O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə2/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

UMUMIY QISM





  • Ma’muriy huquq huquq tarmog‘i sifatida

  • Ma’muriy huquq subyektlari

  • Davlat boshqaruv faoliyatining shakllari va usullari

  • Ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik

  • Ma’muriy jarayon va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ishlarni yuritish

  • Davlat boshqaruvida qonuniylik va intizom



B i r i n c h i b o ‘ l i m


MA’MURIY HUQUQ HUQUQ TARMOG‘I SIFATIDA



I bob


MA’MURIY HUQUQ FANINING TUSHUNCHASI, PREDMETI VA TIZIMI


1-§. Davlat boshqaruvi tushunchasi, funksiyalari va prinsiðlari


«Ma’muriy huquq» atamasi lotincha «administratio» so‘zidan olingan bo‘lib, «boshqaruv huquqi» ma’nosini anglatadi. Shu sababli, «Ma’muriy huquq» fanining mazmun-mohiyatini ochib berishdan avval «boshqaruv», «davlat boshqaruvi» tushunchalarini anglab olish lozim.
Boshqaruv davlat paydo bo‘lmasdan oldin vujudga kelgan bo‘lib, kimni, nimani yoki qandaydir faoliyatni «yo‘naltirish, unga rahbarlik qilish» ma’nosini anglatadi.

  1. asrning 60-yillarida turli sohalardagi boshqaruv jarayonini o‘rganuvchi fan — kibernetika1 vujudga keldi. Matematik apparat, matematik mantiq va funksiya nazariyasidan foydalanib, avtomatik tartibga solish, axborot va ilm-fanning ko‘pgina boshqa sohalaridagi eng muhim tajribalarni (yutuqlarni) birlashtirish imkonini berdi. Kibernetika — boshqaruv, aloqa, kontrol, tartibga solish, qabul qilish, saqlash va axborotni qayta ishlash kabi masalalarni o‘rganuvchi fan sifatida vujudga keldi. Bunda boshqaruv tushun- chasi, jarayonlari, hamda prinsiðlariga, yagona tizimni tashkil etuvchi turli elementlarning o‘zaro aloqasiga alohida e’tibor qaratilgan. Boshqaruv mazmunini ochib beruvchi «tizim» tu- shunchasi esa quyidagi xususiyatlarning mavjudligi bilan tav-

siflanadi:

  1. boshqaruvning maqsadi va vazifalari;

  2. boshqaruv subyekti va obyekti;

  1. boshqaruv funksiyalari;

  2. boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi;

  3. tizim elementlarining yagonaligi, mustaqilligi va o‘zaro aloqasi;

  4. faoliyatning ma’lum bir shakl va uslublari1.

Kibernetika fanidan kelib chiqqan holda, boshqaruv to‘g‘risida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

  1. boshqaruv — turli xil (biologik, texnik, ijtimoiy) tashkil etilgan tizimning funksiyasi bo‘lib, uning yaxlitligini ta’minlaydi, ya’ni tizim oldida turgan vazifalarning amalga oshirilishiga erishiladi, uning tuzilmasi va faoliyatining o‘rnatilgan tartibi saqlab turiladi;

  2. boshqaruv u yoki bu tizim elementlarining o‘zaro munosa- batlari manfaatiga xizmat qiladi;

  3. boshqaruv yaxlit tizimning ichki sifatini tashkil etadi, uning asosiy elementlari bo‘lib esa, o‘zini o‘zi tashkil etish (bosh- qarish)ga asoslanuvchi va doimiy munosabatda bo‘luvchi subyekt (boshqaruvchi element) va obyekt (boshqariluvchi element) hisoblanadi;

  4. boshqaruv nafaqat tizimni tashkil etuvchi elementlarning o‘zaro ichki munosabatini, balki mavjud turli xil iyerarxik darajadagi tizimlarning xususiyatiga ko‘ra ham ichki, ham tashqi boshqaruv funksiyalarini amalga oshirishni nazarda tutadi;

  5. boshqaruv o‘z mohiyatiga ko‘ra subyektning obyektga nisbatan boshqaruvchilik ta’sirini anglatib, tizimni tartibga solish va faoliyatini ta’minlash uning mazmunini tashkil etadi. Boshqaruv

- maqsadga muvofiq tartibga solingan ta’sir etish bo‘lib, subyekt va obyekt o‘rtasidagi munosabatda qo‘llaniladi va subyekt tomonidan bevosita amalga oshiriladi;

  1. boshqaruv obyektining subyektga, ya’ni boshqariluvchi elementning boshqaruvchi elementga bo‘ysunganida mavjud bo‘lishi mumkin.



1 Áåðã À.È. Êèáåðíåòèkа – íаókа îá îпòèìальíîì óпðаâлåíèè.— Ì.,

1964; Âèíåð Í. Êèáåðíåòèkа è îáùåñòâî. – Ì., 1958.
1 Êíîððèíã Â.È. Èñkóññòâî óпðаâлåíèя: Ó÷åáíèk. – Ì., 1997. – C. 6.

Huquqshunos olim B.N.Gabrichidze boshqaruvning ikki turini ko‘rsatib o‘tadi:

    1. jamiyatni boshqarish (ijtimoiy boshqaruv) — ijtimoiy hayotga yoki uning bir qancha yoxud ayrim sohalariga ta’sir etish, ijtimoiy ishlarni boshqarish;

    2. davlatni boshqarish — davlat hayotini uning olib borayotgan siyosatiga moslashtirish maqsadida davlat yoki uning institutlarining maqsadga muvofiq ta’sir etishidir1 .

Davlat boshqaruvi - ommaviy ehtiyoj va manfaatlarni anglash, ularni baholash va tarkibiy qismlarga ajratish, aniq maqsadlar qo‘yish, ma’lum bir qarorlar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash uchun mavjuddir. Shu sababli, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirishning ijtimoiy mexa- nizmi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hodisalarning, ya’ni ehtiyoj
— manfaat — maqsad — qaror — harakat - natijaning yagona zanjiri sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat boshqaruvi tushunchasiga turlicha yondashish mumkin. Ko‘p hollarda, davlat boshqaruvi qonun chiqarish va odil sudlov faoliyati doirasidan tashqarida bo‘lgan davlat va davlat-hokimiyat subyektlarining faoliyati sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat boshqaruvi murakkab, harakatchan tizimga ega bo‘lib, uning har bir elementi ijtimoiy hayotni tartibga solishga ta’sir ko‘rsatadi.
Yuridik adabiyotlarda davlat boshqaruvining tizimlilik xususiyatiga alohida e’tibor beriladi. Chunki bu faoliyatga boshqaruv aktlarini qabul qiluvchi va amalga oshiruvchi boshqaruvchilar (davlat xizmatchilari va mansabdor shaxslar), shuningdek, fuqaro- lar hamda moliyaviy, tashkiliy va moddiy resurslar jalb qilingan. Davlat boshqaruvining tizimliligi — belgilangan maqsad va vazifalarga erishish hamda boshqaruv funksiyalarini samarali amalga oshirishni ta’minlaydi.
Davlat boshqaruviga berilgan barcha ta’riflarda uning asosiy mazmuni — davlatning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan maqsadga muvofiq amaliy ta’sir etishi ko‘rsatib o‘tilgan.


1 Ãaáðè÷èaçå Á.Í., ×åðíяâñêèũ À.Ã., Êèì-Êèìýí À.Í. Àдìèíèñòðаòèâíîå пðаâî: Ó÷åáíèk. – Ì.: TÊ Âåлáè, Èçд-âî Мðîñпåkò. – 2004. – C. 7.
Davlat boshqaruvi mazmun-mohiyatini yoritib berishda uning quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish lozim.


  1. Yüklə 1,19 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə