O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining



Yüklə 129,69 Kb.
səhifə1/8
tarix11.12.2023
ölçüsü129,69 Kb.
#146319
  1   2   3   4   5   6   7   8
1 илова намунавий Устав лотин 25 08



O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining
2023-yil “ 18 “ - avgustdagi
250 - sonli buyrug‘iga
1-ILOVA




TASDIQLAYMAN”
Beshariq tuman hokimi

_________ R.Jo’rayev


2023-yil “___” - _______



O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Farg’ona viloyati , Beshariq tumani
38 - sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining


N A M U N A V I Y U S T A V I


1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Ustav 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining (keyingi o‘rinlarda – maktab) faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.


2. Maktab o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik)ning buyruq, topshiriq va ko‘rsatmalariga hamda mazkur Ustavga amal qiladi.
3. Maktab uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib,
u o‘quvchilarga I-XI sinflar hajmida davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida umumiy o‘rta ta’lim beruvchi majburiy ta’lim muassasasidir.
Maktabda ta’lim jarayoni kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.
4. Maktab yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z Ustaviga, shaxsiy g‘azna hisob varaqlariga, bank hisob raqamlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga (O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushiriladi), shtampga va blankalarga ega bo‘ladi.
5. Maktabning rasmiy nomi:
a) davlat (o‘zbek) tilida:
to‘liq nomi – 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, qisqartmasi –
38-sonli maktab;
b) rus tilida:
to‘liq nomi – Srednyaya obщeobrazovatelnaya shkola № 38, qisqartmasi – shkola № 38.
6. Maktabning ustavi muassis tomonidan tasdiqlanadi va tegishincha tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
7. Davlat maktablarida umumiy o‘rta ta’lim olish bepul amalga oshiriladi.
O‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb yuritiladi) ehtiyojidan kelib chiqib, bolalarning ta’lim-tarbiyasiga ko‘maklashish maqsadida maktabda shartnoma asosida qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari tashkil etilishi mumkin.
8. Maktabda ta’lim olish tilini tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Maktab Vazirlik tizimiga kiritilgan Farg’ona maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Beshariq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi davlat muassasasi hisoblanadi.
10. Maktab Farg’ona viloyati, Beshariq tumani, Chimboy mahallasi, Navro’z ko‘chasi, 12-uyda joylashgan. Indeks raqami ________.



Yüklə 129,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə