O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə59/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   66
катта гурух саводхонлик 2

Kutilayotgan natijalar:
Z” tovushining undosh tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.
Z” tovushli so‘zlar ayta oladilar.

  • Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizishga o‘rgatish.

Siniq, to‘lqinsimon, ilgak chiziqlarni chiza oladilar.
Kerakli jihozlar:
Z” tovushi bor suratlar
Kuchukcha, mushukcha tasvirlangan tasvir.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan tovushlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida savollar yordamida eslatadi: Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) So‘zni bo‘g‘inga qanday bo‘lamiz? Bugun bolalar “Z” tovushi bilan tanishamiz.
Zanjir so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Zanjir men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: Z-z-zan-jir, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: Za-a-an-jir 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: Zan-n-n-jir 3- to‘rtburchak chiziladi: — Zanjir so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (z tovushi)
Bugun siz “Z” tovushi bilan tanishasiz. “Z” tovushi bolalarga talaffuz qildirtiriladi. Tarbiyachi endi men “Z” tovushini talaffuz qilaman. “Z” tovushini talaffuz qilganimizda quyidagilar sodir bo‘ladi:
lablar kulgu holatida, tishlar ko‘rinib turadi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin birikmagan, tilning keng uchi pastki kurak tishlarining orqasida turadi, tilning oldingi kurak qismi yuqorigi tishlar yoki alveolalar bilan tirqish hosil qiladi, til kuragining yon qirralari yon tishlarga zich tiralgan bo‘lib, faqat tilning o‘rta qismida ingichka tirqich qoladi, tilning o‘rtasidan sovuq havo oqimi o‘tadi, buni his etish uchun qo‘l kaftining orqa qismini og‘iz oldiga olib borish kerak, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga tiralgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopadi va buning natijasida havo oqimi og‘izdan o‘tadi, tovush bog‘lamlari bog‘langan, u tebranib tovush hosil qiladi.
Z” tovushi undosh tovushlar sirasiga kirishi qayd etiladi. “Z” tovushining xususiyatlari quyidagi savollar asosida bolalardan so‘raladi:
a) “Z” tovushi qanday tovush?
B) “Z” tovushni talaffuz qilgan til holati qanday bo‘ladi?
D) Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi?
Z” undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
Z” tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. “Z” tovushining so‘z boshida (zar, zina, zag‘Cha, zag‘izg‘on), o‘rtasida (go`zal, o`zbek, uzum ), oxirida (tarvuz, piyoz, qo`ng‘z) kelishi, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytish, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, “Z” tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish kabi tushunchalar beriladi.



Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə