O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Adliya sohasini boshqarish



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə192/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

5-§. Adliya sohasini boshqarish


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi — qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, shuningdek insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi davlat boshqaruv organi hisob- lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respub- likasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 1992-yil 8-yanvar far- moni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
«O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashti- rish masalalari to‘g‘risida»gi 1992-yil 12-noyabr qarorlari bilan tashkil etilib, Vazirlik nizomi va tuzilmalari tasdiqlangan.
Keyinchalik Adliya vazirligi va uning tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomlariga: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
«O‘zbekiston Respublikasi sudyalarini, prokuratura va adliya organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘ri- sida»gi 1993-yil 9-iyul qarori; «O‘zbekiston Respublikasi Adliya opganlapi va sudlapi faoliyatini tashkil etish masalalapi to‘g‘pisida»gi 1994-yil 19- yanvar, «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziðligi mapkaziy appapati tapkibida iqtisodiy islohot bo‘yicha qonunchilik va nopmativ hujjatlap loyihalapini tayyoplash va huquqiy ekspeptiza qilish boshqapmasini tashkil etish to‘g‘pisida»gi 1994-yil 24-yan- var, «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi apparati tuzilmasini takomillashtirishning ba’zi masalalari to‘g‘risida»gi 1994-yil 13- may, «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomil- lashtirish va uning apparati tuzilmasidagi o‘zgartirishlar to‘g‘risi- da»gi 1995-yil 27-aprel, «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirli- gining ekspertiza xizmatini rivojlantirish to‘g‘risida»gi 1995-yil 22-iyun, «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida fuqarolarning qonunchilik buzilishi yuzasidan shikoyat va arizalari- ni ko‘rib chiqish boshqarmasini tuzish to‘g‘risida»gi 1997-yil

  1. iyul, «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshida yurist- lar malakasini oshirish markazini tashkil etish to‘g‘risida»gi 1997- yil 21-iyul, «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risi- da»gi 1997-yil 9-oktabr qarorlari; O‘zbekiston Respublikasining

«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi 2001-yil 29-avgust qonuni; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyati- ni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi_ 2003- yil 27-avgust qarori; «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ma’rifat sohasidagi faoliyatini tartibga solish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi 2003-yil 21-noyabr, «O‘zbekiston Respub- likasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida»gi_ 2004-yil 20-iyul qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy- texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi_ 2006-yil 31-avgust, «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2007-yil 1-noyabr qarorlari va O‘zbekiston Respublikasining «Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2009- yil 14-yanvar qonunlari bilan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, qayta tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘z maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
Vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti, boshqa adliya organlari va muassasalari kiradi.
Adliya organlari va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Vazirlikka bo‘ysunadi.
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konsti- tutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbe- kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va far- moyishlariga, shuningdek «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida»gi nizomga amal qiladi.
Adliya organlari va muassasalarini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash, shuningdek adliya tizimining xodimlari mehnatiga haq to‘lash Vazirlikka ajratiladigan mablag‘ doirasida davlat budjetidan, Sudlar, adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

  • Konstitutsiya va qonunlar bilan mustahkamlangan insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama rivojlantirish, ularning huqu- qiy asoslarini mustahkamlash;

  • jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan huquqiy targ‘ibot bo‘yicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • sudlarni moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish, ularning haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, sud hujjatlari va davlat organlari boshqa hujjatlari ijrosini ta’minlashning samarali mexanizmini yaratish;

  • notariat, advokatura, FHDYO organlari hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va ularning samara- dorligini oshirish;

  • tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, tadbirkorlik subyektlari va xususiy mulk egalari, xorijiy investorlar va chet el investitsiyalari jalb qilingan korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlarga xo‘jalik shartnomalarini tuzish va ularni bajarishda huquqiy yordam ko‘rsatish hamda shartnoma intizomini mustahkamlash;

  • yuridik shaxslar, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilot- larni ro‘yxatdan o‘tkazishda qonunchilikka rioya qilinishini ta’minlash;

  • tegishli davlat organlari bilan birgalikda xalqaro-huquqiy munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari samarali huquqiy himoya qilinishini ta’minlash;

  • zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda huquqshunos kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

  • adliya organlari va muassasalari tizimiga rahbarlikni amalga oshirish.

Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri boshchilik qiladi.
Vazir o‘z o‘rinbosarlariga, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosariga ega bo‘ladi.
Vazir:

  • yakkaboshchilik asosida Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va unga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

  • o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, vazirlik faoliyatining alohida qismlari hamda unga bo‘ysunuvchi organlar va muassasalarning ishi uchun o‘z o‘rinbosarlarining va boshqa mansabdor shaxslarning javobgar- ligi darajasini belgilaydi;

  • Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolaydi;

  • Vazirlik tarkibiy va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizom- larni, shuningdek, vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa o‘ziga qarashli organlar va muassasalarning nizom (ustav)larini tasdiqlaydi;

  • xodimlar belgilangan umumiy soni doirasida vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi, shtat jad- valini tasdiqlaydi va boshqalar.

Adliya organlari va muassasalarining, shu jumladan vazirlik tizimidagi ilmiy muassasalar va o‘quv yurtlari xodimlariga egallab turgan lavozimiga va ish stajiga muvofiq maxsus darajali unvonlar hamda martaba darajalari beriladi va belgilangan xizmat muddati uchun ustama haqi to‘lab boriladi.
Martaba darajalari berish va undan mahrum etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tas- diqlanadigan Nizom bilan tartibga solinadi.
Vazirlikda Vazir (rais), vazir o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yi- cha) va vazirlikning boshqa rahbar xodimlaridan iborat 11 kishidan iborat hay’at tashkil etiladi. Hay’atning shaxsiy tarkibi Adliya vazirining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlik hay’ati: Vazirlik faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi; Vazirlik tarkibiy va hududiy bo‘linmalari, o‘ziga qarashli organlar va muassasalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi; kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, o‘qitish va tarbiyalash, ijro nazorati masalalarini, Vazirlikning muhim buyruqlari va boshqa hujjatlarining loyihalarini, shuningdek tekshirish natijalarini muhokama qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan
«O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti to‘g‘risida»gi nizom bilan tartibga solinadi.
Sud departamenti Adliya vazirligining idoraviy bo‘ysunuvida bo‘lib, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziriga hisobot beradi.
Sud departamenti sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash bo‘yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
Sud departamenti tizimiga joylardagi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) hududiy boshqar- malar hamda sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlari kiradi.
Quyidagilar Sud departamentining asosiy vazifalari hisobla- nadi:

  • sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijro etilishini ta’minlash;

  • sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’min- lash hamda uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

  • sud ijrochilari kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish hamda ularning malakasini oshirish;

  • sud ijrochilarining samarali faoliyat ko‘rsatishini tashkil etish;

  • sudlar uchun binolar qurish va ularni ta’mirlashga ajratil- gan kapital mablag‘larni samarali o‘zlashtirish hamda sudlar fao- liyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini ko‘rish;

  • sudyalar va sud apparati xodimlarining mehnat shart- sharoitlari, moddiy va ijtimoiy ta’minotini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni tegishli organlarga kiritish;

  • sudyalar va sud protsesslarining xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etish.

Sud departamentiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Adliya vazirining o‘rinbosari — Departament direktori boshchilik qiladi.
Sud departamentining direktori O‘zbekiston Respublikasi Ad- liya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan o‘rinbosarlariga ega bo‘ladi.



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə