
munosabatlar va aloqalar subyekti sifatida mavjud bo‘lishiga barcha 
uchala jihatning birligida ta’riflangan bo‘lishi shart. 
 
36


 
Shaxsning metaindivid kichik tizimi kishining eng muhim ma’na-
viy ehtiyojlaridan biri shaxs darajasiga ko‘tarilish ehtiyojini, ya’ni o‘z 
faoliyati bilan boshqa odamlarning aqliy va emotsional jabhalarida 
ular uchun ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zgarishlar yasashini boshqalar-
dan ko‘proq darajada ifoda etadi. 
Shunday qilib, jamiyatda yashayotgan kishida ta’lim va tarbiya 
berish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan taqdirda ijtimoiy foydali faoliyatda 
shaxs darajasiga ko‘tarilish ehtiyojining shakllanishi va qondirilishi 
uchun barcha shart-sharoitlar tarkib topadi. 

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə