O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 3,54 Mb.
səhifə8/14
tarix27.02.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#101553
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
11-guruh Oytosh kursi ishi (2)

Quvnoq daqiqa
«Otlar» o‘yini
O‘yinning borishi: Bolalar ikki guruhga bo‘linadilar. Birinchi guruh bolalari ot haydovchilar, ikkinchi guruh bolalari esa "otlarga" bo‘linadi. Otlarni tasvirlovchi bolalar ikkitadan bo‘lib qo‘l ushlashib turadilar
Otlar haydovchining boshqaruvi ostida otlardek “iii” deb yuguradilar. Tarbiyachining buyrug‘iga binoan haydovchilar otlarni «drrr» deb to‘xtatadilar. So‘ngra bolalar rollarini almashadilar.
Defektolog bolalarga katta bosma I harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Defektolog ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar sanoq cho`plaridan katta Iharfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga Iharfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.

Ko‘chadagi ustuncha


Tikka bo‘lib turarkan,
yerga yotqizib qo‘ysa-
Yotmayman, deb aytarkan

Defektolog I unli ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (ip, it, i-lon, ig-na) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda I unli ishtirok etgan bo‘lsa Ikesma harfni baland ko‘taradilar.


Defektolog bolalarga harflarni qo‘shib o‘qishni ko‘rsatib tushuntiradi.

Harflarni qo‘shib o‘qing: AU, UA, IA, OI
Defektolog bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik?
- I harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
-Qaysi harflarni qo‘shib o‘qidik?
-So‘zlarni bo‘g‘inga qanday bo‘ldik?
3.Yakuniy qism:
Mashgʻulotga yakun yasash va ragʻbatlantirish.

Mavzu: O o harf-tovushi bilan tanishtirish
Maqsad:
Taʼlimiy maqsad:
unli harflar guruhiga kiruvchi Oo harf-tovushi bilan tanishtirish o tovushli so‘zlarni tahlil qilishni, o tovushini so`zning boshida, o`rtasida, oxirida kelishi mumkinligini oʻrgatish.
Tarbiyaviy maqsad: do`stona bir-birlarini qo`llab-quvvatlashga odatlanadilar;
Korreksion maqsad: artikulatsion aparatini, mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə