O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Soliq sohasini boshqarish



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə194/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

7-§. Soliq sohasini boshqarish


O‘zbekiston Respublikasining soliq sohasi va davlat soliq xizmati organlarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining
«Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi 1997-yil 29-avgust qonuniga asosan tartibga solinadi.
Davlat soliq xizmati organlari soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida budjetga tushishini ta’minlash maqsadlarida tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpo- g‘iston Respubliqasi hamda Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari, viloyatlar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning davlat soliq inspeksiyalari davlat soliq xizmati organlariga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ilk bor O‘zbe- kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston SSR davlat soliq organlari haqida»gi 1991-yil 12-avgust qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, keyinchalik o‘z kuchini yo‘qotdi va O‘zbe- kiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq bosh boshqarmasini O‘zbekiston Respublikasining davlat soliq qo‘mitasiga aylantirish to‘g‘risida»gi 1994-yil 18-yanvar farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tashkil etildi hamda qo‘mitaning nizomi va tuzilmalari tasdiqlandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi 1997-yil 29-avgust qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘ri- sida»gi 1998-yil 12-yanvar qarori, «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2000-yil

  1. mart qarori va «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi_ 2000- yil 5- may qarorlari bilan qo‘mita nizomi va tuzilmalari qayta tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi soliqqa oid qonunchilik xujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshiruvchi davlat soliq xizmatining markaziy organi hisoblanadi.
Quyidagilar Davlat soliq qo‘mitasining vazifalari hisoblanadi:

    • O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga va amaldagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchilardan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar undirish yo‘li bilan davlat budjetiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga va Respublika yo‘l jamg‘armasiga daromadlar to‘liq hajmda tushishini ta’minlash;

    • soliq to‘lovchilar tomonidan soliqqa oid qonunlarga rioya etilishi, soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri hisoblab chiqilishi, ularning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

    • soliq solish subyektlari va obyektlari to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini ta’minlash, soliq to‘lovchilarni to‘liq qamrab olish va hisobga olish mexanizmini takomillashtirish;

    • soliq solish bazasini kengaytirish, soliq sohasida huquq buzilishlarini aniqlash, ularga barham berish va ularning oldini olish bo‘yicha kompleks tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan soliqlar yig‘ilishini ko‘paytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

    • davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy organlari tomonidan belgilanadigan soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita qatnashish;

    • soliq haqidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, soliqlar bo‘yicha majbu- riyatlarni bajarishda soliq to‘lovchilarga yordam ko‘rsatish;

    • soliq to‘lovchilar bo‘yicha alohida-alohida hisoblab chiqilgan va amalda tushgan soliqlarning hisobini ma’lumotlarning yagona kompyuter tizimida yuritish, Soliq to‘lovchilarning yagona reyest- rini yuritish;

    • soliq organlarida kadrlarni tanlash, ularni o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish va boshqalar.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlanadigan Rais boshchilik qiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, rais o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadilar.
Davlat soliq qo‘mitasining tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

    • Nazorat-taftish bosh boshqarmasi;

    • Rejim va kadrlar bosh boshqarmasi;

    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari;

    • tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari;

    • Davlat soliq qo‘mitasining maxsus o‘quv yurtlari.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga va davlat soliq inspeksiyalariga tegishli ravishda Vazirlar Mahkamasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan tayinlanadigan boshliqlar boshchilik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va unga qarashli muassasalar mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, «O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risida»gi nizom, shuningdek, «O‘zbekiston Respub- likasi davlat soliq organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risida»gi nizom bilan tartibga solinadi.
Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatlarida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, «Davlat soliq xizmati to‘g‘ri- sida»gi qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga amal qiladilar.
Davlat soliq xizmati organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
«O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risida»gi nizom — O‘zbekiston Respublikasi soliq organlarida xizmatga qabul qilish tartibini va mansabdor shaxslar tomonidan davlat xizmatini o‘tash shart-sharoitlarini, ularning mas’uliyatini, shuningdek, ularga maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum qilish tartibini belgilaydi.
Soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliq organlarida shtatdagi lavozimlarni egallab turgan shaxslar kiradi va ularga egallab turgan lavozimlariga hamda uzoq muddat ishlaganligiga muvofiq ravishda quyidagi maxsus unvonlar beriladi:

    • soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi;

    • soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi;

    • soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi;

    • soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi;

    • soliq xizmatining I darajali maslahatchisi;

    • soliq xizmatining II darajali maslahatchisi;

    • soliq xizmatining III darajali maslahatchisi;

    • soliq xizmatining I darajali inspektori;

    • soliq xizmatining II darajali inspektori;

    • soliq xizmatining III darajali inspektori;

    • soliq xizmatining inspektori.

Davlat soliq xizmatining mansabdor shaxslariga:
bosh davlat maslahatchisi, soliq xizmatining I, II, III darajali davlat maslahatchisi unvonlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
soliq xizmatining I, II, III darajali maslahatchisi, soliq xizmatining 1 darajali inspektori unvonlari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan;
soliq xizmatining II va III darajali inspektori, soliq xizmatining inspektori unvonlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan beriladi.
Davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qaytadan qabul qilingan shaxslarda ilgari berilgan maxsus unvonlar saqlanadi.
Bunda, agar egallab turilgan lavozim yanada yuqoriroq unvonni taqozo etsa, u holda ushbu unvon sinov muddati tugagach beriladi va u ilgarigi maxsus unvondan ko‘pi bilan ikki daraja yuqori bo‘lishi kerak.
Agar egallab turilgan lavozim pastroq maxsus unvonni taqozo etsa, u holda xizmatga qaytadan qabul qilingan shaxslarda ularning ilgari berilgan maxsus unvoni saqlanib qoladi.
Soliq organlarining mansabdor shaxslari maxsus unvondan: xodim o‘z nomiga isnod keltiruvchi qilmishlari uchun davlat
soliq organlaridan bo‘shatilganda;
jinoyat sodir etganlik uchun — sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan mahrum etilishi mumkin.
Davlat soliq organlarida shtatdagi lavozimga tayinlashda quyidagi talablarga rioya qilinadi:

    • soliq organlarining mansabdor shaxsi vazifani asosiy yoki turdosh ixtisos bo‘yicha olingan ma’lumotga muvofiq yoxud mavjud ish tajribasiga muvofiq bajarishi kerak. Boshqa ixtisoslik bo‘yicha vazifalarni bajarish zarurati bo‘lganda ular qayta tayyorlash va tajriba orttirishdan o‘tadilar;

    • mansabdor shaxslar yanada yuqori rahbarlik lavozimiga tasdiqlanguncha ushbu lavozimni bajaruvchi etib tayinlanishlari mumkin, bunda ularning vazifalarni bajarib turish uzluksiz muddati uch oydan oshmasligi kerak;

yaqin qarindosh yoki yaqin qarindoshligi bo‘lgan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuning- dek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) soliq organlari mansabdor shaxslarining, agar ular- ning xizmati bir-biriga bevosita bo‘ysunish yoki nazoratda bo‘lish bilan bog‘liq bo‘lsa, aynan bir soliq organida xizmatni o‘tashiga ruxsat etilmaydi.
Iqtisodiyot va soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallash- tirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘ri-
sida»gi 2006-yil 21-aprel qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi_ 2001-yil 6-iyul qarorlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq sohasidagi qonun buzilishlariga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi bazasida va uning mavjud shtatdagi xodimlari doirasida «O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti» va uning joylardagi bo‘linmalari tashkil etilgan. Mazkur qarorlar bilan Departamentning nizomi va tashkiliy tuzilmalari tasdiqlangan.
Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:

    • soliq, valutaga oid jinoyatlarva huquq buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning oldini olish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bajarilishini nazorat qilish;

    • davlat soliq siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, soliqqa tortish bazasini kengaytirish, soliq to‘lovchilarni qamrab olinishi va hisobining to‘liqligini ta’minlash, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, uni chetlab o‘tish mumkin bo‘lgan kanallari va mexanizm- larini, «xufiyona» iqtisodiyotning shakllanishi yo‘llarini, korrupsiya holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish;

    • valuta operatsiyalari bo‘yicha hisobga olish va hisobotlarning to‘liqligi va xolisonaligini nazorat qilish; xorijiy valuta mablag‘la- rining qonunga xilof ravishda chetga chiqib ketishi, olib kirilishi va olib chiqilishi, ularning noqonuniy muomalada bo‘lishi, valuta- ayirboshlash operatsiyalari bilan bog‘liq boshqa qonun buzilish- larining oldini olish va bartaraf etish;

    • moliyaviy razvedkaning zamonaviy tizimini yaratish; jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning mumkin bo‘lgan kanallari va mexanizmlarini aniqlashga yo‘naltirilgan moliyaviy, mulkiy operatsiyalar monito- ringini tashkil etish va olib borish; aniqlangan huquq buzilishlari to‘g‘risida tegishli huquqni muhofaza qilish organlari bo‘linmalariga

jinoiy ta’qibni tashkil etish, ma’muriy ta’sir choralarini qo‘llash uchun o‘z vaqtida axborot taqdim etish va boshqalar.
Departamentga maqomiga ko‘ra Bosh prokuror o‘rinbosariga tenglashtirilgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan Departament boshlig‘i rahbarlik qiladi.
Departament boshlig‘i uch nafar o‘rinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega. Birinchi o‘rinbosar ayni vaqtda Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasining boshlig‘i hisoblanadi. Uning asosiy funksiyalari qilib Departament faoliyatining asosiy yo‘na- lishlari bo‘yicha rejalar ishlab chiqish; ularning ijrosi ustidan tezkor nazoratni amalga oshirish; Departament rahbarlariga hisobot berish uchun yakuniy hujjatlarni umumlashtirish belgilanadi.
Departament boshlig‘ining o‘rinbosarlari o‘z lavozimlariga Departament boshlig‘i taqdimnomasiga binoan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Bosh prokuror tomonidan tayinlanadi.
Departamentning hududiy boshqarmalari boshliqlari va ular- ning o‘rinbosarlari, tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari tegishli lavozimlarga Departament boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan Bosh prokuror tomonidan tayinlanadi.
Boshliq boshchiligidagi Departament yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi hamda quyi organlarning yuqori turuvchi organlarga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga to‘liq bo‘ysunishi va hisobot berishi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Departament berilgan vakolatlarga muvofiq o‘z hududiy bo‘linmalarining barcha turdagi faoliyati ustidan tezkor nazoratni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘ri- sida»gi 7-moddasiga muvofiq hamda «O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti to‘g‘risida»gi nizomga asosan Davlat soliq xizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, moliya organlari, banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari o‘zaro kelishib belgilangan tartibda soliqlar bo‘yicha huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan ko‘rilgan chora-
tadbirlar, o‘tkazilayotgan tekshiruvlar to‘g‘risida bir-birlarini xabardor qiladilar, shuningdek zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa axborotlarni almashib turadilar.
Davlat soliq xizmati organlari ichki ishlar organlari bilan birgalikda tezkor axborot almashish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagan hamda soliq va valuta, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etgan shaxslarni qidirish va ushlash tadbirlarini amalga oshiradilar.



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə