O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Davlat xizmatchisining huquqiy maqomi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə35/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

§. Davlat xizmatchisining huquqiy maqomi


Davlat xizmatchilari uchun davlat xizmatiga kirish, uni o‘tash hamda davlat xizmati bekor bo‘lishining maxsus shartlari o‘rnatilgan. Davlat xizmatchilari o‘zlariga berilgan vakolatlar va funksiyalarni davlat ma’muriyati ichida ham, tashqi huquq subyektlariga (fuqarolarga, boshqa tashkilotlarga) nisbatan ham amalga oshiradilar.


Fuqaro davlat xizmatiga kirishi bilan quyidagi to‘rt elementdan iborat bo‘lgan «organizm»ga birlashadi:
birinchidan, egallanadigan davlat lavozimi;
ikkinchidan, aniq malaka darajasining mavjudligi;
to‘rtinchidan, mansab majburiyatlari bilan belgilanadigan davlat xizmatchisining maxsus o‘rni, ya’ni rahbar, mansabdor shaxs, hokimiyat vakili va boshqalar1 .
Davlat xizmati va davlat xizmatchisi bilan bog‘liq barcha holatlar huquqiy jihatdan tartibga solingan bo‘lishi kerak.
Davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi - bu davlat-xizmat munosabatlarining mazmuni (mohiyati)dir. Xizmatchilarning huquqiy maqomi ularning huquqlari, majburiyatlari, javobgarligini o‘rnatish orqali belgilanadi. Davlat-xizmat munosabatlari o‘zgarishi bilan davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi ham o‘zgaradi, masalan, ishdan bo‘shatish, fuqarolikni yo‘qotish, pensiyaga chiqish va hokazolar.
Davlat xizmatchilarining maqomi — tabaqalashgan kompleks tizim bo‘lib, vertikal va gorizontal tuzilishga ega.
Har bir davlat xizmatchisi normativ-huquqiy aktlar bilan belgilangan hamda davlat xizmati huquqiy institutining asosiy elementi hisoblangan huquqiy holatga egadir. Davlat xizmatining boshqa elementlari esa davlat xizmati va xizmatchilariga xizmat qilish maqsadida o‘rnatiladi, ya’ni ular davlat xizmatchilari huquqiy maqomini aniqlashtiradi va ularning to‘liq amalga oshirilishiga ko‘maklashadi.
Davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi qonun bilan o‘rnatilgan va davlat tomonidan kafolatlangan huquq, erkinlik, majburiyat, cheklovlar, javobgarliklarning yig‘indisidir.
O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining normativ hujjatlari, davlat organlarining nizom va ustavlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. Masalan, Vazirlar Mahkamasida faoliyat ko‘rsatuvchi xizmatchilarning huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi va boshqalar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi qonuni, Vazirlar Mahkamasi- ning ish tartibi va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.

uchinchidan, davlat xizmatchilarining belgilangan shtat birligiga

kirishi;
2 Gmapunoв Œ.H. Слóæåáíîå пðаâî. – Ì., 1996. – С. 318.

Davlat xizmatchilari huquqiy maqomining mazmuni davlat xizmatchilarining kategoriyasiga, davlat xizmati olib boriladigan sharoitlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Davlat xizmatchisi maqomiga ega bo‘lish masalasi juda muhimdir. Amaldagi qonunchilik hujjatlaridan kelib chiqqanda, fuqaroning davlat xizmatchisi maqomiga ega bo‘lishi uning davlat organi bilan mehnat shartnomasi tuzishi va ma’lum bir davlat lavozimiga uni qabul qilish to‘g‘risida qaror chiqishi vaqtidan vujudga keladi.
Davlat xizmatchisi maqomiga ega bo‘lish bilan fuqaro va davlat organi o‘rtasida davlat-xizmat munosabatlari vujudga keladi.
Davlat xizmatchisi davlat-xizmat munosabatlari tugashi bilan o‘z maqomini yo‘qotadi. Davlat-xizmat munosabatlari: ishdan bo‘shatish, pensiyaga chiqish va boshqa holatlarda bekor bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda normativ aktlarda davlat xizmati bekor bo‘lishining aniq muddatlari ham belgilab qo‘yilishi mumkin.
Davlat xizmatchilari huquqiy maqomining asosiy element- laridan biri - davlat xizmatchisining huquqlari bo‘lib, davlat xizmatining oshkoraligini, samarali faoliyatini asoslab beradi.
Davlat xizmatchisi – O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida o‘rnatilgan konstitutsiyaviy huquqlarga ega. Lekin davlat–xizmat faoliyati nuqtai nazaridan, davlat xizmatchisi huquqiy maqomining asosiy elementini xizmat huquqlari tashkil etadi. Xizmat huquqlari amalga oshirilishi bilan davlat xizmatining ish faoliyati ta’minlanadi. Xizmat huquqlari mansab majburiyatlarini bajarish bilan bevosita bog‘liqdir, ba’zi hollarda xizmat huquqlari qonunchilik aktlari orqali o‘rnatilgan mansab majburiyatlarini bajarish maqsadida amalga oshiriladi.
Amaldagi qonunga asoslanib davlat xizmatchilarining huquqlarini uch guruhga bo‘lish mumkin:
Xizmatchilarning huquqiy maqomi va huquqiy kafolatini ifoda etuvchi huquqlar. Bunga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • davlat xizmatchisi egallaydigan davlat lavozimi bo‘yicha huquq va majburiyatlarni belgilovchi hujjatlar bilan, masalan, ish sifatini belgilovchi omillar, davlat xizmati bo‘yicha harakat- lanish, mansab majburiyatlarini bajarish uchun zarur tashkiliy- texnik sharoitlar bilan tanishib chiqish;

  • shaxsiy hujjatidagi barcha ma’lumotlar bilan tanishib chiqish;

  • uning talabiga ko‘ra xizmat tekshiruvlarini, masalan, xizmat- chining sha’ni, qadr-qimmatiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni rad etish maqsadida o‘tkazish;

  • davlat xizmatchisining davlat xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal etish maqsadida tegishli davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish huquqi va boshqalar.

Xizmat majburiyatlarini bevosita bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlar. Bunga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • belgilangan tartibda, mansab majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot va materiallarni olish;

  • belgilangan tartibda, mansab majburiyatlarini bajarish uchun korxona, muassasa va tashkilotlarda bo‘lish;

  • mansab majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar qabul qilish va tayyorlashda ishtirok etish;

  • tegishli budjet mablag‘lari hisobidan malakasini oshirish, qayta tayyorlanish;

  • davlat xizmatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish. Davlat xizmatchisining lavozim bo‘yicha faolligini yuksaltirish, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalga oshirish va ijtimoiy

kafolatlarni ta’minlashga qaratilgan huquqlari:

  • vakant (vaqtincha bo‘sh) lavozimni egallash bo‘yicha tanlovda o‘z xohishiga ko‘ra ishtirok etish;

  • ish faoliyatining natijalari va ish staji, malakasining darajasiga ko‘ra lavozim bo‘yicha yuqoriga qarab harakatlanish, mablag‘ bilan ta’minlanishini oshirish;

  • davlat xizmatidagi ish stajiga qarab pensiya ta’minoti olish;

  • o‘zining huquqlarini, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy manfaat- larini himoya qilish maqsadida kasaba uyushmalariga birlashish;

  • mansab okladidan kelib chiqqan holda pul bilan ta’min- lanish, malaka darajasidan kelib chiqqan holda esa qo‘shimcha mablag‘lar olish, ish faoliyatining natijalariga ko‘ra mukofotlar olish;

  • har yili haq to‘lanadigan mehnat ta’tiliga chiqish (mehnat ta’tilining muddati davlat tashkilotining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi);

  • davlat xizmati stajiga davlat xizmatchisining boshqa davrdagi mehnat faoliyatining qo‘shilishini talab etish (masalan bu holat xizmatchining pensiyaga chiqishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin);

  • davlat xizmatchisi va uning oila a’zolarining tibbiy xizmatdan foydalanishi;

  • davlat lavozimlarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘liqqa yoki mulkka yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar bo‘yicha majburiy davlat sug‘urtasi;

  • davlat xizmatini o‘tash vaqtida sog‘lig‘i yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotishi sababli, davlat tomonidan majburiy ijtimoiy sug‘urtalanish va boshqa huquqlarga egadir.

Davlat xizmatchisiga davlat xizmatini o‘tash xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda, xizmat uylari, xizmat avtotransporti berilishi mumkin.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə