O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning mazmuni



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə17/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

III bob
MA’MURIY-HUQUQIY MUNOSABATLAR


1-§. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning mazmuni


Ma’muriy-huquqiy munosabatlar huquqiy munosabatlar- ning, ya’ni boshqaruv sohasidagi huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning alohida turidir. Har qanday huquqiy munosabat kabi ma’muriy-huquqiy munosabat:



      • birinchidan, ijtimoiy munosabatga huquq normasining tartibga soluvchi va unga yuridik tus beruvchi ta’siri mahsulidir;

      • ikkinchidan, huquqiy munosabat tomonlarining harakatlari (xulq-atvori)ni huquq normasi bilan tartibga soladi;

      • uchinchidan, huquqiy munosabat tomonlarining huquqlari va majburiyatlarini huquqiy norma bilan belgilangan tartibda me’yorlaydi va mutanosiblashtiradi;

      • to‘rtinchidan, huquq normasi talablariga javob bermaydigan xulq-atvor uchun tomonlarning yuridik javobgarligini belgilaydi. Shunday qilib, ma’muriy-huquqiy munosabat ikki tomonlama xususiyat kasb etadi, ya’ni, bir subyekt huquqlariga boshqa subyektning majburiyatlari mos keladi, yoki aksincha.

Ma’muriy huquq normasi o‘z-o‘zidan muayyan ma’muriy- huquqiy munosabatni vujudga keltirmaydi. U — bunday munosabat vujudga kelishining asosi bo‘lib, tegishli sharoitda va tegishli subyektlar mavjud bo‘lganda boshqaruvga oid munosabat ma’muriy-huquqiy shakl-shamoyil kasb etadi. Ma’muriy-huquqiy norma taraflar vakolatlarining hajmini, ularning o‘zaro huquq va majburiyatlarini, shuningdek majburiyatlarni bajarmaganlik yoki huquqlarni buzganlik uchun yuridik javobgarlikni belgilaydi. Ma’muriy-huquqiy norma bir taraf uchun mumkin bo‘lgan xulq- atvor turi va me’yorini, boshqa taraf uchun esa — joiz xulq-avor turi va me’yorini belgilaydi.
Ma’muriy-huquqiy munosabatni davlat boshqaruvi sohasida vujudga keluvchi, ma’muriy-huquqiy norma bilan tartibga solingan boshqaruvga oid ijtimoiy munosabat sifatida tavsiflash mumkin.
Ma’muriy huquq nazariyasida qayd etilishicha, barcha ma’muriy- huquqiy munosabatlar boshqaruvga oid munosabatlarning yuridik shakli bo‘lganligi bois, ularga boshqaruvning asosiy xususiyatlari xosdir. Ular davlat boshqaruvi funksiyalarini amalga oshirish jarayonida turli jamoalar o‘rtasida yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabat shakllaridan biridir. Ular o‘z mazmuniga ko‘ra irodaviy munosabatlardir, chunki ma’muriy-huquqiy munosabatlar o‘z ishtirokchilarining xohish- irodasi va ongi bilan belgilanadi. Shuningdek, bunday munosabatlar tashkiliy xususiyatga ega, zero ular davlat boshqaruvining tashkillashtiruvchi mohiyatini aks ettiradi. Nihoyat, mazkur munosabatlar ma’muriy xususiyat kasb etadi, ya’ni taraflar o‘rtasidagi aloqalar zamirida hokimiyat-tashkiliy (boshqarish- bo‘ysunish) munosabatlari yotadi. Ushbu muhim umumiy jihatlar doirasida ularning asosiy xususiyatlarini yoritish o‘rinli bo‘ladi.
Birinchidan, ma’muriy-huquqiy munosabatlar faqat mazkur munosabatlarni vujudga keltiradigan va ular orqali amalda joriy etiladigan ma’muriy-huquqiy normalarga muvofiq yuzaga keladi, o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi. Bu huquqiy munosabatlar doirasida taraflarning xulq-atvori, ularning o‘zaro huquq va majburiyatlari ma’muriy huquq normalari bilan qat’iy tartibga solinadi.
Ikkinchidan, ma’muriy-huquqiy munosabatlar alohida sohada, aniqroq aytganda, davlat boshqaruvi subyektlarining ijroiya-boshqaruv, ya’ni hokimiyat-tashkiliy faoliyati sohasida vujudga keladi. Bu huquqiy munosabat taraflarining huquqlari va majburiyatlari mazkur turdagi davlat faoliyatining vazifalari bilan uzviy bog‘liq. Demak, ma’muriy-huquqiy munosabatlar yuzaga keladigan, o‘zgaradigan va bekor qilinadigan sohaning chegarasi ancha aniq namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan, ma’muriy-huquqiy munosabatlarning taraflari subyektiv huquqlar va yuridik majburiyatlar bilan o‘zaro bog‘liq. Bu bog‘lanish natijasida yuzaga keluvchi huquqiy munosabat doirasida bir tarafning (huquqiy munosabat subyektining) huquqiga boshqa tarafning majburiyati mos keladi, yoki aksincha.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə