O„zbekiston respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti


Ikkinchi bosqich (1991- 2000 yillar) –



Yüklə 311,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix20.10.2023
ölçüsü311,16 Kb.
#128472
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-мавзу тарих

Ikkinchi bosqich (1991- 2000 yillar) – 
o„tish davri. Bir necha avlod davrida 
shakllanib kelgan va odamlar ongiga singib ketgan kommunistik mafkura aqidasidan 
voz kechilib, O„zbek modelining hayotga joriy etilishi natijasida tarixan qisqa davr 
ichida ma‟muriy-buyruqbozlikka asoslangan eski sovet tizimi o„rniga milliy 
davlatchilik asoslarini yuzaga keltirishga qaratilgan huquqiy baza yaratilish davri. 
Ushbi davrda shuningdek, yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud hokimiyati tashkil etildi hamda fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi
erkin bozor iqtisodiyotiga o„tish jarayoni boshlandi. Bu davrda mamlakat 
mustaqilligini mustahkamlash bilan bir qatorda, milliy urf-odatlar, an‟ana va 
qadriyatlarni saqlash hamda taraqqiy ettirish masalalari davlat siyosati darajasiga 
ko„tarildi. 
Uchinchi bosqich (2000-2016 yillar) – 
mamlakatimizda demokratik 
yangilanish va modernizatsiyalash davri. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi sifatida 
o„tish davrining obyektiv ehtiyoji hamda milliy davlatchilik asoslarini 
mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga 
bosqichma-bosqich o„tish vazifasi kun tartibiga qo„yildi. 
2016 yildan O„zbekiston yangi tarixining navbatdagi bosqichi boshlandi

Bu davr 2016 yil sentabr oyidan O„zbekiston Respublikasining Prezidenti vazifasini 
bajaruvchi, 2016 yil dekabrdan esa umumxalq tomonidan O„zbekiston 
Respublikasining Prezidenti etib saylangan SH.M.Mirziyoyev faoliyati bilan bevosita 
boshlanuvchi yangilanishlar davridir. 
O„zbekistonning eng yangi tarixini tizimli o„rganish dolzarbligi tufayli 2012 yil 
27 yanvarda O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-1694) bilan 


10 
O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi huzurida 
O„zbekistonning eng yangi tarixi bo„yicha Jamoatchilik kengashi
 
tashkil etilgan edi. 
2016-2017 yildan mustaqil O„zbekiston o„zining yangi rivojlanish pallasiga 
kirdi. Oldingi yillarda amalga oshirilgan tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasi 
o„laroq ijtimoiy hayotda sodir bo„layotgan tub o„zgarishlarni yangicha talqin qilish 
tarixiy zaruratga aylandi. 
O„zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining 
eng yangi tarixini tadqiq etish va o„qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o„quv-metodik, 
ma‟rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta‟lim va boshqa ijtimoiy 
sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida 
ilmiy, madaniy, ta‟lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini 
muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor
umumta‟lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o„quvchilarida, oliy 
ta‟lim muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni 
shakllantirish maqsadida O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 
fevraldagi – Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, 
boshqarish 
va 
moliyalashtirishni 
yanada 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to„g„risidagi PQ-2789-sonli Qaroriga muvofiq, Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi 
huzuridagi O„zbekistonning eng yangi tarixi bo„yicha Jamoatchilik kengashi 
O„zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O„zbekistonning eng yangi 
tarixi bo„yicha Jamoatchilik kengashiga aylantirildi. Jamoatchilik kengashi 
O„zbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etish va o„qitish samaradorligini, mazkur 
sohada ilmiy, o„quv-metodik adabiyotlar, ma‟naviy-ma‟rifiy ishlar sifatini oshirishga 
ko„maklashish maqsadida tashkil etilgan, jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi 
idoralararo ilmiy-muvofiqlashtirish va maslahat organi etib belgilandi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 11 iyuldagi 
O„zbekiston tarixi telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari to„g„risidagi Qaroriga 
(PQ-4390) asosan, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini chuqur o„rganish, yosh 
avlodni milliy qadriyatlar va ajdodlarimizning bebaho merosi asosida tarbiyalash, 
jamiyatda vatanparvarlik va o„z xalqi bilan g„ururlanish tuyg„usini shakllantirish 
asosida milliy o„zlikni anglash hissini mustahkamlash va vatandoshlarimiz 
dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “O„zbekiston tarixi”

Yüklə 311,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə