O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə10/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

Umumiy qism — bunda davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonining umumiy tomonlarini belgilab beruvchi ma’muriy-huquqiy normalar (ma’muriy-huquqiy institutlar, bo‘limlar) nazarda tutilgan. Ma’muriy huquq fani tizimining umumiy qismi quyidagi institutlardan iborat:

  • davlat boshqaruvi tushunchasi, o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy prinsiðlari;

  • davlat boshqaruvi subyektlari va ularning huquqiy maqomi;

  • davlat boshqaruvi shakllari va uslublari;

  • davlat boshqaruvida ma’muriy-huquqiy majburlov choralari;

  • ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik;

  • ma’muriy jarayon;

  • davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlash.

Maxsus qism — bunda jamiyatning alohida sohalarida amalga oshiriladigan davlat boshqaruvining xususiyatlarini belgilab beruvchi ma’muriy-huquqiy normalar (ma’muriy-huquqiy institutlar, bo‘limlar) ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • iqtisodiyot sohalarini boshqarish (sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa, yo‘l xo‘jaligi, xizmat ko‘r- satish sohalari);

  • ijtimoiy-madaniy sohalarni boshqarish (ta’lim, fan, mada- niyat, jismoniy tarbiya va sport, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish);

  • ma’muriy-siyosiy faoliyat sohasini boshqarish (mudofaa, davlat xavfsizligi, ichki ishlar, tashqi ishlar, adliya);

  • tarmoqlararo boshqa sohalarni boshqarish (tabiatni muho- faza qilish, moliya va kredit tizimi, tashqi iqtisodiy faoliyat, davlat statistikasi, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish va hokazo).

Huquq tizimining ilmiy asoslanganligi, uning obyektiv mavjud munosabatlar asosida tuzilishi ma’muriy-huquqiy normalarning eng to‘g‘ri qo‘llanishi uchun imkon beradi hamda qonunchilikni mustahkamlashga va ma’muriy huquq asosida vazifalarini bajarishga yordam beradi.
Ma’muriy-huquqiy normalar ko‘p sonli huquqiy hujjatlarda (manbalarda) mustahkamlangan. Huquq manbalari — huquqiy normalar ifodasining tashqi shakllari, huquq mavjud bo‘lishining shakllari hisoblanadi.
Respublikamizda mulkchilikning xilma-xil shakllarini vujudga keltirish va ularga teng shart-sharoitlar yaratib berish, korxona, muassasa va tashkilotlar o‘rtasida raqobatni avj oldirish, boshqa-
rishning oldingi uslubidan (ma’muriy-buyruqbozlik) butunlay voz kechish, iqtisodiy omil va vositalarni keng joriy etish — bozor munosabatlarining tub negizidir. Ushbu jarayonda davlat boshqaruvi faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonunchilik hujjatlari qabul qilingan. Bu qonunchilikning asosini - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 8-dekabrda bo‘lib o‘tgan o‘n ikkinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — ma’muriy huquqning asosiy manbai sifatida, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirishning boshlang‘ich huquqiy asoslarini belgilab bergan.
Konstitutsiyaning bir necha moddalari bevosita davlat boshqaruvini huquqiy tartibga solishga qaratilgan. Jumladan, Konstitutsiyaning 1-moddasida O‘zbekiston — suveren demokratik respublika, deb ko‘rsatilgan va o‘zbek davlatchiligining tub mo- hiyati, ya’ni O‘zbekiston suveren davlat ekanligi bevosita ta’kid- langan.
Suverenitet — har qanday davlatning eng muhim, ajralmas belgilaridan biridir.
O‘zbekiston — demokratik davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, fuqarolarning jinsi, irqi, tili, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar, huquq va erkinliklari ta’minlab beriladigan davlatdir.
O‘zbekistonda davlatni boshqarish shakli respublikadir. Res- publika - xalq hokimiyati demakdir. Respublika — eng asosiy umuminsoniy huquqiy boyliklardan biri. Boshqaruvning respublika shakli davlat organlari vakolatlarini aniq belgilab berishni, qonun chiqaruvchi va ijroiya organlarining saylab qo‘yilishini anglatadi.
Konstitutsiyaga binoan, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar (2-m.).
Mazkur konstitutsiyaviy norma orqali fuqarolar manfaatining ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan.
Davlatning fuqarolar oldidagi mas’uliyatining mavjudligi demokratik huquqiy davlatning muhim belgilaridan hisoblanadi. Davlat qonun doirasida insonlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bermog‘i lozim. Shuning uchun ham, davlat xalq irodasini ifodalamog‘i, uning manfaatlari, xohish-istaklariga xizmat qilmog‘i lozim.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy- hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.
Mazkur konstitutsiyaviy qoidadan kelib chiqadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida o‘zining davlat hokimiyatini va davlat boshqaruvi organlarining tizimini belgilab beradi. Konstitutsiyaning beshinchi bo‘limi aynan shu masalalarni yoritib berishga qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaat- larini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisob- lanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi (7-m.). Demak O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati, shu jumladan, boshqaruv faoliyati qonunlarda nazarda tutilgan tartibda tashkil etilgan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat organlari faqatgina qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan vakolat
doirasida harakat qilishlari mumkin.
Davlat organlarining Konstitutsiya va qonunlarga so‘zsiz itoat etishi va shu asosda faoliyat ko‘rsatishi huquqiy davlatning muhim belgisi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin (10-m.).
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsiðiga asoslanadi (11-m.).
Mazkur konstitutsiyaviy norma orqali davlat hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyat tartibi — vakolatlarning taqsimlanishi prinsiði asosida amalga oshirilishi belgilangan.
Hokimiyat tizimining bo‘linishi prinsiði huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan biridir.
Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiðlari asosida amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ko‘rsatib o‘tganidek: «Davlatning faol islohotchilik mavqeida butun diqqat- e’tiborni iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish muammolarini birinchi navbatda hal etishga, qonuniylik va huquq-tartibotga rioya qilishga, eski iqtisodiy munosabatlarni bozor munosabatlariga aylantirishga qaratish ijtimoiy barqarorlik uchun mustahkam negizni vujudga keltiradi»1 .
O‘zbekiston ijtimoiy adolat jamiyatidir. Kuchli ijtimoiy siyosat adolatli jamiyat va demokratik davlat barpo etishning asosiy mezonidir.
Ma’muriy huquqning asosiy manbalaridan yana biri — bu 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan va 1995-yil 1-apreldan kuchga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksidir. Ushbu Kodeksga binoan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning o‘z vaqtida va obyektiv ko‘rib chiqilishini, shuningdek, bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqaro- larni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks — qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzar- lik hisoblanishi, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.


1 Êaðèìîâ È.À. ¤çáåkèñòîí ìèллèé èñòè³лîл, è³òèñîд, ñèëñаò, ìаôkóðа.
T.1. – T., 1996. 322-á.
Ma’muriy huquqning keng tarqalgan manbalaridan yana biri
— bu O‘zbekiston Respublikasining qonunlaridir. Bir necha davlat boshqaruvi organlarining huquqiy maqomi joriy qonunlarda o‘z ifodasini topgan. Jumladan:

  1. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan «Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi qonuni. Mazkur Qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahka- masi — Hukumati O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti- ning farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir;

  2. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlariga hokim rahbarlik qiladigan ijroiya apparat va vakillik organlari kiradi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan, shuningdek, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir va hokazo. Ma’muriy-huquqiy normalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, davlat va mahalliy organlarning normativ hujjatlarida

ham o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvini tartibga solishda davlat organlarining huquqiy maqomini belgilab beruvchi nizom va ustavlar ham ma’lum ahamiyatga ega.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə