O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Favqulodda vaziyatlar sohasini boshqarish



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə191/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

4-§. Favqulodda vaziyatlar sohasini boshqarish


Favqulodda vaziyatlar sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respub- likasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi 1996-yil 4-mart farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi
Mudofaa vazirligining Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilgan. Vazirlik nizomi va tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida»gi 1996-yil 11-aprel qarori bilan tas- diqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi — fuqaro muhofazasi, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi ishlarga rahbarlikni hamda ularni muvofiqlashtirib borish ishlarini amalga oshiruvchi markaziy davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlikning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi 1999-yil 20-avgust qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
«O‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to‘g‘risida»gi 1998-yil 7-oktabr qarori bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunining maqsadi aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muho- faza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi va rivojlanishining oldini olish, favqulodda vaziyatlar keltiradigan talafotlarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishdan iborat.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

    • favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarda aholi hayoti va sog‘lig‘ini, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shuningdek favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

    • aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida maxsus dasturlar ishlab chiqilishi va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etadi;

    • o‘z vakolati doirasida vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi;

    • boshqaruv organlarining, aholini va hududlarni muhofaza qilish kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo‘lishini tashkil etadi;

    • favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari boshqaruvini amalga oshiradi, boshqaruv punktlari, xabar berish va aloqa tizimlarini tuzadi;

    • favqulodda vaziyatlar sharoitida avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlar o‘tkazilishini tashkil etadi;

    • aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

    • ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlar bo‘yicha loyihalar va qarorlar yuzasidan davlat ekspertizasi o‘tkazilishida ishtirok etadi;

    • qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinla- nadigan va lavozimdan ozod qilinadigan keyinchalik Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlanadigan Vazir boshqaradi.
Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘ziga yuklangan faoliyat sohasiga rahbarlikni yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi va Vazirlikka yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. U lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Res- publikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘i hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida belgilangan tartibda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, toifalangan shahar va tumanlarda esa favqulodda vaziyatlar bo‘limlari tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimini ta’minlash uchun sarf- xarajatlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə