O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 3,54 Mb.
səhifə1/14
tarix27.02.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#101553
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
11-guruh Oytosh kursi ishi (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM VAZIRLIGI


Maktabgacha ta’lim tashkilotlari
direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish instituti

“Himoyaga ruxsat etaman”


O‘quv va uslubiy ishlar bo‘yicha prorektori
N.F. Abdunazarova ______________

“_____” ________2023 yil


Defektologiya (logopediya)


yo‘nalishi 11-guruh tinglovchisi
“Mamatova Oytosh Dilmurodovna
Ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan frontal mashg’ulotlar rejasini tuzish.
mavzusida

KURSNI TUGATISH ISHI


Ilmiy rahbar: : Umarova Zuxra Madyarbekovna

Toshkent – 2023 yil


Ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan frontal mashg’ulotlar rejasini tuzish.

MUNDARIJA


KIRISh
I.bob Ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari haqida ma`lumot.

    1. Ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilot pedagoglarning hamkorlik ishlari

1.2 Ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning vazifalari

II. bob Ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida frontal kundalik rejani tuzishni rasmiylashtirish.


2.1 Ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida og`ir nutq kamchiliklariga ega bo`lgan guruhlarda istiqbolli rejani rejalashtirish.
2.2 Ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida frontal mashg’ulotlarni rejalashtirish

Xulosa
Adabiyotlar ro‘yxati

Kirish
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi PQ-3305-son qarori bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi.
Mana besh yildan beri bu sohada katta o’zgarishlar bo’lib kelmoqda,  ayni kunda Oʻzbekistonda 13 500 ta MTT faoliyat koʻrsatmoqda va bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 90% ga yuqoridir. MTV maktabgacha taʼlim qamrovini 2017-yildagi 27,7% hamda 2018-yildagi 37,7% dan 52% ga koʻtarishga erishdi. 2020-yilda qamrovni 59,5% ga yetkazish hamda 85,2 % 6 yoshli bolalarni majburiy 1 yillik taʼlim bilan qamrab olindi. Chekka hududlar ota ona badal puli kamaytirildi. Ta’lim sifatiga katta e’tibor qaratilib, “Davlat talablari”ga muvofiq “Ilk qadam” o’quv dasturi ishlab chiqildi.
Ilk qadam o’quv dasturida har bir mavzuga bir hafta mobaynida to’xtalib otilishi, markazlardan tarbiyalanuvchilar erkin shug’ullanishi tarbiyachiga qulaylik yaratdi
Bugungi kunda ta'lim sohasidagi o‘zgarishlar tahsinga loyiq. Ya'nikim ta'lim sohasida har kuni islohot, har daqiqa yangilanish. Sababi ta'limi kuchli yurtning kelajagi buyukdir. Shunday ekan, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar har birimizni befarq qoldirmaydi. Ayniqsa bu islohotlarni maktabgacha talim-tarbiya muassasalaridan boshlanishi yoshlarga berilayotgan ishonchning bir ko‘rinishi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Buning isboti sifatida bugungi kunda yurtimizda nuqsonli bolalar ta'lim tarbiyasi uchun ko‘p tarmoqli ixtisoslashgan maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil etilayotganini ko‘rsatishimiz mumkin. Bizning yurtimizda nafaqat sog‘lom bolalar balki alohida yordamga muhtoj bolalar ta'lim tarbiyasi uchun ham alohida etibor beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlash dasturi doirasida Respublikada barcha davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini zarur zamonaviy jihozlar bilan jihozlash bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu ta'lim olishda yaratib berilayotgan shart - sharoitlarning dalolatidir.
Ushbu turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati nogiron bolalarni, shu jumladan eshitish qobiliyati zaif bolalarni oʻqitish, tarbiyalash va reabilitatsiya qilish uchun shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Tadqiqotning maqsadi: Jamiyat hayotida ta'limni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shish, ayniqsa ta'lim jadalligini maktabgacha talim tarbiya muassasalarida amalga oshirish, ixtisoslashgan maktabgacha talim tarbiya muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga harakat qilish.

Tadqiqot ob'ekti: Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli ixtisoslashgan maktabgacha tarbiya muassasalari tanlandi.


Tadqiqot predmeti : nogiron va shu jumladan eshitish,ko‘rish va aqliy nuqsonli bolalar, bundan tashqari og‘ir nutq nuqsoni bo‘lgan bolalar o‘rganish belgilandi.
Tadqiqot vazifasi: Ko‘p tarmoqli ixtisoslashgan maktabgacha talim tarbiya muassasalari faoliyatini o‘rganish, va pedagogning ahamiyatini tushuntirib, barcha turdagi nuqsonli bolalarga yordam ko‘rsatish. Nuqsonlarni korreksiya qilish, tuzatish, yumshatish va bu bolalarni jamiyatga sog‘lom tengdoshlari qatoriga qo‘shish.
Tadqiqotning ilmiy farazi: Muammoni va uni qay darajada dolzarbligini aniqlash va muammoni bartaraf etishda yangi innovatsiyalar o‘ylab topish, yechimi izlash, ilmiylik jihatidan yangiliklar kiritish. Tadqiqot qanchalik samarali va foydali ekanligini ilmiy jihatdan isbotlash.


Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə