O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov


Qobiliyat va iste’dod haqida tushuncha



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/66
tarix30.04.2022
ölçüsü325,56 Kb.
#86302
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

2. Qobiliyat va iste’dod haqida tushuncha 
Qobiliyatlar shaxsning mazkur faoliyatni muvaffaqiyatli amalga 
oshirish sharti hisoblangan va buning uchun zarur bilim, ko‘nikma va 
malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda 
namoyon bo‘ladigan individual-psixologik xususiyatdir. 
Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar, ya’ni bir odam-
ning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’rifla-
nadi. 
Psixologiya metodologik asosining ko‘rsatishicha, qobiliyatlar im-
koniyatlar tizimidan tashkil topgan bo‘lib, u yoki bu faoliyatdagi 
zaruriy mahorat darajasi hisoblanadi. Psixologiya fani qobiliyatlar 
bilan faoliyatning muhim jabhalari bo‘lmish bilim, ko‘nikma va 
malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan, ularning 
birligini e’tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyatlar faqat faoliyatda 
ro‘yobga chiqadi, lekin shunda ham aynan shu qobiliyatlarsiz amalga 
oshirilishi amri mahol faoliyat ko‘rinishlaridagina aks etadi, xolos.
Bolalik davrida u yoki bu qobiliyatlarini atrof muhitdagi odamlar 
tan olmagan, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda 
munosib shon-shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan juda ko‘p 
allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi, Albert Eynshteyn 
(nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachevskiy (yangi geomet-
riya yo‘nalishi asoschisi) va boshqalarning o‘qigan davrida buyuk 
olim bo‘lib yetishishiga hech qanday kafolat yo‘q edi.  
 
92


 
Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va malakalarda aks etmaydi, balki 
ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi. Faoliyat uchun zarur 
bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqa-
digan farqlar, qobiliyatlar mulohaza yuritish imkonini beradi.  
Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish 
sharti hisoblangan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash dinamika-
sida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual-
psixologik xususiyati 
qobiliyatlar 
deyiladi. Ushbu xususiyatni aniq-
lash uchun ba’zi bir omillarni tahlil qilish maqsadga muvofiq: 
a) shaxsning muayyan sifatlari yig‘indisi belgilangan vaqt oralig‘ida 
egallagan faoliyati talablariga javob bersa, unda mazkur faoliyatga 
nisbatan qobiliyati mavjuddir; b) inson shunday holatlarda faoliyat 
talabiga javob bera olmasa, psixologik sifatlar, ya’ni qobiliyatlar 
mavjud emasdir (juda zaifdir).

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə