O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 9,95 Mb.
səhifə61/66
tarix28.11.2023
ölçüsü9,95 Mb.
#133016
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
катта гурух саводхонлик 2

Vazifalar:
V” tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish,
V” tovushli so‘zlar bilan bolalar nutqini boyitish.

  • Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizishga o‘rgatish.

Kutilayotgan natijalar:
V” tovushining undosh tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.
V” tovushli so‘zlar ayta oladilar.

  • Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizishni bilib oladilar.


Kerakli jihozlar:
V” tovushi bor suratlar

  • bayroq, uycha, qayiacha, qalam, olcha rasmlarining ichki qismini namuna tarzda tekis bo`yalgan ko`rinishda.

Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan tovushlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida savollar yordamida eslatadi: Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) So‘zni bo‘g‘inga qanday bo‘lamiz? Bugun bolalar “V” tovushi bilan tanishamiz.
Vatan so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Vatan men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: V-v-va-tan, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: Va-a-a-tan 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: Va-t-t-t-an 3- to‘rtburchak chiziladi: — Vatan so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi tovush bor? (“V” tovushi) Bugun siz “V” tovushi bilan tanishasiz. “V” tovushi bolalarga talaffuz qildirtiriladi.
V” tovushini talaffuz etilganda quyidagilar sodir bo‘ladi:
pastki lab yuqorigi tish qirralariga yaqinlashganda orada o‘pkadan havo chiqib ketishi uchun tor bo‘shliq hosil bo‘ladi, yuqorigi lab engil ko‘tariladi, yuqoridagi tish qirralari ko‘rinib turadi, pastki tish qirralarini pastki lab yopib turadi, yumshoq tanglay tomoqning orqa devoriga tiralgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib turadi, havo oqimi esa og‘iz orqali o‘tadi, tovush boylamlari birikkan bo‘ladi va tebranib tovush hosil qiladi.
V” tovushi undosh tovushlar sirasiga kirishi qayd etiladi. “V” tovushining xususiyatlari quyidagi savollar asosida bolalardan so‘raladi:
- “V” tovushi qanday tovush?
- Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi?
V” undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
V” tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. “V” tovushining so‘z boshida (varrak, velosiped, vagon, vanna, vodiy, Vohid, k), o‘rtasida (qovoq, lavlagi, narvon ), oxirida (yaylov, olov, palov ) kelishi; haqida so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytishi, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, “V” tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish orqali tushuncha beriladi.

Yüklə 9,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə