O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə7/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

Davlat boshqaruvining aholi madaniy darajasi bilan bog‘liqligi prinsiði. Qonuniylik aholining madaniy darajasi, davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati bilan bog‘liqdir.
Kishilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati qancha yuqori bo‘lsa, qonuniylik va huquq-tartibot shunchalik ta’min- lanadi, qonun buzilishi kam bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25-iyundagi
«Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida»gi farmoniga ko‘ra huquqiy demokratik davlat qurilishi, qonunchilikni mustahkamlash va ijtimoiy adolat qaror topishini ta’minlash, ma’naviy va madaniy rivojlanishning ustuvor yo‘na- lishlarini belgilash, amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi mazmun bilan boyitish, aholining huquqiy bilimi va ongini yuksaltirish, jamiyat siyosiy faolligini oshirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va jamoatchilik fikrini o‘rganish borasidagi ishlarni yaxshilash maqsadida:

  1. aholining huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy tarbiyasini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar - davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi;

  2. respublikada huquqiy davlat qurilishi yo‘lida olib bori- layotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar va bu borada qabul qilingan qonunlar mohiyatini aholi tomonidan chuqur anglab yetilishiga har tomonlama ko‘maklashish - davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish idoralari, o‘quv yurtlari hamda huquq- shunos olimlarning eng dolzarb vazifasi ekanligi ko‘rsatib o‘tildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «Jamiyatda

huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» to‘g‘risidagi 1997-yil 29- avgust qarorida asosiy vazifa sifatida - huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirib, keng xalq o‘rtasida huquqiy tarbiyani mustahkamlab, aholi madaniy darajasini ko‘tarish vazifasi belgilab qo‘yildi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə