O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/66
tarix30.04.2022
ölçüsü325,56 Kb.
#86302
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

Xotira va uning ko‘rinishlari.
Odam ko‘rgan, his qilgan va 
eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina eslab qoladi. Psixikaning 
eng muhim xususiyati shundan iboratki, individ tashqi ta’sirlarning 
aks ettirilishidan o‘zining keyingi xatti-harakatlarida doimo foydala-
nadi. Individual tajriba orta borishi hisobiga xulq-atvor sekin-asta 
murakkablashadi.  
Agar tashqi dunyoning miya qobig‘ida hosil bo‘ladigan obrazlari 
beiz yo‘qolib ketaversa, tajribaning shakllanishi mutlaqo mumkin 
bo‘lmay qolur edi. Bu obrazlar bir-biri bilan o‘zaro turli aloqalar 
bog‘lagan holda mustahkamlanib, saqlanib qoladi hamda hayot va 
faoliyat talablariga muvofiq tarzda yana boshqatdan namoyon bo‘ladi. 
Individning o‘z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va 
keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deyiladi. 
Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish 
kabi asosiy jarayonlar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bu jarayonlarning 
har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat 
davomida shakllanadi va o‘sha faoliyat bilan belgilanadi. 
Xotira mexanizmlarini o‘rganishning psixologik darajasi xrono-
logik jihatdan boshqalardan ustunroq bo‘lib, fanda juda ko‘p turli 
yo‘nalishlar va nazariyalarning ilgari surilganligi ma’lumdir. Bu 
nazariyalarni ular xotira jarayonlarining shakllantirilishida subyekt-
ning faolligi qanday o‘rin tutishiga va bunday faollikning mohiyatiga 
qanday yondashuviga bog‘liq holda tasniflash va baholash mumkin. 
Xotiraning mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganishning ikkita 
eski darajasi – psixologik va neyrofiziologik darajasiga endilikda 
uchinchi – bioximik darajasi ham qo‘shildi. Xotirani o‘rganishga 
kibernetik jihatdan yondashuv ham tarkib topmoqda. 
Xotiraning mexanizmlari haqidagi fiziologik nazariyalar I. P. Pav-
lovning oliy asab faoliyati qonuniyatlari haqidagi ta’limotning eng 
muhim qoidalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Muvaqqat shartli 
bog‘lanishlarning hosil bo‘lishi haqidagi ta’limot subyektning indivi-
dual tajribasi tarkib topishining mexanizmlari haqidagi ta’limot, ya’ni 
aslida «fiziologik darajada esda olib qolish» nazariyasidir. Chindan 
ham, shartli refleks yangi mazmun bilan ilgari o‘zlashtirib mustah-
 
54


 
kamlangan mazmun o‘rtasida hosil qilinadigan bog‘lanish sifatida 
esda olib qolish jarayonining fiziologik negizini tashkil etadi. 
Shunday qilib, hozirgi bosqichda xotiraning mexanizmlarini o‘r-
gaishning neyrofiziologik darajasi bioximik tadqiqotlar darajasiga 
tobora yaqinlashib va ko‘pincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shilib ketmoqda. 
Bu hol ushbu darajalarning tutashgan joyida olib borilayotgan ko‘plab 
tadqiqotlarda o‘z tasdig‘ini topdi. Ana shu tadqiqotlar asosida esda 
olib qolish jarayonining ikki bosqichli xususiyatga egaligi haqidagi 
faraz paydo bo‘ldi. Bu gipotezaning mohiyati quyidagilardan iborat-
dir. Birinchi bosqichda (qo‘zg‘atuvchining bevosita ta’siridan so‘ng) 
miyada hujayralarda asl holiga qaytuvchi fiziologik o‘zgarishlarni 
keltirib chiqaradigan qisqa muddatli elektroximik reaksiya yuz beradi. 
Ikkinchi bosqich birinchi bosqich negizida yuzaga kelib, aslida u 
yangi oqsil moddalar (protsinlar)ning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan bioximik reaksiyadan iboratdir.  
Birinchi bosqich sekundlar yoki minutlar mobaynida davom etadi 
va u qisqa muddatli esda olib qolishning fiziologik mexanizmi hisob-
lanadi. Hujayralarda qaytarilmaydigan o‘zgarishlarga olib keladigan 
ikkinchi bosqich uzoq muddatli xotiraning mexanizmi hisoblanadi. 
Xotira ta’riflarining esda olib qolish va qayta esga tushirish ja-
rayonlari sodir bo‘ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog‘liqligi 
xotiraning har xil turlarini ajratish uchun umumiy asos bo‘lib xizmat 
qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy mezonga muvofiq 
tarzda bo‘linadi: 
1) faoliyatda ko‘proq sezilib turadigan psixik faollikning xusu-
siyatiga qarab xotira harakat, emotsional, obrazli va so‘z-mantiqli 
turlarga bo‘linadi; 
2) faoliyatning maqsadlari, xususiyatiga ko‘ra ixtiyorsiz va ix-
tiyoriy xotira turlariga bo‘linadi; 
3) materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash 
muddatiga ko‘ra (uning faoliyatdagi ahamiyati va tutgan o‘rniga 
bog‘liq ravishda) qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira 
turlariga bo‘linadi. 
Harakat xotirasi – 
turli ish-harakatlar va ularning tizimini esda 
olib qolish, esda saqlash va yana qayta esga tushirishdan iborat. Inson 
faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko‘rinishlari 
ustunlik qilishi kuzatiladi: masalan, harakat, hissiyot, idrok, aql-
 
55


 
zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko‘rinishi mavjud. Ana shu ruhiy 
faollik turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulot-
larida o‘z ifodasini topib, harakatlarda, emotsional kechinmalarda, 
tuyg‘ularda, timsollarda, fikr va mulohazalarda aks etadi.  
Xotiraning boshqa turlariga qaraganda, harakat xotirasi ba’zi 
odamlarda aniq-ravshan ustunlik qilayotganligi uchrab turadi. Masa-
lan, bir musiqa ishqibozi musiqiy asarni xotirasida mutlaqo qayta 
tiklay olmas ekan, lekin u yaqindagina eshitgan operani faqat panto-
mima tarzidagina qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘lgan. 
Emotsional xotira – 
his-tuyg‘uga xos xotira. Bu xotira his-
tuyg‘ular, ruhiy kechinmalar, hissiyotlar bizning ehtiyojlarimiz va 
qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va 
hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatlarimiz qay tarzda 
amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga 
ega. Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida emotsional 
xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi.  
Voqelikdagi narsa va hodisalardan, o‘z-o‘zimizga bo‘lgan mu-
nosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechin-
malarni esda qoldirish, esga tushirishdan iborat xotira turi 
emotsional 
xotira 
deb ataladi. Ular ruhiyatimizda kechirgan, ma’naviyatimizga 
ta’sir qiluvchi, xotiramizda saqlanib qolgan his-tuyg‘u, ehtiros, alam, 
armon kabilarni jonlantirishga undovchi yoki o‘tmishda salbiy kechin-
malarga ega bo‘lgan harakatlardan saqlab turuvchi signal tarzida 
namoyon bo‘ladi. Emotsional xotira o‘zining vujudga kelish xusu-
siyati, tezligi, dinamikasi, davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlari-
dan ma’lum ma’noda ajralib turadi. 

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə