O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə5/5
tarix23.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#156926
1   2   3   4   5
1. «Qizil Kitob» va uning o’rni. O’zbekiston Respublikasining «Q

2-rasm. Etmak – Acanthophyllum 1 malekula glyukuran kislata galaktoza, ramnoza, furoza, arabinoza moddalari borligi aniqlangan.
Etmakdan tabobatda balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida va imuninetni ko’tarish uchun foydalaniladi (2-rasm)
Adonis-herba adonidis renunculacae oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik. Uzunligi 5-20sm ga yetadi. Ildizi qisqa jigarrang tusda bo’ladi. Barglari tuxumsimon, palmasimon, 5 bo’lakka bo’lingan, tuksiz bo’ladi. Gullari poyaning tepasida yakka yaka joylashadi, yirik sariq rangli bo’ladi. Mevasi yong’oq. Aprel may-oylarida gullaydi, mevalari iyun-iyulda pishadi (3-rasm).
Adonis tarkibida yurak glikozidlari mavjud. Pishmagan mevalari va barglari ularga eng boy hisoblanadi. O’simlikning yer ustki qismida K-strofantin, simarin moddalari bor. Ildiz qimida esa K-sprofantin mavjud.
Dorivor o’simliklardan oqilona foydalanish
Saxovatli ona tabiat insoniyatga yashash muhiti bo’lishi bilan birgalikda, o’zining suv, havosi, hayvonlari va o’simliklarini bizga bebaho boylik va shifobaxsh nemat qilib bergan. Antropogen ta’sirning faoliyati kam bo’lgan joydagi havo inson organizmiga kirib borgan sari turli alergik kasaliklar va boshqa kasaliklar uchun shifo bo’lishi bilan birgalikda inson organizmini energiya bilan ta’minlaydi. Organizmni yoshiga qarab 60-70 % gacha tashkil qilgan suv, bizga o’zidagi bir qancha moddalari va minerallari bilan organizmimizga juda foydalidir. Iste’mol qilinadigan hayvonlar esa tarkibidagi oqsillari tanani qurilish materiali bo’lishi bilan birgalikda ularning tarkididagi ayrim organik moddalar shifo hisoblanadi. Istemol qilingan o’simliklar xususiyatiga ko’ra 3 xil bo’ladi. 1. Faqat oziq bo’lgan o’simliklar, inson ularni iste’mol qilgan vaqtda ular faqat to’yintirib, qurilish vazifasini amalga oshiradi. 2. Faqat dorivor bo’lgan o’simliklar – ular iste’mol qilingan vaqtda faqat shifo bo’ladi. 3. Ham oziq, ham dorivor bo’lgan o’simliklar – bu o’simliklar inson tanasiga iste’mol qilingan vaqtda shifo va inson organizmini to’yintirib, qurilish vazifasini amalga oshiradi. Demak ( abiotik omillar)quyosh, havo va tuproq bir xil bo’lgan bu o’simliklar har biri o’zining metabolizmi oqibatida o’ziga tuproqdan har xil moddalarni olib, har biri o’ziga xos moddalarni sintezlaydi. Bugungi kunga kelib global muammoga aylanib borayotgan atrofmuhitning, havoning, suvning ifloslanishi turli xil kasaliklarni keltirib chiqarmoqda. Birgina Buxoro havosini ifloslanishi nafas olish kasalliklari balkim boshqa kasaliklar sonini oshirib yubordi. Bundan tashqari oziq-ovqatlar tabiiy holatda iste’mol qilinadigan mahsulotlar o’rniga turli xil fizikaviy, kimyoviy yoki genetik ishlov berilgan, ayrim holatlarda umuman sun’iy oziqa ichimliklaridan foydalana boshlandi. Yigimanchi asr oxirlariga kelib ilm-fan, yutuqlari umuman texnika rivojlanishi insoniyatni juda kam harakatlanadigan bo’lib, ma’lum ma’noda uni tabiatdan uzoqlashib borishiga sabab bo’ldi. Kam harakatlik esa bugungi kundagi muammolardan biri tana vaznining oshishiga (semizlikka) olib keldi. Semizlik oqibatida turli xil kasaliklar soni ko’paydi. Bugungi kunga kelib ko’pchilik insonlar ta’na a’zolarida bo’ladigan kasaliklarni davolash uchun zamonaviy tibbiyotdan foydalanishadi. Zamonaviy ilmiy tibbiyotda talaygina yangi dori vositalari va davolash usullari mavjud, biz foydalanayotgan dori turlari kimyoviy sintez qilingan bo’lib, o’z navbatida ular turli xil nojo’ya asoratlar ya’ni boshqa xil kasaliklarni keltirib chiqaradi. Shunga qaramay, hozircha fitopreparatlar dorivor yig’malar va dorivor o’simliklar tibbiyot amaliyotida kam ishlatiladi. Xalq orasida dorivor o’simliklarni targ’ib qilish va dorivor o’simliklar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish uchun dorivor o’simliklar fan sifatida 5-sinfdan to 11-sinf o’quvchilariga ikki haftada bir olib borilishi va fasllarga qarab dala amaliyoti asosida soat qo’yilib, dars jarayonlari amalga oshirilsa foydadan xoli bo’lmasdi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to’g’risida » 1998-yil 5yanvardagi 5-son qarori; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash to’grisida» 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy O’rta va O’rta Maxsus kasb hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida" 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarori asosan o’quvchilarni kasbga va dorivor o’simliklar haqidagi bilimga o’rgatish bo’yicha malaka talablarini ishlab chiqishda quyidagi qonunlar va normativ hujatlar asos qilinib olindi. 5-sinf o’quvchilariga dorivor o’simlarni boshqa dorivor bo’lmagan o’simliklardan farqini, botanik tavsifini o’rgatilib, inson organizmi uchun foydali bo’lgan o’simliklar haqida ma’lumot berish. 6-sinf o’quvchilariga esa dorivor o’simliklarni tarqalishi, qaysi organi dorivorlik xususiyatiga ega ekanligi, qizil kitobga kiritilgan dorivor o’simliklar haqida. 7-sinf o’quvchilariuga dorivor o’simliklarni tibbiyotda qo’llanilish xusussiyatlari, organizmning qaysi organiga ta’sir qilishi. 8-sinf o’quvchilariga esa dorivor o’simliklarni kimyoviy tarkibi, dorivor o’simliklar ichida xavfli va zararlilari borligi, zaharli o’simliklar bilan ishlashda ehtiyotkorlik qoidalari va xavfsizlik choralari. 9-sinf o’quvchilariga dorivor o’simliklarning qaysi qismidan qanday qilib damlama, qaynatma nastoyka, ekstrakt tayyorlanadi. Bu tog’risida ma’lumot berish, ularni ekishda agrotexnik qoidalari haqida ma’lumot berish. 10-sinf o’quvchilariga esa dorivor o’simliklarni yetishtirish texnalogiyasi va dorivor o’simliklar yig’ishda qo’llaniladigan jihozlar, dorivor o’simliklarni aniqlash yo’llarini, aniqlashda aniqlagichdan qanday foydalanish qoidalarini. 11-sinf o’quvchilariga esa dorivor o’simlikni qachon qaysi faslda yig’ish balki qaysi oyning va kuning qaysi vaqtida yig’ishni o’rgatibgina qolmay, balki yig’ilgan qismlarini quritish, qadoqlash, saqlash usullari haqida o’rgatish mumkin Bu dasturni yaxshi o’zlashtirgan o’quvchilar dorivor o’simlardan foydalanishni o’z oilasidan boshlab qo’llaydilar va to’liq o’zlashtirgan o’quvchilar esa farmasevtika sohasida faoliyat ko’rsatishi, oilaviy va xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanishi mumkin. Bu amlakat iqtisodiga birinchidan: aholi sog’ligi yaxshilanib borish tufayli; ikkinchidan esa tadbirkorlik sohasi sabali juda katta foyda keltiradi. Dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish – bu atrof muhitni, yoki tabiatni qo‘riqlashdek katta bir vazifani bir qismidir. tabiatni qo‘riqlash – bu bajariladigan tadbirlar tizimidan iborat bo‘lib, tabiiy resurslarni (do‘) saqlash, ulardan tejamli foydalanish va ularni qayta tiklanishi kabi ishlarni o‘z ichiga oladi.
20 asrning 30 chi yillaridayoq tabiiy resurslarni kamayib, yo‘qolib ketish xavfi, nafaqat o‘rni to‘ldirilmaydigan foydali qazilmalar (neft, ko‘mir va boshqalar), xatto o‘rni to‘ldiriladigan, ya’ni qayta tiklanishi mumkin bo‘lgan (o‘simliklar va hayvonot olami) ma’lum bo‘lib qoldi. xvi asrning oxiridan 20 asrning 70 yillarigacha 100 dan ortiq tur qushlar, 20 tur suvda yashaydigan yirik kit: kashalot va boshqalar (mlekopitayushix) er yuzidan yo‘qolgan. xalqaro tabiatni qo‘riqlash tashkiloti (moop)ning ma’lumotiga ko‘ra, har haftada o‘simlikning 1 turi yo‘qolmoqda, hamda ularning har o‘ninchisi batamom yo‘qolishi xavfi ostida.
O‘simlik olami asta-sekin o‘zining har xilligi va yaxlitligini yo‘qotmoqda. er yuzining 1/6-1/4 gacha qismi tabiiy o‘simliklar bilan qoplanmaganligi ma’lum. areal, qimmatli (noyob) o‘simliklarni tarqalganligi, shu jumladan dorivor o‘simliklar soni kamaymoqda. masalan, toshkent viloyati, bo‘stonliq tumani, chimyonda 1984-1990 yillarda dorivor o‘simliklarga boy bo‘lib, talabalar bilan ekspeditsiyaga chiqilganda har 20-30 m2 erda kamida 30-40 tagacha ilmiy tibbiyotda ishlatiladigan dorivor o‘simliklar turlari uchrar edi va ularni talabalarga o‘qituvchilar tanishtirar edilar. 2010 yilga kelib, shu joylarda ko‘pi bilan 10 tagacha dorivor o‘simliklar uchrashi, shu bilan birga ularni hajmi kam bo‘lib, terishga mutlaqo etmaydi.
Borgan sari o‘rmon maydonlari kamayib bormoqda. cho‘l, qir adirlarda keng tarqalgan yovvoyi o‘simliklar o‘sadigan joylar o‘zlashtirilib ularni ko‘p qismini urug‘ ekiladigan yoki madaniy daraxtlar ekiladigan joylarga aylantirilmoqda. ko‘pincha odamlarning tabiatni tabiiy rivojlanishiga aralshivu natijasida, ko‘pchilik o‘simliklarni o‘sish sharoitlari o‘zgarib, ularni qirilib ketishi kabi oqibatlarga olib kelmoqda. misol tariqasida shuni keltirish mumkinki,, tabiatni go‘zal, so‘lim bo‘lgan joylar-tog‘, tog‘ oldi, ko‘l, daryo bo‘ylari va boshqalar ko‘plab dala hovlilar, pansionatlar qurilishi tufayli barbod bo‘lmoqda. ko‘plab tekisliklarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun o‘zlashtirilishi tufayli ham, o‘sha joylarda keng tarqalgan o‘simliklarni kamayib ketishi, hatto yo‘qolishiga olib kelmoqda.
Shunday qilib, jamiat industriyasini rivojlanishi bilan nafaqat o‘simliklarning ayrim turlari yo‘qolib ketishi jarayoni tezlashadi, hatto butun bir ekologik tizimni mutlaqo buzilishi ham mumkin.
Tabiatni muhofaza qilish strategiyasini asoslash uchun hayot muhitini saqlashni asosiy prinsiplari sifatida quyidagilar taklif qilinadi:
Biologik hilma-xillikni saqlash zarurligi prinsipi. faqatgina turli, xilma-xil bo‘lgan tirik tabiatgina muhim va yuqori hosildordir.
Foydasi bo‘lishi mumkin degan prinsip. bu prinsipni asosida, insoniyatga u yoki bu turning qanday nafi borligini oldindan bilib bo‘lmasligini hisobga olish yotadi.
Jami tirik tabiatning o‘zaro bog‘liqligi prinsipi. tabiatning bir-biriga bog‘liq bo‘lgan murakkab zanjiridan bir halqa tushib qolsa, oldindan bilib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Dorivor o‘simliklardan oqilona foydalanishning asosiy prinsiplari
Dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish ishlari, o‘zining ichiga bir qancha tadbirlar tizimini olib, ular, o‘simliklarni saqlash va tejamkorlik bilan ulardan foydalanish va qayta tiklanishini taminlash kabilardan tashkil topgan. har qanday dorivor o‘simliklardan foydalanish, yig‘ish ilmiy asoslangan shaklda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uning tabiatdagi zahirasini saqlab qolish va tabiiy qayta tiklanishini ta’minlanishi zarur.
Dorivor o‘simliklar resurslaridan oqilona foydalanishning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi:
Mahsulot tayyorlashni to‘g‘ri rejalash va joyini aniqlash.
Ayrim mintaqalar, tumanlar, joylar uchun uzoq vaqtga mo‘ljallangan resursshunoslik tadqiqotlari dasturini yaratish va dorivor o‘simliklar tayyorlash joyi, hajmini nazorat qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Masalan, ma’lum bir regionda terish mumkin bo‘lgan yovvoyi holda tarqalgan o‘simliklarni ro‘yxati va eng ko‘pi bilan qanchagacha hajmda terish mumkinligi aniqlanadi. bunda teriladigan turlar shu ko‘rsatilgan joy atrofida (kiyik o‘ti er ustki qismi, mayda gulli tog‘rayhon o‘ti va boshqalar); yoki qishloq atrofidagi joylardan terish ruxsat berilgan (yapon saforasi g‘unchalari, do‘lana mevalari) yoki alohida ajratilgan uchastkalar – institut sog‘lomlashtirish ormgohi atrofidan (tubulg‘ibargli bo‘ymadaron guli va boshqalar).
Dorivor o‘simliklarni biologik o‘ziga xosligini hisobga olish.
Dorivor o‘simliklardan oqilona foydalanishda, ularni biologik rivojlanish qonuniyatlari bilimini bilish, terilgandan keyin qancha muddatda bu o‘simlik yana o‘zining tabiiy zahirasini tiklanish muddatini aniqlash, shu o‘simlikdagi biologik faol, ta’sir qiluvchi moddasini hosil bo‘lishi va to‘planish dinamikasiga atrof-muhitni ta’sirini hisobga olish. bular o‘simlik mahsulotlarini yig‘ishni optimal muddati, usuli va sharoitini aniqlash, shu bilan birga tayyorlash ishlarini samarali bo‘lishiga olib keladi.
Mahsulot tayyorlashni me’yorlash.
Asoslanmagan va me’yorlanmasdan dorivor o‘simliklarni va boshqa foydali o‘simliklarni tayyorlash, ularning tabiiy zahirasini tez kamayib ketishiga olib keladi. bunday hollar, ko‘pincha tayyorlash ishlari bilan ma’suliyatsiz mutuxassis bo‘lmagan, tasodifiy odamlar va tashkilotar shug‘ullanganda sodir bo‘ladi. ko‘pchilik dorivor o‘simliklar, o‘zlari bilan birga o‘sadigan o‘simliklarni orasida alohida ahamiyatli o‘rni bo‘lib, ularni ko‘plab terish, birga o‘sadigan o‘simliklar orasidagi bog‘liqlikni, tizimni, mutanosiblik (balans)ni buzilishiga olib keladi. masalan doimi terish chimyonda dalachoy, oddiy va tubulg‘ibargli bo‘ymadaron, achchiq shuvoq, samarqand bo‘znochi kabi o‘simliklarni kamayib ketishiga olib kelgan.
4. Mahulotni tayyorlash qoidasi va usullariga bo‘ysunish.
Ma’lumki har bir dorivor o‘simlik mahsuloti uchun tuzilgan vfm, shu dorivor o‘simlik mahsulotini tayrlash uchun ishlab chiqilgan qoida, talab (instuksiya) tasdiqlangandan so‘ngra qabul qilinadi. ushbu instruksiyada dorivor o‘simlik mahsulotini oqilona yig‘ish, quritish reglamenti bilan bir qatorda o‘simlikning tabiiy zahirasini saqlash va qayta tiklanish muddatlari ham o‘rganilgan va aniqlangan bo‘ladi. dorivor o‘simliklarni vegetatsiya davrining bosqichlarida, uning tarkibidagi biofaol moddalar sifat va miqdor jihatidan o‘zgarib turishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda dorivor o‘simlik mahsulotini optimal yig‘ish muddatlari va quritish yo‘llari, hamda saqlsh qoidalari ishlab chiqilgan bo‘ladiki, bu qoidalarga amal qilingandagina, dorivor mahsulotni sifatiga qo‘yilgan me’yoriy-texnik hujjat talablariga javob berishi kafolatlanadi.
5. Istiqbolli yangi o‘simliklarning turlarini izlash.
bu borada olib boriladigan ishlar bir necha yo‘nalishlarda olib boriladi. birinchidan qardoshlik turlarini kimviy tarkiblari va farmakologik ta’sirlari bir-birlariga o‘xshash bo‘lishi mumkin. shuning uchun so‘nggi vaqtlarda ilmiy tibbiyotda ishlatilib kelinayotgan dorivor o‘simlikning qardoshlik bo‘yicha boshqa yaqin turlari ichidan zahirasi ko‘p, etarli bo‘lganlarini izlash bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar dolzarb masalalardan bo‘lib qolmoqda. shuni ham takidlash lozimki, agar doimiy ishlatilib kelinayotgan o‘simliklarni o‘rnini bosa oladigan yangi turlari topilsa, doimiy ishlatilib kelingan joylardagi o‘simliklar zahirasini kamayib ketishini oldini olingan bo‘ladi, hamda ularni kamaygan joylardagi zahiralari ham tiklanishi tezlashadi. ularga misol qilib bo‘ymadaron, kiyik o‘ti, achchiq ermon, samarqand bo‘znochi va boshqalarni keltirish mumkin.
Xalq tabobati tajribalarini o‘rganish orqali, olib borilgan fitokimyoviy tadqiqotlar natijasida ishlatilib kelinayotgan offitsinal dorivor o‘simliklar qatorini istiqbolli boshqa o‘simlik turlarini hisobiga boyitish mumkin bo‘ladi, hamda ular tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi mumkin.
6. Zahirasi chegaralangan dorivor o‘simliklarni madaniylashtirish va ekish. bu dorivor o‘simliklarni himoya qilishni ixtisoslashtirilgan shakli bo‘lib, o‘simliklarni iqtisodiy jihatidan samarali ekib hosil olish yo‘nalishiga qaratilgan. bu usul birinchi navbatda ta’minlay oladigan tabiiy zahirasi bo‘lmagan dorivor o‘simliklar xom ashyolari (tirnoqgul, qalampir yalpiz, dorivor moychechak, bo‘ymadaron, achchiq shuvoq va boshqalar), etarlicha tarqalmagan dorivor o‘simliklar bo‘lib, sanoat miqyosida ishlab chiqarish ehtiyojini qondiraolmaydiganlar (yapon soforasi, do‘lana turlari, arslonquyruq, adonis turlari).
Ayrim o‘simlik turlarini himoya qilishni eng ishonchli, samarali usullaridan biri, o‘simliklar urug‘lari bankini yaratish bo‘lib, o‘simlikni toza genetik materiali saqlanib, u ilmiy va amaliy maqsadlar uchun foydalaniladi.
Dorivor o‘simlik mahsuloti sifatiga va uni hosildorligiga antropogen faktorlarni ta’siri biosferani tarkibi va rejimini o‘zgartirishga ta’sir qiladigan asosiy antropogenlarga quyidagilar kiradi:
havoga sanoat chiqindilarini chiqarib ifloslantirish, sanoat axlatlari va boshqa tashlab yuboradigan chiqindilar.
sug‘orish tizimi, sug‘orish, erlarni haydash va maydonlarni suvga bo‘ktirish, haddan tashqari chorvachilk hayvonlarini boqish, o‘tlarni yig‘ish, daraxtlarni kesish va olib ketish;

  • maydonlarda qurilish ishlarini olib borish, transport yo‘llarini qurilishi;

  • shovqin-suron, elektromagnit ta’siri, radiatsiya fonini ortishi;

  • ommaviy dam olishni tashkil qilinishi va bular ta’sirida erni tepkilab, zichlantirib va bulg‘otib, ayrim joylarda yong‘inlar uyushtirilishi;

  • ko‘plab o‘simliklarni terib ketish va hayvoylarni o‘ldirish, shu jumladan kommersiya maqsadida (brakonerstva).

  • bu ta’sir qiladigan faktorlarni shartli ravishda 2 ga bo‘lish mumkin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladigan (bevosita), bilvosita (kosvenno).

  • to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) ta’sirga (yig‘ish, yo‘q qilish) uchastka biosferasi holatiga ta’sir qiladi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri).

  • insonlarni biosferaga kosvenno ta’siri, ayrim hollarda kim va qachon ta’sir qilganini vaqt o‘tib ketgani tufayli aniqlash qiyin bo‘ladi va yomon oqibatlrga olib kelishi mumkin.

  • tabiiy muhitga eng ko‘p ta’sir qiladigan, shu jumladan dorivor o‘simliklarga ham – bu texnogen faktorlardir.

Dorivor o‘simliklarni ifloslanishini o‘rganishni dolzarbligi shundaki, zaralangan dorivor o‘simliklar inson organizmiga tushadigan biofaol modda bilan bir vaqtda zaharli moddalarni manbaasiga aylanib qolishi mumkin. og‘ir metallar, politsiklik aromatik uglevodorodlar, ftoridlar, mishyak, radionukleidlar, uy chiqindilari, foydali qazilmalar, rangli va qora metallurgiya, mashinasozlik, elektr energiya ishlab chiqarish. pestitsidlar, nitratlar va nitritlar o‘simlik to‘qimalarida, qishloq xo‘jalik zararkunandalariga har xil kimyoviy reaktivlarni qo‘llash natijasida to‘planadi.
Dorivor o‘simlik mahsulotlari sifatini reglamentirovat qilinayotganda, ksenobiotiklar (pestitsidlar, nitrat va nitritlar va x.o.) va og‘ir metallar mutlaqo mahsulot tarkibida bo‘lmasligi kerak.
Og‘ir metallar deb atom massasi 40 dan ortiq va atom nomeri 20 dan ortiqlari aytiladi. ularni reaksiyaga tez va oson kirishib ketishi va kompleks hosil qilishi, yuqori biokimyoviy va fiziologik faolligi bilan ajralib turadi. o‘simliklar tarkibida og‘ir metallarni, ayniqsa pb, cd, hg bo‘lishi, antropogen ta’sirlarni natijasi deb hisoblanadi.
Dorivor o‘simlik mahsulotlari va oziq-ovqatlardagi og‘ir metallarni bo‘lishi biosferani zararlanganligidan dalolat hisoblanadi va ularni to‘planishiga quyidagi faktorlar sababidan bo‘ladi:
Yerdagi metalni konsentratsiyasi;
Muhitdagi metalni shakli (formasi);
O‘simlik turlaridagi modda almashinuvini o‘ziga xosligi, hamda ularni rivojlanishi;
Ma’lum yashash sharoitiga o‘simlikni moslashish darajasi.
Dorivor o‘simlik mahsulotlari (do‘m) (yovvoyi holdagilari) tayyorlash odatda transport yo‘llariga yaqin maydonlarda tashkil qilinadi. do‘mni benz(a)piren va metal birikmalari bilan zararlanganligi (ifloslanganligi) shu yo‘llardan qatnaydigan transportlarni soniga bog‘liq, yo‘l bilan mahsulot orasiga, o‘simlikni morfologiyasiga ham bog‘iq. do‘m tarkibidagi benz(a)piren shaharda va shahar tashqarisidagi mashina yo‘llariga yaqin bo‘lganda bir sutkada 1000 dan ko‘p avtomobil o‘tganda ko‘p bo‘lib, mashinalar 1000 dan kam bo‘lganda esa nisbatan kam bo‘lishi aniqlangan. yo‘ldan 200 m naridagi do‘m dagi benz(a)piren miqdori doimiy ekanligi aniqlangan. agar begona moddalar do‘m tarkibida erdagidan ko‘p bo‘lsa, aytish mumkinki atmosfera havosi u moddalar bilan ko‘p ifloslangan. agar bir xil klimatik sharoitda bo‘lsaku, ammo joylarda og‘ir metallar bilan zararlnganligi ko‘p bo‘lsa, u holda bu zararlanganlik shu erga yaqin bo‘lgan sanoat tufayligi ham aniqlangan. agar og‘ir metallardan ftoridlar, mыshyaklar 3,5 km radiusda tarqalgan bo‘lsa, ularni miqdori epitsentrda ko‘p bo‘lib, epitsentrdan uzoqlashgan sari kamayib boradi.
Yerdagi kimyoviy elementlar dorivor o‘simliklardagi (do‘) biofaol moddani biosinteziga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Yurak glikozidlari saqlovchi mahsulotlar mn va mo elementlarini to‘playdi, saponinlar esa – mo, v, sr, cu, mn to‘planishiga olib keladi.
Geokimyoviy tomondan ko‘p elementlar saqlaydigan erda o‘sgan do‘ boshqa joylardagidan biofaol moddalar (bfm) miqdori bo‘yicha farq qiladi. bfm sintezini borishi, o‘simlik va muhitdagi elementlarni konsentratsiyasi va o‘zaro ma’lum nisbatda bo‘lgandagina mo‘‘tadil bo‘ladi.
Ayrim og‘ir metallarni do‘larni ayrim organlarida to‘planishi shu do‘ fiziologik va morfologik o‘ziga xosligiga ham bog‘liq.
Do‘larni barg plastinkasini yuzasi kattalari boshqalardan ko‘ra og‘ir metallar (om) changini ko‘proq to‘playdi, ularni tozalash natijasida om miqdori 14-50% kamayishi mumkin.
Ayrim o‘simliklar, ayniqcha qalampirmunchoqlar, karamdoshlar va boshoqdoshlar mikroelementlar va zaharli og‘ir metallarni ko‘proq to‘playdilar.
Shunday qilib do‘larni tejamkorlik bilan foyalanishni ajralmas, kerakli bir bo‘limi do‘larni muhofaza qilish masalalarini echish bo‘lsa, ikiiknchi tomondan o‘simliklarni genofondini saqlab qolish, hamda do‘ga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga ham erishiladi. atrof muhit qonunlarini bilish, insonlarni xo‘jalik faoliyatlarini olib borishlari bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni minimumga keltiradi, chunki odamlarni xo‘jalik faoliyati tufayli tabiatga ta’siri ham biosferani elementi hisoblanadi.
O‘simliklar va hayvonot turlari (genofondi)ni saqlab qolishni eng zarur va kerakli yo‘nalishi qizil kitob chop etilishi hiosblanadi. bu esa o‘z navbatida spravochnik va yuridik maqomiga ega bo‘lgan hujjat hisoblanadi.
Qizil kitobni o‘simliklar va hayvonot olamini muhofazasidagi o‘rni.
Hozirgi vaqtda er yuzida 20-25 ming o‘simlik turlari yo‘qolib (qirilib) ketish xavfida. masalan aqsh da 200 turi yaqinda yo‘qolib ketgan, nihoyatda kam bo‘lib yo‘qolish arafasida turgan hisoblanadi. yangi zellandiyada kamayib ketgan va yo‘qolayotgan o‘simliklar ro‘yxati 314 turdan iborat bo‘lib, shu mamalakatni bu ko‘rsatgich 14% florasini tashkil qiladi.
Yer sharidagi o‘simlik va hayvonot olamidan qator o‘simlik turlarini yo‘qolib ketish xavfi 1948 yilda xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkilotini (msop) (mejdunarodnыy soyuz oxranы prirodы) doimiy komissiyasini tuzilishiga olib keldi. ular o‘simlik va hayvon turlarini yo‘qolish sabablarini o‘rganadilar va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadilar. shu vaqtdan boshlab butun dunda yo‘qolayotgan o‘simlik va hayvon turlari ro‘yxatini tuzish boshlangan. angliyalik zoolog piter skot taklifiga ko‘ra xalqaro qizil kitob tashkil qilindi - unga noyob (redkie), yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan hayvon va o‘simliklar bo‘yicha qisqa ma’lumotlarni chop etish 1966 yildan boshlangan. 1979 yili shu xalqaro qizil kitobga 321 ta dengiz maxluqlari (melkopitayuщix), 485 tur qush, 141 tur sudralib yuruvchilar va 41 tur erda va suvda yashaydiganlar va 194 tur baliq kirtilgan. o‘simlik turlari (sosudistыe rasteniya) bu kitobda 250 turni tashkil qilgan.
Xulosa.
Atrof – muhitning tozaligini saqlash faqat fauna va flora uchungina emas, balki inson uchun ham kata ahamiyatga ega, chunki uning sog’lig’i atrof – muhitning holatiga to’g’ridan – to’g’ri bog’liqdir. Shuning uchun ham ichimlik suvlarining tozaligini saqlash, zararli kimyoviy moddalardan qishloq xo’jaligida foydalanishni kamaytirish, shaharlarda havoning ifloslanishini kamaytirish juda katta ahamiyatga ega. Respublikamizda hayvonlarni muhofaza qilish va hayvonot olami boyliklaridan oqilona foydalanishda hal etilmagan masalalar ko’p. Bu masalalarni hal qilish xalq ommasining tabiat muhofazasi, tabiatdan foydalanish haqidagi bilim darajasiga ko’p jihatdan bog’liq. Aholining ekologik tarbiyasi qanchalik yuqori bo’lsa, tabiatdan oqilona foydalanish to’g’risidagi madaniyat ham shuncha yuqori bo’ladi. Atrof – muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish to’g’risidagi qonunlarga rioya qilish mamlakatimizning hamma fuqorolari uchun majburiydir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Ahmatqul Ergashev, Temur Ergashev. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. T.: “Yangi asr avlodi”, 2005.
2. A. Abdukarimov, A. G’ofurov “Biologiya”. Toshkent 2008.
3. O’. Pratov, A.To’xtayev “Botanika” Toshkent 2009.
4. O. Mavlonov “Zoologiya” Toshkent 2005.
5. www.google.ru
6. www.google.co.uz
7. www.Ulugov.uz- “Qizil kitob” haqida
8. www.uznature.uz―O’zbekiston “«Qizil Kitob»”ining dolzarbligi.
9. www.uzstudent.uz―Referat―Qizil kitob.
10. www.ziyonet.uz―Kutubxona―Ekologiya―Ekologik muammolar.
Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə