O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Davlat boshqaruvi prinsiðlari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə5/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

2-§. Davlat boshqaruvi prinsiðlari


Davlat boshqaruvining o‘ziga xos xususiyatlarini uning prinsiðlarida ko‘rish mumkin. Har qanday davlat faoliyati singari davlat boshqaruvi ham ma’lum bir prinsiðlarga tayangan holda amalga oshiriladi.
Prinsiðlarga bo‘ysunish xosdir. Boshqaruv prinsiðlari obyektiv qonuniylikni aniqlashning va undan aql-idrok bilan foydalanish shakllaridan biri hisoblanadi.
Prinsiðlarga so‘zsiz rioya qilish lozim. Agar boshqaruv prinsiðlari buzilsa, u bevosita amaliy vazifalarni hal etishga to‘sqinlik qiladi.
Boshqaruv prinsiðlari turli-tumandir. Shu bilan birga, ular o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Prinsiðlarning ba’zilariga rioya qilish boshqalarining amalga oshirilishiga ko‘maklashadi, va aksincha, ma’lum bir prinsiðga rioya etmaslik boshqalarining buzilishiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, davlat boshqaruvining quyidagi asosiy prinsiðlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Qonunning ustunligi va hamma uchun majburiyligi prinsiði. Bu prinsiðga asosan O‘zbekiston Respublikasining barcha qonunlari va boshqa huquqiy normalari muqaddas bo‘lib, barcha shaxslar ularga amal qilishi shart. Bu prinsið Asosiy qonunimiz — Kons- titutsiyaning 15-moddasida o‘z ifodasini topgan. Unga binoan O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konsti- tutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar.
Jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibot tantana qilmasa, shaxsning huquq va erkinliklari qat’iy intizom, ichki uyush- qoqlik va mas’uliyat jihatidan ustuvor bo‘lmasa, qonunlar va milliy an’analar, urf-odatlar, umuminsoniy qadriyatlar hurmat qilinmasa, demokratik huquqiy davlatni barpo etib bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda u asosda qabul qilingan qonunlar oldida barcha birday mas’uldir. Qaysi bir jamiyatda qonunlar bajarilmay qog‘ozda qolib ketsa, unday jamiyat aslo ravnaq topmaydi, adolatga erisha olmaydi. Qonun amalda bo‘lishi kerak. Qonun qabul qilindimi, uning ijrosi ham qat’iy bo‘lmog‘i lozim. Aynan shu yerda davlat boshqaruvining asosiy vazifasini ko‘rish mumkin, ya’ni davlat boshqaruvi - O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarini ijro etishga
xizmat qiladi.
Demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan biri

  • barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta’minlashdir. Konstitutsiya va qonun- larning ustuvorligi:

birinchidan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonunning qat’iyan hukmronligini, hech kim, hech bir davlat organi, man- sabdor shaxs, fuqaro qonunga bo‘ysunish majburiyatidan holi bo‘lishi mumkin emasligini anglatadi;
ikkinchidan, asosiy ijtimoiy, eng avvalo iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun yo‘li bilan tartibga solinadi, uning barcha ishtirokchilari esa hech bir istisnosiz huquq normalarini buzganlik uchun huquqiy javobgarlikka tortiladi.
Konstitutsiya va qonunlarning pirovard maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini ta’minlashdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Zotan ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur ta’kidlaganidek, «Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo‘ladi».
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov O‘zbekis- tonda yangi jamiyat qurish va bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun barcha kishilarning qonunga amal qilishini muhim prinsið ekanligini, o‘zining «Qonun va adolat ustuvorligining hayotbaxsh manbai» nutqida: «Qonun, yana bir bor qonun — katta-yu
kichik, jinsidan, millati, e’tiqodi va mansabidan qat’i nazar, - barchamiz uchun ustuvor bo‘lmog‘i darkor!», — deb ko‘rsatadi1 . Qonuniylikning yagonaligi prinsiði. Bu prinsið O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlar bir xilda qo‘llanilishini, barcha
fuqarolarning qonun oldida tengligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalarini demokratlashtirish yo‘liga o‘tdi. Jahon tajribasidan ma’lumki, insonning asosiy huquq hamda erkinliklarini qat’iy himoya qilmasdan va uni amalda ta’minlamasdan turib, jamiyatni demokratlashtirish mumkin emas.
Inson huquqlarini tushunib yetish uchun nihoyatda muhim bo‘lgan odamlarning tabiiy tengligi g‘oyalari qadimgi yunon mutafakkirlari — Protagor, Antifont, Likofron va qadim Xitoy donishmandi Konfutsiyning siyosiy hamda huquqiy ta’limotlarida ilgari surilgan. Huquq subyekti va qonun oldida tenglik tushunchalarini ishlab chiqishdagi xizmatlar qadimgi Rim huquqshunoslariga tegishli. Sitseron «Hamma qonun ta’siri ostida bo‘lishi kerak», deb ta’kidlagan edi.
O‘zbekiston Respublikasida qonuniylikning yagonaligi va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi:
birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari uning barcha hududida amal qilishini hamda boshqa normativ - huquqiy hujjatlar qonun asosida qabul qilinib, ularga zid bo‘lmasligini talab qiladi;
ikkinchidan, O‘zbekiston qonunlari uning ijtimoiy va davlat tuzumini, barcha millat va elatlarning manfaatlarini qo‘riqlaydi;
uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qonunlar bir xilda qo‘llaniladi.




1 Êaðèìîâ È.À. Áèç kåлаæаãèìèçíè уç ³улèìèç áèлаí ³óðаìèç. T.7. – T., 1999. – 252-á.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə