|
![](/i/favi32.png) O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligiTetiklashtiruvchi mashqlar
|
səhifə | 64/66 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 9,95 Mb. | | #133016 |
| катта гурух саводхонлик 2Tetiklashtiruvchi mashqlar
Bolalar uchun amaliy ish.
“So‘z top" o‘yini, tarbiyachi bolalarni uch guruhga bo‘ladi: birinchi guruhga “X” tovushi bilan boshlanadigan so‘zlar topish, 2- guruhga “X” tovushi bilan tugaydigan so‘zlar, 3- guruhga “X” tovushi so‘z o‘rtasida kelgan so‘zlar topish aytiladi, qaysi guruh o‘ylanib, belgilangan muddatda so‘z topa olmasa o‘yindan chiqadi. O‘yinni oxirigacha davom ettirgan guruh g‘olib sanaladi.
So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish. Tarbiyachi xattaxta tagligiga yoki xattaxtaga “X” tovushi bor suratlarni qo‘yadi. Bolalar suratlarni nomlaydilar va so‘zni bo‘g‘inga xo‘r bo‘lib bo‘ladilar. So‘ng yakka-yakka so‘zni bo‘g‘inga bo‘ldiriladi
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
- “X” tovushi so‘zning o‘rtasida kelgan so‘zlarni ayting.
- “X” tovushi so‘zning oxirida kelgan so‘zlarni ayting.
35-MASHG‘ULOT
Mavzu: “F” tovushi bilan tanishtirish
Maqsad:
“F” tovushini to‘g‘ri talaffuz qilish va o‘rganilgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish.
Vazifalar:
“F” tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish,
“F” tovushli so‘zlar bilan bolalar nutqini boyitish.
Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizishga o‘rgatish.
Kutilayotgan natijalar:
“F” tovushining undosh tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.
“F” tovushli so‘zlar ayta oladilar.
Qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizishni bilib oladilar.
Kerakli jihozlar:
“F” tovushi bor suratlar
Dostları ilə paylaş: |
|
|