O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Ma’muriy huquq sohasidagi yuridik faktlar



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə20/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

§. Ma’muriy huquq sohasidagi yuridik faktlar




Yuridik faktlar ma’muriy-huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi, ularni o‘zgartirish yoki bekor qilinishi uchun asos bo‘ladi. Yuridik faktlar shaxslar va organlarning harakatlari natijasida ham, muayyan voqealar natijasida ham yuzaga kelishi mumkin.
Harakatlar subyekt o‘z xohish-irodasini faol ifoda etishi mahsulidir. Tegishli yuridik faktlar irodaviy yuridik faktlar deb ataladi. Masalan, fuqaroning ijro etuvchi hokimiyat organiga shikoyat berishi uning mansabdor shaxslar tomonidan ko‘rib chiqilishi bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy munosabatni vujudga keltiradi. Bunda muayyan ma’muriy qonunchilikda nazarda tutilgan huquq amalga oshadi va tegishli ma’muriy huquqiy majburiyat ado etiladi.
Ma’muriy-huquqiy munosabatlarda qonuniy va g‘ayriqonuniy harakatlar farqlanadi.
Qonuniy harakatlar har doim ma’muriy-huquqiy normalar- ning talablariga mos keladi. Fuqarolarning va ma’muriy-huquqiy munosabatlar boshqa ishtirokchilarining qonuniy harakatlari yuridik faktlar sifatida amal qiladi. Masalan, fuqaroning shikoyat berishi u bilan shikoyat berilgan ijro etuvchi organ (mansabdor shaxs) o‘rtasida muayyan ma’muriy-huquqiy munosabat yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Ma’muriy huquqqa doir yuridik faktlar bo‘lib, qonuniy harakatlarning asosiy turi sifatida ijro etuvchi hokimiyat subyektlarining individual xususiyat kasb etuvchi, ya’ni muayyan shaxs va ishga taalluqli huquqiy hujjatlari xizmat qiladi. Ularning bevosita yuridik natijasi — ma’muriy-huquqiy munosabat yuzaga kelishi, uning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishidan iborat.
G‘ayriqonuniy harakatlar ma’muriy-huquqiy normalarning talablariga mos kelmaydi, aksincha ularni buzadi. Bular — intizomiy va ma’muriy qilmishlar (ular, ayniqsa, ko‘proq davlat boshqaruvi sohasiga xosdir). Ular yurisdiksion (vakolatni amalga oshirish bilan bog‘liq) huquqiy munosabatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. G‘ayriqonuniy harakatlar qatoriga harakatsizlik (masalan, tegishli ichki ishlar organi jamoat tartibini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rmagani) ham kiradi.
Voqealar — huquqiy oqibatlarga sabab bo‘luvchi, ammo kishilarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda yuz beruvchi yuridik faktlar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 1999- yil 26-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lgan va O‘zbekiston hududida yashaydigan har bir fuqarosi pasportga ega bo‘lishi mumkin. Binobarin, fuqaroning 16 yoshga to‘lishi unda pasport olish huquqi va majburiyatini, davlat organlarida esa

  • fuqaroga bunday pasportni berish huquqi va majburiyatini vujudga keltiruvchi yuridik fakt hisoblanadi.

Shunday qilib, irodaviy va noixtiyoriy yuridik faktlar o‘rtasidagi farq shundan iboratki, irodaviy yuridik faktlar vujudga kelishi kishilarning xohish-irodasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi, noixtiyoriy yuridik faktlarning vujudga kelishi esa kishilarning xohish-ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmaydi.


Nazorat uchun savol va topshiriqlar

  1. Ma’muriy-huquqiy munosabat deganda nimani tushunasiz?

  2. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang.

  3. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning elementlarini ko‘rsating.

  4. Davlat boshqaruv organlarining ma’muriy huquq layoqati deganda nimani tushunasiz?

  5. Davlat xizmatchisining ma’muriy huquq layoqati deganda nimani tushunasiz?

  6. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning turlarini ko‘rsating.

  7. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi, ularni o‘z- gartirish yoki bekor qilinishi uchun nima asos bo‘ladi?

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə